Senegal (daryo)
Senegal — Gʻarbiy Afrikadagi daryo, Gvineya, Mali, Senegal, Mavritaniya hududlaridan oqadi. Uzunligi Bafing irmogʻidan boshlab 1430 km, havzasining maydoni 441 ming km². Yuqori qismida serostona, sharshara koʻp. Quyi qismida tekislikdan oqadi va Atlantika okeaniga delta hosil qilib quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 1500 m³/sek., sentabr oyida suvi koʻpayadi. Sugʻorishda foydalaniladi. GESlar qurilgan. Baliq ovlanadi. Kayes shahrigacha kema qatnaydi. Yirik shaharlari: Kayes (Mali), Podor, Matam, Bakel (Senegal) va Sen-lui porti[2].
Senegal | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 050[1] |
Suv sarfi | 640 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Mavritaniya, Senegal va Mali |
Senegal (daryo) |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |