Semyon Isaakovich Zlotnikov (1945-yil 18-sentyabr, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – dramaturg, rejissyor, ssenariynavis[1].

Semyon Zlotnikov
Tavalludi 18-sentyabr 1945-yil
Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya

Biografiyasi

tahrir

Semyon Isaakovich Zlotnikov 1945-yil 18-sentyabr kuni Oʻzbekiston SSR ga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻiladi. Samarqandda oʻrta taʼlimni olgach, 1960-yil Toshkent davlat universitetining rus filologiyasi fakultetiga qabul qilinadi. 1964-yil universitetni muvaffaqiyatli bitiradi[2].

Semyon Zlotnikov 1969-yildan Toshkent shahridagi gazeta nashriyotlarida ishlashni boshlaydi. Semyon Zlotnikov 1971-yil Toshkentdan Leningradga koʻchib bordi. 1972-yildan 1984-yilgacha Leningradda, 1984-yildan 1986-yilgacha Moskvadagi turli nashriyotlarda ishlagan. Semyon Zlotnikovning ilk pyesalari („Antoninaning taqdiri“, „Hammasi yaxshi boʻladi“) 1977-yili Leningrad davlat teatrida sahnalashtiriladi. Keyingi pyesalari esa 1978-yil esa Moskvadagi „Ermitaj“ teatrida, „Taganka“ teatrida, „Pushkin“ teatrlarida sahnalashtirilgan. Semyon Zlotnikovning pyesalari 15 dan ortiq davlatlarda sahnalashtirilgan: Polsha, Germaniya, Fransiya, Norvegiya, Daniya, Shveysariya, Yaponiya, Isroil, Bolgariya, Avstriya, AQSH, Avstraliya va boshqa davlatlar. Hozirda Semyon Zlotnikov Isroilda istiqomat qiladi hamda „Kovcheg“ teatrida faoliyat yuritadi.

Pyesalari

tahrir

Semyon Zlotnikovning pyesalari turli yillarda, turli teatrlarda sahnalashtirildi. 1976-yili „Antoninaning taqdiri“, 1977-yili „Hammasi yaxshi boʻladi“, 1978-yili „Sahnadagi favvora“, 1980-yili „Jamoa“, 1981-yili „Gʻoyib boʻlishdan keyingi 4 kun“, 1986-yili „Gʻalati hayot“, 1993-yil „Mutantlar“, 1994-yil „Yolgʻizlar ishqi“, 2001-yili „Ivan va Sara“, 2004-yili „Hayot chizigʻi“, 2017-yili „Auksion“ hamda 2020-yili „Soʻnggi parvoz“ nomli pyesalari dunyoning turli joylarida sahnalashtirilgan.

Filmlari

tahrir

Semyon Zlotnikov gʻoyasi va rejissyorligida bir qancha kinofilmlarni suratga oldi:

  • Fomenko qayerga gʻoyib boʻldi?
  • Mutantlar
  • Xatboshi
  • Hammasi yaxshi boʻladi, xuddi siz xohlaganingizdek

Manbalar

tahrir
  1. „Семен Злотников Биография“. Qaraldi: 11-sentabr 2023-yil.
  2. „Об Семен Злотников“. Qaraldi: 11-sentabr 2023-yil.