Sergey Grigoryevich Kolbasin (1895-yil 22-sentyabr — 1952-yil 8-dekabr, Tula) — Tula qurol-yarogʻ texnika bilim yurti boshligʻi (1949—1952), Muhandislik xizmati general-mayori.

Sergey Grigoryevich Kolbasin
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-sentyabr (22-sentyabr) 1895
Sank-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Vafoti 8-dekabr 1952 (57 yosh)
Тula
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi RSFSR SSSR
Imzosi
Qoʻshin turi artilleriya
Xizmat yillari 1911—1952
Unvoni

shtab kapitani shtab kapitani (Rossiya imperiyasi)


general-mayor muhandislik xizmati general mayori (SSSR)
Janglari Birinchi jahon urushi, Rossiyadagi fuqarolar urushi,
Mukofotlari
Rossiya imperiyasi mukofotlari:

Muvaqqat hukumat mukofotlari:

Biografiyasi

tahrir

Burjua sinfidan kelib chiqqan. Toshkent kadet korpusini   tugatgach, 1914-yil 1-yanvarda Odessadagi Sergiyev artilleriya bilim yurtiga[1] oʻqishga kirgan. 1914-yil dekabr oyida tezlashtirilgan tartibga koʻra, serjantdan ikkinchi leytenant darajasiga koʻtarilgan[2] va 5-ogʻir artilleriya brigadasi tarkibida,,Avstriya-Germaniya" frontiga yuborilgan. 1918-yil fevralgacha rus armiyasida xizmat qilgan. Bu vaqt ichida Sergey Grigoryevich ikkinchi leytenantdan shtab kapitanligiga oʻtgan[3]. ,,Dushmanga qarshi kurashishdagi alohida xizmatlari uchun"  yettita orden bilan taqdirlangan. Rossiya armiyasidagi oxirgi xizmat manzili 32-alohida ogʻir dala artilleriya diviziyasi boʻlgan. 1918-yil fevral oyida Sergey Grigoryevich,,frontni tark etgan".

1918-yil 31-iyulda S.G.Kolbasin Turkiston Sovet qoʻmondonlik kurslariga artilleriya instruktori sifatida safarbar qilingan[4]. 1919-yil 24-yanvardan 20-martgacha,,Osipov toʻdasini taʼqib qilish boʻyicha ikkita yurishda" qatnashgan. 1919-yil 31-avgustdan 15-oktabrgacha fuqarolar urushining Aqtoʻbe frontida boʻlgan[5]. 1920-yil 31-avgustdan 25-sentyabrgacha esa Buxoro frontida xizmat qilgan.

1920—1927-yillarda V.I.Lenin nomidagi Toshkent birlashgan harbiy bilim yurtining artilleriya boʻlimida artilleriyadan dars bergan (maktab nomi 1927-yil iyunda berilgan). Bilim yurti 1927-yil iyul oyida Birlashgan Oʻrta Osiyo millatlari harbiy bilim yurti va Harbiy-siyosiy bilim yurti bilan birlashgandan soʻng V.I.Lenin nomidagi Birlashgan Oʻrta Osiyo harbiy bilim yurti etib qayta tashkil etilgan.

1927-1929 yillarda 1-Kiyev artilleriya maktabi (KAM) tayyorlash boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan[6]. Maktab nomi keyinchalik S. M. Kirov nomidagi Kiyev oliy Lenin Qizil Bayroq ordeni zenit-raketa muhandislik maktabi (KVZRIU) nomiga oʻzgartirilgan.

1929—1931-yillarda Leningrad shahridagi Qizil Armiya Artilleriya akademiyasi hamda Qizil Armiya Harbiy muhandislik qoʻshinlari va elektrotexnika akademiyasining qayta tuzilishi natijasida tashkil etilgan Qizil Armiya Harbiy-texnik akademiyasining artilleriya boʻlimida tahsil olgan.

1931-yildan 1943-yilgacha Sergey Grigoryevich Kolbasin Leningrad Qizil Bayroq ordeni artilleriya texnikumi (LATU)da artilleriya sikli boshligʻi, texnikumning oʻquv boʻlimi boshligʻi, texnikum direktorining oʻquv-jangovar masalalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida xizmat qilgan. LATU boshligʻi general-mayor G. M. Cheremisinov Kareliya Istmusiga zudlik bilan tashkil etilgan maxsus kursantlar brigadasini (OKB) Taipolen-Yoki va Vuoksa daryolari va Viborg yoʻnalishidagi yoʻl kesishmalari boʻylab oʻtish joylarini qoplash uchun nazoratchi sifatida Shimoliy frontga joʻnab ketishi natijasida 1941-yil sentyabrdan 1942-yil aprelgacha Sergey Grigoryevich vaqtincha texnikum mudiri vazifasida ishlagan. Texnikum rahbari general-mayor G. M. Cheremisinovning uzoq vaqt davomida boʻlmaganligi sababli, texnikumni Ijevskga evakuatsiya qilishni tashkil etish va joylashtirish uchun barcha mas’uliyat S. I. Kolbasin zimmasiga yuklangan. 1943-yilda polkovnik S. G. Kolbasin Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlanar ekan, LATU boshligʻi, general-mayor G. M. Cheremisinov taqdirlanuvchilar roʻyxatidagi xodimi Kolbasinning jasoratini quyidagicha tasvirlagan:

,,… 1941-yil yakuni va 1942-yil boshida, uzoq vaqt yoʻqligimda, oʻrtoq Kolbasin yetti oy davomida texnikumga rahbarlik qildi va maktabni yangi joyiga imkon qadar mukammal tarzda joylashtirish uchun katta kuch va gʻamxoʻrlik qildi. Oʻz ishida hamisha tashabbus koʻrsatib, oʻzining yuksak bilimdonligidan unumli foydalangan oʻrtoq Kolbasin boshlagan ishni yuksak tashkilotchilik bilan muvaffaqiyatli yakunlamoqda. Oʻrtoq Kolbasinning bu ajoyib fazilatlari uning texnikumda boʻlgan davrida oldiga qoʻyilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga katta yordam berdi …"

— Leningrad artilleriya texnikumi boshligʻi G. M. Cheremisinovning mukofot qaydlaridagi bitigi. SAMO. ,,Xalq jasorati" elektron hujjatlar bankidagi mukofot varaqasi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 9-iyuldagi farmoni bilan muhandis-polkovnik Sergey Grigoryevich Kolbasin Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.

1943—1949-yillarda muhandis-polkovnik (1944-yil 16-maydan muhandislik-artilleriya xizmati general-mayori) S. G. Kolbasin 1943-yil 26-iyunda shu sanada tashkil etilgan SSSR Mudofaa xalq komissari № 389-sonli Oliy ofitser artilleriya texnikumi (VOATSH) boshligʻining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. 1943-yildan 1946-yilgacha maktab Tula shahrida joylashgan, keyinroq Penza shahriga koʻchirilgan.

1944-yil 16-mayda muhandis-polkovnik Kolbasin S. G.ga muhandislik va artilleriya xizmati general-mayorining navbatdagi harbiy unvoni berilgan.

1949-yil oktabr oyida Sergey Grigoryevich Kolbasin 1940—1950-yillarda Tula artilleriya muhandislik instituti deb nomlangan Lenin ordenli Tula proletariati nomidagi Tula qurol-texnika bilim yurti boshligʻi etib tayinlangan.

Institutning 135yilligi munosabati bilan 2004-yilda nashr etilgan,,Tula artilleriya muhandislik instituti tarixiy qaydlari" kitobida S. G. Kolbasin haqida shunday deyilgan: Visokoerudirovanniy, s glubokimi professionalnimi znaniyami, on vnyos v jizn uchiliщa nemalo novix, suщestvenno preobrazuyuщix nachinaniy. V period ego komandovaniya proisxodilo fundamentalnoe pereoborudovanie uchebnix laboratoriy, klassov i masterskix, razrabativalis deystvuyuщie maketi po novim obrazsam orujiya. Ratsionalizatorskaya rabota priobrela tvorcheskiy, sistemniy xarakter. Bili obʼyavleni pooщritelnie konkursi na luchshie uchebnie laboratorii…

S. G. Kolbasin yuksak aql, chuqur kasbiy bilimga ega boʻlib, u maktab hayotiga koʻplab yangi, sezilarli oʻzgartiruvchi tashabbuslarni kiritdi. Uning rahbarligi davrida oʻquv laboratoriyalari, sinfxonalari va ustaxonalar tubdan qayta jihozlandi, qurollarning yangi turlari boʻyicha ishchi modellar ishlab chiqildi. Ratsionalizatorlik ishlari ijodiy, tizimli xususiyat kasb etdi. Eng yaxshi oʻquv laboratoriyalari uchun ragʻbatlantiruvchi tanlovlar eʼlon qilindi …

- Tula artilleriya muhandislik instituti. Tarixiy qayd.

1951-1952 oʻquv yili natijalariga koʻra TOTU Sovet Armiyasining artilleriya maktablari orasida birinchi oʻrinni egallagan. Bu, shubhasiz, maktab rahbari S. G. Kolbasinning bevosita xizmatidir. Sergey Grigoryevich Kolbasin 1953-yilgacha TOTUga rahbarlik qilgan.

1952-yil dekabr oyida Sergey Grigoryevich Kolbasin xizmat safaridan qaytayotib Moskva-Tula poyezdida toʻsatdan vafot etgan.

S. G. Kolbasin Tula Qahramoni sifatida shaharning ramziy qabristoniga, barcha azizlarning bosh sobori yaqinida dafn qilingan.

Mukofotlari

tahrir

Rossiya imperiyasi va Muvaqqat hukumat mukofotlari

Sovet davlat mukofotlari

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Сергиевское артиллерийское училище“. 8-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2014-yil.
  2. Visochayshie prikazi o chinax voennix za 1914 g., noyabr — dekabr. — SPb.: Voennoe ministerstvo, 1914. — S. 33.
  3. Visochayshie prikazi o chinax voennix za 1916 g., 1 marta — 31 marta. Poruchik. — SPb.: Voennoe ministerstvo, 1914. — S. 9.
  4. „История создания Курсов красных командиров (1918—1920 гг.)“. 20-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2014-yil.
  5. „Боевые действия на актюбинском фронте“. 2014-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2014-yil.
  6. „КВЗРИУ“. 25-sentyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-noyabr 2013-yil.
  7. „Российский государственный военный архив“. 7-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2014-yil.

Havolalar

tahrir