Seara
Seara — Braziliyaning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 146,3 ming km². Aholi 7,4 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Fortaleza sh. Shimolida Atlantika okeani sohil boʻyi pasttekisligiga oʻtib boruvchi Braziliya yassitogʻligining shim.sharqiy yon bagʻirlarida (bal. 300–600 m) joylashgan. Iqlimi subekvatorial iqlim, oʻrtacha temperaturasi yanvarda 27°, iyulda 25°. Yillik yogʻin 1000–1300 mm. Oʻrmonlar, savannalar, daryo vodiylarida palmazorlar bor. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi. Asosan, paxta, banan, shakarqamish, maniok, makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, kofe, tamaki, sitrus mevalar yetishtiriladi. Ichki hududlarda ekstensiv chorvachilik, shaharlar atrofida sut chorvachiligi rivojlangan. S. karnaub palmasi tolasi tayyorlash, keshyu yongʻogʻi, kauchuk yigʻish boʻyicha mamlakatda 1-oʻrinda. Oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Gips, qurilish shagʻallari, magnezit, dengizdan tuz olinadi. Asosiy portlari: Fortaleza, Mukuripi, Arakati.[1]
| |||
Braziliya shtati | |||
---|---|---|---|
Tegishli | Shimoli-sharqiy hudud | ||
Maʼmuriy markazi | Fortaleza shahri | ||
Aholi (2010) | 8 452 381 kishi | ||
Zichligi | 56,76 kishi./km² | ||
Maydoni | 148 920,5 km² (17-oʻrin) | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-3 | ||
Kod ISO 3166-2 | BR-CE | ||
Rasmiy sayti | http://www.ceara.gov.br | ||
Xaritada | |||
5°5′0″S 40°23′0″W / 5.08333°S 40.38333°W |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |