Sattorxon Abdugʻafforov
Sattorxon Abdugʻafforov (1843, Chimkent – 1901, Toshkent) – maʼrifatparvar olim, tarixchi.
Sattorxon Abdugʻafforov Qoʻqon xonligining yirik ulamosi (mudarris) oilasida, Chimkenda tugʻilgan. Toshkentdagi Shukurxon madrasasini tugatgan (1862). Arab va fors tillarini yaxshi bilgan, rus tilini oʻrgangan. 1864-yilgacha Chimkent shahri muftiysi, 1873-1876-yillarda Chimkentdagi birinchi rus-tuzem maktabi oʻqituvchisi. 1876-yil aprelda Qoʻqon shahri qozisi etib tayinlangan. Sattorxon qozilik lavozimidan maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qilish yoʻlida foydalangan, dunyoviy bilimlarni targʻib qilgan, natijada ruhoniylar tomonidan qattiq taʼqib ostiga olingan. 1881-yil Sattorxon Qoʻqonni tark etishga majbur boʻlgan. 1883-yil „Turkiston viloyatining gazeti“ga ishga kirgan, Yevropa madaniyati va dunyoviy bilimlarni targʻib qiluvchi bir qancha maqolalar yozgan. 1884-1889-yillarda Toshkent oʻqituvchilar seminariyasida oʻzbek va fors tillaridan dars bergan. Sattorxon rus imperatorining maorif sohasidagi ayrim tadbirlarini tanqid qilgan. 1899-yilgacha Chimkent qozisi boʻlib ishlagan, keyin Toshkentga qaytib kelgan. Sattorxon oʻzining maʼrifatparvarlik faoliyatini Furqat, Muqimiy, Zavqiylar bilan hamkorlikda olib borgan. Sattorxonning ijtimoiy qarashlari uning „Musulmon eshonlari“, „Rossiya istilosiga qadar Qoʻqon xonligining ichki ahvoli haqida qisqacha ocherk“ nomli risolalarida, koʻpgina maqola va nutqlarida oʻz ifodasini topgan.
Adabiyot
tahrir- Olim Usmon, Oʻzbekistonda rus tilining ilk targʻibotchilari, T., 1962;
- Savitskiy A. I., Sattarxan Abdulgaffarov prosvetiteldemokrat, T., 1965.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Manbalar
tahrirBu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |