Sea Baby
Sea Baby — Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) tomonidan Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida foydalanish uchun ishlab chiqilgan koʻp maqsadli uchuvchisiz yer usti vositasi (UYV). Kamikadze hujumlarida foydalanish uchun portlovchi yukni koʻtarib yurishga qodir, shuningdek, boshqa koʻplab maxsus topshiriqlarni bajarish uchun qoʻshimcha funksiyalar bilan jihozlangan[3].
Sea Baby | |
---|---|
UXX tomonidan 2024-yil yanvar oyida dengizda sinovdan o‘tayotgan Sea Baby UYVning videosi | |
Turi | Uchuvchisiz yer usti vositasi (UYV) |
Davlat | Ukraina |
Xizmat tarixi | |
Qurolli kuchlarida | Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) |
Ishlab chiqarilish tarixi | |
Islab chiqarilgan yillari | 2023 |
Ekzemplyar narxi | 8,5 million Ukraina grivnasi[1] |
Tezligi, km/s | 90 km/h[1] |
yoʻl zaxirasi, km | kamida 1000 km[2] |
Asosiy qurollanishi | Portlovchi jangovar kallaklar (850 kg gacha) yoki 6 × RPV-16 termobarik granatalar |
Ishlab chiqilishi
tahrirUkraina xavfsizlik xizmati brigada generali Lukashevich Ivan Volodimirovich agentlik uchuvchisiz hujum kemalarini boshqarish gʻoyasini taklif qilgan va dastlabki uchuvchisiz yer usti vositasi modellari 2022-yil iyul oyida Ukraina harbiy-dengiz kuchlari mutaxassislari va turli xil xususiy kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Keyinchalik, Ukraina xavfsizlik xizmati mustaqil ravishda dronlarni ishlab chiqarishga qaror qilgan, natijada UXX tomonidan operatsion foydalanish uchun ishlab chiqarilgan Sea Baby eng soʻnggisi dizayn sifatida tasdiqdan oʻtgan. Bu vaqtda MAGURA V5 ham razvedka Bosh boshqarmasi (GUR) tomonidan boshqarilgan[3]. GURning kichikroq va manevrli MAGURA V5 qurilmasi asosan dengizda harakatlanuvchi harbiy kemalarga zarba berish uchun moʻljallangan boʻlsa-da, UXX Sea Babyni ogʻirroq yuk uchun, birinchi navbatda, portga qoʻyilgan kemalarga statik nishonlar sifatida zarba berishga moʻljallab ishlab chiqargan[4].
2023-yil oxiridan boshlab Sea Baby modellari bir nechta keraksiz aloqa tizimlariga ega boʻlgan[3]. Shuningdek, u hozirgi modelidek 850 kg portlovchi kallakni olib yurish qobiliyatiga ham ega emas edi, uning oʻsha vaqtdagi hajmi 180 kg lik yukni olib yurishga moʻljallangan. Bir qancha ortiqcha aloqa tizimlari Qrimdagi Starlink bilan ulanishni Elon Musk rad etganidan soʻng, Sevastopolga qoʻyilgan Rossiyaning Admiral Makarov fregatiga zarba berish missiyasi paytida Ukraina xavfsizlik xizmatining Starlinkga qaram hududida UYVlari qolib ketgan voqeani takrorlanmasligi uchun moʻljallangan edi[3]. 2023-yil oxiriga kelib, Sea Baby kamikadze hujum mashinasidan turli vazifalarni bajarish, jumladan, turli xil yuklarni koʻtarishga qodir boʻlgan koʻp maqsadli platformaga aylantirilgan. Masalan, boshqariladigan raketa uchirish moslamalari va lazerni boshqarish tizimlari qoʻshilgan, hamda 2024-yil yanvar oyida Ukraina xavfsizlik xizmati RPV-16 dizayni asosidagi oltita termobarik moslamalari bilan jihozlangan Sea Baby varianti ishlab chiqargan[5][6][7].
Operatsion tarixi
tahrir2023-yil 17-iyulda ikkita Sea Baby uchuvchisiz yer usti vositasi Qrim koʻprigiga kelib urilgan, natijada tayanch va koʻprik oraligʻi kuchli shikastlangan[3][8].
2023-yil 14-sentyabrda Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiyaning Samum kemasini Sea Baby UYV bilan urganini aytib oʻtgan[9], keyinroq tarqalqan videoda kema sezilarli ogʻish burchagiga keltirilib, keyin otib tashlangani koʻrsatilgan[10].
2023-yil oktyabr oyida Rossiyaning Pavel Derjavin patrul kemasi Sea Baby hujumi natijasida zarar koʻrgan[3][11]. Keyinchalik, 2023-yil dekabr oyida Vladimir Kozitskiy razvedka va gidrografik kemasi ham Sea Baby UYV tomonidan urib tushirilgan[3][12].
2024-yil 6-may kuni Rossiya Ka-29 samolyoti Sea Baby dronida oʻq uzilgan tasvirini eʼlon qilgan. Dron vertolyotlardan himoyalanish uchun R-73 infraqizil raketasi bilan qurollangan edi. Bitta raketa Ka-29 samalyoti oʻq otilishidan biroz avval uchirilgan boʻlishi mumkin[13].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Alona Mazurenko. „Ukrainians donate nearly US$7.71 million in record two days for Sea Baby drones“. Ukrainska Pravda (2024-yil 23-fevral).
- ↑ Valentyna Romanenko. „Ukraine's Security Service shows testing of new surface drone called Avdiivka – video, photo“. Ukrainska Pravda (2024-yil 6-mart).
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Roman Romaniuk. „Sea drones, Elon Musk, and high-precision missiles: How Ukraine dominates in the Black Sea“. Ukrainska Pravda (2024-yil 1-yanvar). 2024-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Roman Romaniuk. „Target and eliminate: How Ukraine's Magura drones devastate Russian ships“. Ukrainska Pravda (2024-yil 4-mart). 2024-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Roman Prykhodko. „Українські морські дрони: після камікадзе – носій ракет“ (uk). Ukrainian Military Center (2024-yil 3-yanvar). 2024-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Українські морські безпілотники обладнали реактивними вогнеметами (Фото, відео)“ (uk). Military Courier Ukraine (2024-yil 1-yanvar).
- ↑ „Розробники розповіли, як посилили морські дрони Sea Baby для боротьби з рф“ (uk). Слово і Діло (2024-yil 1-yanvar).
- ↑ „СБУ показала відео ураження Кримського мосту дронами SeaBaby“ (uk). Ukrainian Military Center (2023-yil 25-noyabr). 2024-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ukrainian SeaBaby drone hits Russian Samum missile warship in Black Sea“. Ukrainska Pravda (2023-yil 15-sentyabr).
- ↑ Valentyna Romanenko. „Images of Russian Samum ship being towed are published on Internet“. Ukrainska Pravda (2023-yil 16-sentyabr).
- ↑ „У ВМС підтвердили пошкодження російського корабля "Павел Державин"“ (uk). Radio Free Europe/Radio Liberty (2023-yil 12-oktyabr).
- ↑ „В Україні прокоментували можливий підрив на міні катера РФ "Владимир Козицкий"“ (uk). Крым.Реалии (2023-yil 27-oktyabr).
- ↑ THOMAS NEWDICK. „Ukrainian Drone Boats Now Armed With Adapted Air-To-Air Missiles“. TWZ (2024-yil 6-may). Qaraldi: 2024-yil 10-may.