Sergey Diomidov
Sergey Viktorovich Diomidov (ruscha: Сергей Викторович Диомидов; 1943-yil 9-iyul, Toʻrkoʻl, Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR) – sovet gimnastikachisi, Olimpiya oʻyinlarining ikki karra kumush va bronza medali sovrindori. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1966)[1]. SSKA sport faxriylari kengashi aʼzosi[2].
Sergey Diomidov | |
---|---|
Sergey Diomidov 1966-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud sanasi |
9-iyul 1943-yil Toʻrtkoʻl, Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR |
Boʻyi | 172 sm |
Vazni | 72 kg |
Sport | |
Mamlakat | SSSR |
Qaysi sport | Sport gimnastikasi |
Biografiyasi
tahrirSergey Viktorovich Diomidov 1943-yil 9-iyulda Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Toʻrkoʻl shahrida tugʻilgan[3][4].
Sergey Diomidov maktab oʻquvchiligidanoq sport gimnastikasiga qiziqib qolgan. 1960-yilda 16 yoshida „Dinamo“ sport jamiyatining Butunittifoq chempionatida sport ustasi qoʻyilhan talabni bajaradi. Toshkent shahridagi 2-oʻrta maktabni tugatgach, harbiy xizmatga chaqiriladi, xizmat davrida ham sport gimnastikasi bilan shugʻullanishni davom ettiradi[4].
1956—1967-yillarda Sergey Diomidov Toshkentda R. G. Sarkisov murabbiyligida sport gimnastikasi bilan shugʻullangan, „Dinamo“ sport jamiyati va Oʻzbekiston armiya sport klubida (SKA) tarkibida musobaqalarda ishtirok etgan, 1962-yildan 1974-yilgacha mamlakatning asosiy armiya klubi sharafini himoya qilgan[4]. Hozirda Moskvada istiqomat qiladi[5].
Sportdagi faoliyati
tahrirTokiodagi 1964-yil XVIII yozgi Olimpiya oʻyinlarida Sergey Diomidov jamoaviy bahslarda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Toʻrt yil oʻtgach, 1968-yil yozgi Olimpiya oʻyinlarida Sergey Diomidov jamoa bilan yana oʻz muvaffaqiyatini takrorlaydi, shuningdek, tayanch sakrashda yaponiyalik Yukio Endo va oʻz hamyurti Mixail Voroninga yutqazib, bronza medalini qoʻlga kiritgan[6].
1965-yilgi Yevropa chempionatida 4 ta bronza, 1966-yilgi jahon chempionatida oltin va kumush, keyingi chempionatda esa yana kumush medalni qoʻlga kiritgan.
1964-yilda Sergey Diomidov jahonda birinchi boʻlib oldinga bir siltanishda 360 graduslik aylanishni amalga oshiradi va keyinchalik bu harakat uning nomi bilan „Diomidov aylanishi“ deb ataldi. Sergey Diomidov Rossiya Badiiy akademiyasining akademigi Dmitriy Jilinskiyning „SSSR gimnastikachilari“ kartinasida tasvirlangan.
1970-yilda sportdagi faoliyatini yakunlagan[7].
Yutuqlari
tahrirSport gimnastikasi boʻyicha Olimpiya oʻyinlari kumush medali sovrindori (1964, 1968), olimpiya oʻyinlari bronza medali sovrindori (1968), sport gimnastikasi boʻyicha jahon chempioni (1966), jahon chempionati kumush medali sovrindori (1966, 1970), jahon chempionati bronza medali sovrindori (1965), sport gimnastikasi boʻyicha SSSRning mutlaq chempioni (1965, 1969), SSSR chempioni (1966, 1970)[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „ДИОМИДОВ СЕРГЕЙ ВИКТОРОВИЧ“.
- ↑ „С днём рождения, Сергей Викторович Диомидов!“ (2018-yil 9-iyul).
- ↑ 3,0 3,1 „Диомидов Сергей Викторович“.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „В день рождения ЗМС СССР, ЗТ РСФСР Диомидова Сергея Викторовича - "Легенды отечественной спортивной гимнастики"“ (2023-yil 9-iyul).
- ↑ „Сергеей Викторович Диомидов // Энциклопедия отечественного спорта (Российская империя – Советский Союз – Российская Федерация) в 3-х томах“.
- ↑ „Sergey Diomidov“. sports-reference. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „ДИОМИДОВ Сергей Викторович“.