Sergey Valentinovich Zabolotnov (1963-yil 11-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – sovet suzuvchisi. 1986-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori va Yevropa chempioni. Yozgi Universiadaning koʻp karra chempioni va sovrindori. Yevropa rekordchisi (1984). SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1984).

Sergey Zabolotnov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 11-avgust 1963-yil (1963-08-11) (61 yosh)
Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 194 sm
Vazni 90 kg
Sport
Qaysi sport suzish
Klubi Dinamo (Toshkent)

Faoliyati

tahrir

Sergey Zabolotnov 1983-yilda 200 m masofaga chalqancha suzish boʻyicha Yevropa rekordini oʻrnatdi[1]. U bu natijaga 2:00.42 soniya koʻrsatkich bilan 1983-yil 4-iyulda Kanadaning Edmonton shahrida oʻtkazilgan Jahon universiada oʻyinlarida erishdi. Bu natija bilan u oltin medalni qoʻlga kiritgan. U oʻzining ikkinchi Yevropa rekordini 1984-yil 15-fevralda Sovet qishki milliy oʻyinlarida oʻrnatdi (2:00.39).

1984-yil iyul oyining oxiri va avgust oyining boshlarida Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlari Sharqiy blok davlatlari tomonidan boykot qilingan. Shu sababli SSSRning Moskva shahrida Doʻstlik oʻyinlari oʻtkazilgan. Sergey Zabolotnov ushbu musoboqda ishtirok etgan. U Doʻstlik oʻyinlarining suzish musobaqasi 200 m masofaga chalqancha suzish boʻyicha jahon rekordini yangilab oltin medalni qoʻlga kiritgan (1:58.41). Bu vaqtda 1984-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 200 m masofaga chalqancha suzish boʻyicha Rick Carey rekordchi boʻlgan edi (1:58.86). Ushbu rekord Rick Carey va Zabolotnov tomonidan yangilanmasidan uch hafta oldin 2:00.23 natija boʻlgan.

Sergey Zabolotnov 1988-yilda Janubiy Koreyaning Seul shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 100 va 200 m masofaga chalqancha suzishda qatnashib, ikkala bahsda ham toʻrtinchi oʻrinni egalladi. U 100 m masofaga chalqancha suzishda 55.37 soniya, 200 m masofaga chalqancha suzishda esa 2:00.52 soniya natija qayd etdi. 4×100 m estafeta bahsida Sovet jamoasi bilan finalda AQSh va Kanada jamoalaridan ortda qolgan holda bronza medalini qoʻlga kiritdi[2].

Hozirgi kunda Sergey Zabolotnov suzish boʻyicha murabbiylik qiladi[3].

Manbalar

tahrir
  1. „Soviet Swimmers Sweep 5 Races“. New York Times (1983-yil 5-iyul). Qaraldi: 2010-yil 23-may.
  2. „Sergey Zabolotnov“. Sports Reference LLC.2009. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „«Плавание в СССР» — Сергей Заболотнов“. 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-noyabr.