Sayid Ota (arabcha: سيّد اتا uygʻurcha: Seyid ata, ruscha: сеййидатаи,  — Sayyid Ota — Toʻliq ismi: Sayyid Ahmad ibn Sayyid Abu Bakr (vafoti 1218, yoki 1292 yoki 1311-yil)), boshqa manbada Sayyid Ahmad (laqabi - al-Xilvatiy) ibn Sayyid Amir Hasan (laqabi - ar-Rizo)[1] — yassaviya tariqati oltin zanjiri shayxi, tariqatchi.

Sayid Ota
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Tariqat

Hayoti

tahrir

Sayid Ota Yassaviya tariqatining yirik vakili boʻlib, Toshkentda tavvalud topgan va shu yerda taʼlim olgan. Zangi otaning 2-xalfasi (shogirdi). Sayid Ota nafaqat solih amallari, tariqat yoʻlida chekkan zahmatlari, balki jihodda ishtirok etganligi bilan ham mashhur. Umrining oxirida Toshkentdan Orolga koʻchib borib, oʻsha yerda vafot etgan.[2]

Manbalar

tahrir
  1. Shayx Mahdumi Xorazmiy, "Jodat al-oshiqin" (XVI asr), Xorazm
  2. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 519.