Severus Snape
Severus Snape – Joanna Ketlin Roulingning "Garri Potter" kitobi va filmi seriyalaridagi muhim qahramonlardan biri. Birinchi beshta romanda u Xogvartsda sehrli damlamalar fani oʻqituvchisi boʻlib faoliyat olib borgan, oltinchi kitobda „Qora kuchlarga qarshi himoya“ fanidan dars beradi, yettinchi kitobda esa Xogvarts direktori boʻladi. Snape doimo Garri Potterga nisbatan salbiy munosabatda boʻlib, bu uning Garrining otasi James Potter bilan oʻrtasidagi ziddiyat bilan bogʻliq. Snapening xarakteri sirli boʻlib, uning hayoti va sadoqati haqida koʻplab sirlar voqealar davomida ochiladi.
Snapening vafoti, Lord Voldemort tomonidan oʻldirilishi bilan bogʻliq boʻlib, bu vaqtda uning oʻtmishi va Lily Potter (Garri Potterning onasi) boʻlgan sevgisi haqida maʼlumotlar ochiladi. U bu sevgisi uchun Voldemortning ittifoqidan voz kechib, Albus Dambldor va Feniks jamiyati uchun ikki tomonlama agentga aylanganligi, bu xarakterining eng asosiy jihatlaridan biridir.
Snape xarakteri oʻquvchilar va tanqidchilar tomonidan keng maqtovga sazovor boʻlgan. Rouling uni „aʼlo xarakter“[1] deb atagan va eng sevimli xarakterlaridan biri boʻlganligini takidlagan. "The Washington Post" jurnalisti Elizabeth Hand, Snape hayotini „Roulingning eng achinarli, ajablanarli va qoniqarli xarakteri“ deb taʼriflagan. Aktyor Alan Rickman Snape rolini 2001-2011 yillarda barcha sakkiz filmda ijro etgan.
Xarakterning rivojlanishi
tahrirIntervyularning birida: Rouling uni „antiqa qahramon“ deb atagan boʻlib, bu xarakterni yaratishda u bolaligida oʻzi yoqtirmagan oʻqituvchisidan ilhomlangan[2]. U Snapeni shafqatsiz oʻqituvchi sifatida taʼriflagan[3], lekin shu bilan birga uning dars berishdagi samaradorligini ham eʼtirof etgan. Snape yaratilishida haqiqiy shaxslardan, masalan, Roulingning kimyo oʻqituvchisi John Nettleshipdan naʼmuna olingan[4].
J. K. Rouling boshqa qahramonlarga nisbatan Snape haqida kamroq ochiq gapirgan, chunki uning haqiqiy sodiqligi va motivlari faqat soʻnggi kitobda ochiladi. Biroq, Rouling bir necha bor Snapening muhim roli haqida ogohlantirib, odamlarni „Snapeni kuzatishda davom etishlari kerak“ligini taklif qilgan. 1999-yilda Snapening sevgisi, hayoti va uning xarakteridagi savolga javoban Rouling bu haqda oldindan bilganini aytib oʻtgan. Shuningdek, Azkaban mahbusi chop etilgandan soʻng, bir ayol fanat Snapeni Lily Evansni sevganini taxmin qilganini aytgan.
Seriya yakunlangandan soʻng, Rouling Snape haqida ochiq gapira boshladi va uning xarakteridagi oʻsish bilan Albus Dambldor[5] oʻrtasidagi kontrastni muhokama qildi. Rouling „seriyaning asosi Dambldor va Snape hikoyasidir“ dedi va Snape oxir-oqibat ijobiy qahramonga aylanishini har doim bilganini tasdiqladi. Shuningdek, u Snapening hikoyasi davomida uni ehtiyotkorlik bilan rejalashtirganini aytdi. Yettinchi kitobda barchasi ochilib, siz Snapening motivlarini tushunasiz. „Kitoblar davomida bu voqealarga qaratilgan savollarga javobni oʻtkazib yuborishga majbur boʻldim, chunki har bir narsani birdan oshkor qilib boʻlmasdi. Agar buni oxirigacha kashf qilganimda, oʻquvchiga nisbatan bu adolatsizlik boʻlardi“ deydi yozuvchi. Rouling yana bir intervyusida Snapening kechirilishin istaganini aytib oʻtdi. „Snape murakkab inson edi… u xato qilgan inson edi, bizning barchamiz kabi“, Garri oxir-oqibat Snapening yaxshiligini biladi va uni kechiradi.[6]
Obraz
tahrirRomanlar
Garri Potter va hikmatlar toshi
Snape "Garri Potter va hikmatlar toshi"da, Garri Xogvartsga kelganidan soʻng tezda paydo boʻladi. U maktabning sehrli damlamalar fani oqituvchisi boʻladi, „u qora sanʼatlarga qarshi himoya fani oʻqituvchilik kursisini juda xohlaydi“ degan keng tarqalgan mish-mishlar mavjud bolgan[7][8]. Snape oʻzi bu mish-mishni "Garri Potter va Feniks jamiyati"da tasdiqlaydi. Snape – xafagarchilik va yovuzlikni ifodalaydigan oʻqituvchi boʻlib, u Garriga tez-tez qattiq va kamsituvchi shamalar qiladi. U tezda kitobdagi asosiy dushmanga aylanadi, chunki Garri uni hikmatlar toshini oʻgʻirlashda va uni oʻldirishga harakat qilishda gumon qiladi. Kitobning faqat eng yuqori nuqtasi Professor Quirrellning Lord Voldemort bilan ittifoqda ekanligini va haqiqiy dushman ekanligini ochib beradi. Aslida Snape Quirrellga shubha bilan qarab, butun kitob davomida Garri uchun gʻamxoʻrlik qilgan.[9] Oxirgi bobda, Dambldor Garrining otasi James Snapeni talabalik paytida qutqargani sababli, ularning ikkalasi bir-birini yomon koʻrganiga qaramay, Snape Garri uchun mas’uliyatni his qilgani aytib oʻtgan. Oxirgi kitobda bu toʻliq hikoya emasligi ochiladi. Har holda, Quirrellning haqiqiy roli ochilgandan keyin ham, Garri Snapega nisbatan shubha va nafrat hislarini saqlaydi, va ularning munosabati doimiy ravishda oʻz kuchida qoladi. Snapening Garriga nisbatan munosabati ham oʻzgarmaydi.
Garri Potter va maxfiy hujra
''Garri Potter va maxfiy hujra''da Snape kichik rolda boʻladi, u Gilderoy Lokhartga Xogvartsning qisqa muddatli duel klubini nazorat qilishda yordam beradi[10], ammo asosiy syujet bilan kam aloqasi bor. Duel klubida qatnashayotganda, Garri Snapedan „Expelliarmus“ sehrini koʻrib, uni oʻrganadi, bu sehr keyingi kitoblarda muhim rol oʻynaydi.
Garri Potter va Azkaban mahbusi
"Garri Potter va Azkaban mahbusi"da Snape oʻzining damlamalar boʻyicha mahoratini namoyish etib, yangi qora sanʼatlarga qarshi himoya professori Remus Lupin uchun murakkab „Wolfbane“ damlamasini tayyorlaydi[11]. Uchinch kitob davomida Snape, Lupin Garrining tutingan otasi Sirius Blakni Xogvarts qmaktabiga kiritishga yordam berayotganiga shubha qiladi. Sirius, Peter Pettigrev va begunoh odamlarni oʻldirishda (keyinchalik notoʻgʻri ekanligi maʼlum boʻladi) va Potter oilasining yashirin joyini Voldemortga oshkor qilishda ayblangan. Bu gumon Siriusning Lupin va Garrining otasi James bilan doʻstligidan kelib chiqadi. Kitobning eng muhim joylaridan birida Snape Siriusni ushlashga harakat qiladi, lekin Sirius Garrining yordami bilan qochib ketadi. Snape bu holat haqida Dambldorga maʼlumot beradi va Garri va Lupin jazolanishmaganida, Snape butun maktabga Lupinning boʻri odam ekanligi haqida oshkor qilib, uni lavozimidan boʻshashiga majbur qiladi[12].
Bu qismda Snape va James oʻrtasidagi bogʻliqlik haqida koʻproq maʼlumotlar aytib oʻtilgan. Maktabda oʻqiyotganlarida Sirius bir vaqtlar Snapeni Lupin boʻri odamga aylangan vaqtida uming oldiga kirishi uchun aldashga harakat qilgan. James xavfni sezib, Snapeni toʻxtatib, uning hayotini saqlab qoladi. Bu birinchi kitobning oxirida Dambldor tilga olgan hodisa. Biroq Snape Jamesning harakatlarini oʻz manfaatlari uchun, oʻqishdan chetlatilmaslik maqsadida qilingan deb hisoblaydi.[13].
Garri Potter va alanga kubogi
"Garri Potter va alanga kubogi" toʻrtinchi romanda Severus Snapening roli avvalgi uch kitobdagi kabi katta oʻzgarishlarga ega emas. Garri kutilmaganda Uch sehrgar turniriga qoʻshilganda Snape juda gʻazablanadi. Keyinchalik, Garri Dambldorning xotiralari toʻldirilgan idishga tasodifan tushib, bir nechta Voldemortning yordamchilarining sud jarayonlarini koʻradi. Bir paytlar Snape Igor Karkaroff tomonidan Voldemortning yordamchisi sifatida ayblanadi, ammo Dambldor Snapeni himoya qiladi va u avvallari haqiqatdan ham Voldemortning yordamchisi boʻlganligini tan olsa ham, Voldemortning oʻlimidan oldin Dambldor tomonga oʻtganligini va Voldemortga qarshi josus boʻlganini aytadi. Dambldoe keyinchalik Garriga Snapening haqiqatdan oʻzi tomoniga oʻtganini taʼkidlaydi, lekin bu maʼlumotni rost ekanligini qayerdan bilishini Dambldor aytishdan bosh tortadi, „bu maʼlumot Professor Snape va men oʻrtamizdagi masala“ deb javob beradi[14] .
Kitob oxirida Dambldor, sehrgarlar vaziri Kornelius Fudjni Voldemortning qaytganiga ishontirishga harakat qiladi. Dalil sifatida Snape Fudjga qoʻlidagi qayta tiklangan ajal belgisining tatuirovkasini koʻrsatadi. Shundan soʻng, Dambldor tomonidan unga maxfiy vazifa beriladi. Bu vazifa, "Garri Potter va Feniks jamiyatida" taklif qilingan va „Garri Potter va tilsim shahzodasi“ qismida maʼlum boʻlganidek, Voldemortning yordamichilari safiga qaytish va Voldemortga qarshi ikkinchi marta agent sifatida josuslik qilishdir, bu vaqt ichida Voldemort nomidan Dambldorga nisbatan josuslik qilishni boshlaydi.
Garri Pottar va Feniks jamiyati
Beshinchi romanda, "Garri Potter va Feniks jamiyati"da, Snape yanada muhim rolga qaytadi. Voldemort toʻliq jismoniy holatga qaytgach, Snape Dambldor uchun ikki barobar koʻproq faoliyat koʻrsatadigan agent sifatida ishlashda davom etadi[15]. Maktab boshlanishidan oldin yashirin qarorgohda Feniks jamiyatiga hisobot berayotgan Snape koʻrinadi[16]. U yashirin qarorgohni egallagan Sirius bilan juda ziddiyatli munosabatda boʻladi (qarorgoh Siriusning uyi boʻladi). Snape Siriusni uning qochqin nomi sababli Feniksda faol rol oʻynay olmasligi bilan haqorat qiladi. Garri keyinchalik bu haqoratlar Siriusning xavfli tavakkal qilishga sabab boʻlganini his qiladi[17]. Maktabda Snapening Feniks jamiyatiga boʻlgan sadoqati Garriga nisbatan nafratini oʻzgartirmaydi.
Kitobning keyingi qismida Dambldor Snapedan Garriga Oklumensiyadan dars berishni soʻraydi, yaʼni ongni tashqi aralashuv yoki taʼsirdan himoya qilish[17] . Bu mashqlar ularning oʻzaro dushmanligi sababli qiyinlashadi va Garri Snape xotiralari jamlangan idishidan Snapening eng yomon bolalik xotiralaridan birini ruxsatsiz koʻrgani uchun muddatidan oldin tugaydi. U Snapeni James va Sirius tomonidan haqorat qilinganini va Garrining onasi Lilyni „Mudblood“ (juda haqoratli atama) deb atagan xotirasini koʻradi. Lekin oxirgi kitobda Snape va Lily oʻrtasida bu toʻqnashuvdan oldin yaqin doʻst boʻlishgani maʼlum boʻladi.
Roman oxiriga yaqin, maktabning siyosiy tayinlangan rahbari Dolores Umbridge Garrini qoʻlga olib, Dambldorning qayerda ekanligini soʻraydi. U Snapeni chaqirib, Grridan yashirayotgan maʼlumotlarini oshkor qilish uchun sehrli haqiqat damlamasini taqdim etishini talab qiladi. Snape Umbridgega damlamani beradi va uning damlamasi boshqa yoʻq ekanligini, tugaganini aytadi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, Snape aslida Umbridgega soxta damlamani bergan. Snape keyin Garrining Siriusning qoʻlga olingani haqida sirli ogohlantirishini boshqa Feniks aʼzolariga yetkazadi, bu esa ularni vazirlikda qutqarishga imkon beradi[18]. Garri hali ham Snapeni Siriusning oʻlishida qisman ayblaydi, chunki Snapening haqoratlari Siriusni jangga qoʻshilishiga undagan deb hisoblaydi.
Garri Pottar va zoti past shahzoda
"Garri Pottar va zoti past shahzoda"ning ikkinchi bobida Narcissa oʻgʻli Drakoga Voldemort tomonidan qiyin bir vazifa berilganini Snapega aytadi va Snapeni buzilmas qasamyod bilan qasam ichishga majbur qiladi, u Drakoni himoya qiladi, Drakoga Voldemortning vazifasini bajarishda yordam beradi va Drako muvaffaqiyatsizlikka uchraganida, oʻzi vazifani yakunlaydi. Bellatrix uning sadoqati borasida ikkilanishda boʻladi va Snape Voldemort tonga qaytganidan beri shubhalari borasida ish olib boradi. Voldemort va uning yordamchilari Snapening Dambldorning ishonchini qozonishi va himoyasini olishi, uni Azkabandan saqlab qolgan, deb hisoblar edi[19].
Xogvartsda yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan oʻtkaziladigan ziyofatda Dambldor Snapeni yangi ''Qora kuchlarga qarshi himoya'' professori deb e’lon qiladi. Horace Slughorn, o‘zining Xogvarts yillarida Snapega dars bergan sobiq o‘qituvchi, nafaqadan qaytib, Snapening sehrli damlamalar professori lavozimini egallaydi. Snape endi sehrli damlamalar bo'yicha darsni bermagani sababli, Garri Slughornning sinfiga yoziladi va yangi kitobi kelguncha eski bir darslikdan foydalanib turadi. Garri darslikda noma’lum talaba tomonidan keltirilgan turli qo'shimcha ma'lumotlarni va damlamalar bo'yicha yozuvlarni topadi va kitobning asl damlama tayyorlash ko‘rsatmalaridan ko'ra sezilarli darajada yaxshi ekanligini payqab qoladi. Kitobda "Zoti past shahzodaning mulki" deb yozilgan bo'ladi. Bu yozuvlar Garrining sehrli damlamalar darsidagi muvaffaqiyatini oshiradi va u Slughornni hayratga soladi. Snape, „Men Potterga biror narsa oʻrgata olganimni hech qachon his qilmaganman“ deb taʼkidlagan holda, GarrIning damlamalar tayyorlashdagi yangi muvaffaqiyatidan shubhalanadi[20] .
Keyinchalik, Drako bilan janjal paytida Garri ''zoti past shahzoda''ning "Dushmanlar uchun" deb belgilangan sehridan foydalanadi va bu sehr tufayli Drakoning yuzi va ko‘kragida o'g'ir jarohat hosil bo'adi. Snape janjal sodir bo'lgan joyga yetib borib, Drakoni davolaydi va so‘ng Garridan sehr haqida so‘raydi, Garrining ongi orqali o'sha darslikni undan olish uchun Legilimencydan foydalanadi. Snape Garridan sehrli damlamalar tayyorlash darsligini ko‘rsatishni talab qilganida, Garri zoti past shahzodaning kitobini yashiradi va uning o'rniga do'sti Ronning darsligini beradi. Drako bilan jang va Garri darslik haqida yolgʻon gapirayotganini bilgan Snape Garriga yilning soʻnggi Kvidditch oʻyini paytida jazoni belgilaydi[21].
Garri Xogvartsdan Dambldor bilan Voldemortning ruhining bir qismi yashirilgan ruhdon topishga boradi. Garri Professor Trelavneydan Snape bashoratni eshitgani va uni Voldemortga aytganini, bu esa Voldemortning Garri va uning ota-onasini qidirishiga sabab boʻlganini bilib oladi. Garri Snapega ishonmasligini va sabablarini gʻazab bilan aytsa ham Dambldor Snapega ishonishini taʼkidlaydi. Voldemortning ruhdonini olib qaytgandan soʻng, Garri va Dambldor maktabning astronomiya minorasiga chiqadi. Ruhdonning himoya sehrlaridan ogʻir shikastlangan Dambldor Garri uchun Snapeni chaqirishini aytadi, lekin Garri chiqib ketishga ulgurmadi, Drako toʻsatdan keladi va Dambldorni oʻldirish buyruqini bajarishga tayyor turadi. Uni boshqa Voldemortning izdoshlari va Snape yaqinidan kuzatib turadi. Snape rejaga muvofiq qotillikni toʻxtatib, oʻzi maktab rahbarini oʻldiradi[22]. Garri, Dambldor tomonidan himoya qilinish uchun koʻrinmas qilingan holda, qotillikni koʻradi va Dambldor oʻlgandan soʻng sehrdan qutulib chiqadi. Gʻazablangan holda, u Snape, Draco va Voldemortning yordamchilarini qasrdan qochayotgan paytda taʼqib qiladi. Snape Garrining sehrlariga osonlik bilan qarshi himoyalanadi va Garrining xatolarini masxara bilan koʻrsatadi, lekin hech qachon javob bermaydi. Qarama-qarshilik paytida, Snape oʻzini „Zoti past shahzoda“ deb tanitadi (u maggl Tobias Snape va toza qonli sehrgar Eileen Princening oʻgʻlidir).
Dambldor va Snape oʻrtasidagi toʻliq munosabatlar va Snapening harakatlari sababi oxirgi kitobgacha nomaʼlum boʻlib qoladi. Rouling intervyuda, seriyadagi bu nuqtada Garri va Snape oʻrtasidagi munosabat „shuncha shaxsiy boʻlib qolganini“ taʼkidlagan[23].
Garri Potter va Ajal tuhfalari
''Garri Potter va Ajal tuhfalari'' qismida Voldemort va uning odamlari sehrgarlar dunyosiga yanada kuchliroq ta'sir o'tkazishadi. Snape Xogvarts direktori etib tayinlanadi, Voldemortning yordamchilari Alecto va Amycus Carrow esa Xogvarts xodimlari sifatida tayinlanadi. Roman asosan Garri va uning do'stlari va maktabdan tashqaridagi voqealarga qaratilgan, shuning uchun Snape dastlab ko'p namoyon bo'lmaydi. Kitob davomida Godrik Gryffindor qilichini o'g'irlashga ko'p urinilgani sababli Snap uni Gringotts sehrgarlar bankida saqlanishi uchun jo'natganini aniqlashadi. Ammo, keyinroq bu qilich faqat nusxa ekanligini bilib qolishadi. Keyinchalik, Garri va Ron haqiqiy qilichni ohu ko'rinishidagi Patronus tufayli topishadi. (Kitob oxirida Garri bu Snapening Patronusi ekanligini, u Garrining onasi Liliyning Patronusiga o'xshash shaklda ekanligini, bu esa uning Liliyga nisbatan umrboqiy sevgisi belgisi ekanligini va Dambldor Snapedan Garrining qilichni topishiga yordam berishni so'raganini tushunadi.)
Maktab yili oxiriga kelganda, professorlar McGonagall, Flitwick va Sprout Snapeni maktabdan qochishga majbur qilishadi. Voldemort Snapen ''Qichqiriq'' uyiga chaqiradi. Snapening o'limi uni ajal tuhfalarining sehrli tayoqchasining egasi qilishi haqidagi noto'g'ri tushunchasi sababli Voldemort Snapeni o'ldiradi va uning iloni Nagini Snapeni bo'yinidan chaqib oladi. Snape so'ngi daqiqalarida ba'zi xotiralarini Garriga beradi va ularni ko'rishi kerakligini aytadi. O'layotgan Snape Garridan uning ko'zlariga qarashini so'raydi, chunki Garrining ko'zlari onasi Liliyning ko'zlariga o'xshaydi va Snape bu ko'zlarni oxirgi ko'rgan narsasi bo'lishini xohlaydi.
Snapening xotiralaridan Garri Snapening bolalik davrini koʻradi va uning kimga sadoqatli ekanini bilib oladi. Garri Snape va Liliy bir-biriga bolaligida doʻst boʻlganini biladi. Xogvartsga kelgach, saralovchi shlyapa Snapeni Slytherin fakultetiga va Liliyni Gryffindor fakultetiga joylashtiradi. Ular bir necha yil doʻst boʻlib qolishadi. Lekin doʻstlik Snapening Liliyni zoti past deb atashi bilan yakunlanadi. Bu ajralishga va Snapening Liliyning eri James Potterga nisbatan chuqur dushmanligiga qaramay, Snapebutun umri davomida Liliyni sevadi.
Xotiralarda, shuningdek, Snape Voldemortning yordamchisi sifatida Voldemortga Sybill Trelawney tomonidan aytilgan bir bashoratni oshkor qilgani koʻrsatiladi, bu esa Voldemortni uni oldini olish uchun Garri va uning ota-onasini oʻldirishga undaydi. Snape, bu bashoratni Lili va uning oilasiga taalluqli ekanini kech tushunib, Voldemortdan Liliyni oʻldirmasligini soʻraydi. Liliyni qutqarish uchun u Dambldorga yaqinlashadi, oʻz harakatlarini tan oladi va ularni himoya qilishni iltimos qiladi. Buning evaziga, Snape sirli ravishda Dambldor va Feniks jamiyati bilan Voldemortga qarshi ikki tomonlama agent sifatida ittifoq tuzadi, oʻz xiyonatini Voldemortdan yashirish uchun Oklumensiya kuchlaridan foydalanadi. Biroq, Snape Dambldordan Liliyga boʻlgan sevgisini (u tomoniga oʻtganligi sababli) sir saqlanishini talab qiladi, ayniqsa Garri uchun. Chunki u Garriga nisbatan turli hislarni his qiladi (Garri unga Liliy Potterga boʻlgan sevgisi va uning oʻlimi, shuningdek James Potterga boʻlgan dushmanligini eslatadi). Dambldor umri davomida bu sirni saqlaydi. Snape Liliyni himoya qilishga harakat qilgan boʻlsa-da, u Liliyning Voldemort qoʻlidan oʻlim topishida oʻzini aybdor his qiladi.
Snapening xotiralarida Garri Dambldorning o'limining asl sabablarini ham ko'radi. Voldemortning ruhdonini yo'q qilishga uringan paytda Dambldorning qo'li qattiq kuchli afsundan shikastlanadi. Snapening ''Qora kuchlar''ga qarshi bilimlari Dambldorning qo'lidagi lan'at tanasiga tarqalishining oldini olishga imkon beradi, lekin u bir yil ichida o'lishi mumkin edi. Voldemort Drakoga Dambldorni o'ldirishni buyurganini bilgan Dambldor Snapedan o'zini o'ldirishni so'raydi. Snape ikkilanadi, hatto bunday harakat o'zining ruhiyatiga qanday ta'sir qilishi haqida so'raydi, Dambldor esa bu insonning ruhiga qotillik kabi zarar bermasligini nazarda tutadi. Shunga qaramay, ular ikkalasi ham Snapening avvalgi kitobda Narcissaga qasam ichganidan qochib qutilishi mumkin emasligini bilishadi. Snape Dambldorning so'raganiga rozi bo'ladi. Snapening xotiralari Garri uchun Voldemortning oxirgi mag'lubiyatini ta'minlash uchun zarur ma'lumotlarni taqdim etadi, bu esa Snape va Dambldor o'rtasidagi suhbatlar shaklida bo'ladi.
Rouling bir intervyuda Snape oʻlganidan keyin uning rasmi darhol direktorlarning rasmlari qatoriga qoʻyilmasligini aytgan, chunki u oʻz lavozimini tark etmagan. Ammo, u Garri Snapening haqiqiy sadoqatini va qahramonligini sehrgarlar dunyosiga tanitishini va uning rasmi oʻrnatilishi uchun kurashganinga umid qilganini aytib oʻtadi[24]. Boshqa bir intervyuda Rouling Snapening oʻtmishini muhokama qildi va u birinchi kitobni yozganidan beri Snapening taqdirini rejalashtirganini, chunki butun seriya uning atrofida qurilganligini va uni yettinchi kitobning eng muhim qahramonlaridan biri deb hisoblaganini aytdi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Rouling Snape haqida“. zoti past shahzoda. 2011-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-sentyabr.
- ↑ „J.K. Rouling intervyusi transkripti“. The Connection. WBUR Radio (1999-yil 12-oktyabr). 2011-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-sentyabr.
- ↑ „Barnes va Noble va J.K. Rowling bilan Yahoo suhbat“. barnesandnoble.com (2000-yil 20-oktyabr). 2018-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-sentyabr.
- ↑ Fraser, Lindsay. J.K. Rouling bilan suhbatlar. New York: Scholastic, 2001 — 21-bet. ISBN 978-0-439-31455-8. Qaraldi: 2024-yil 28-sentyabr.
- ↑ Adler, Shawn „Garri Potter" muallifi J.K. Rouling L.A. talabalari bilan uchrashadi va kelajak rejalari haqida fikr yuritadi.“. MTV News (2007-yil 15-oktyabr). 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-noyabr.
- ↑ Vieira, Meredith „Garri Potter: So‘nggi Bob“. Dateline. NBC (2007-yil 29-iyul). 2008-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-sentyabr.
- ↑ Rowling, J. K. „The Sorting Hat“, . Harry Potter va hikmatlar toshi. Bloomsbury, 1997. ISBN 0747532699.
- ↑ Rowling, J. K. „Educational Decree Number Twenty-Four“, . Harry Potter va Feniks jamiyati. Bloomsbury, 2003. ISBN 0747551006.
- ↑ Rowling, J. K. „The Man with Two Faces“, . Harry Potter va hikmatlar toshi. Bloomsbury, 1997. ISBN 0747532699.
- ↑ Rowling, J. K. „The Dueling Club“, . Harry Potter va maxfiy hujra. Bloomsbury, 1998. ISBN 0747538492.
- ↑ Rowling, J. K. „Flight of the Fat Lady“, . Harry Potter va Azkaban mahbusi. Bloomsbury, 1999. ISBN 0747542155.
- ↑ Rowling, J. K. „Owl Post Again“, . Harry Potter va Azkaban mahbusi. Bloomsbury, 1999. ISBN 0747542155.
- ↑ Rowling, J. K. „Moony, Wormtail, Padfoot, and Prongs“, . Harry Potter va Azkaban mahbusi. Bloomsbury, 1999. ISBN 0747542155.
- ↑ Rowling, J. K. „The Pensieve“, . Harry Potter va Alanga kubogi. Bloomsbury, 2000. ISBN 074754624X.
- ↑ Rowling, J. K. „The Seer Overheard“, . Harry Potter va tilsim shahzodasi. Bloomsbury, 2005. ISBN 0747581088.
- ↑ Rowling, J. K. „Number Twelve, Grimmauld Place“, . Harry Potter va Feniks jamiyati. Bloomsbury, 2003. ISBN 0747551006.
- ↑ 17,0 17,1 Rowling, J. K. „Occlumency“, . Harry Potter va Feniks jamiyati. Bloomsbury, 2003. ISBN 0747551006.
- ↑ Rowling, J. K. „The Lost Prophecy“, . Harry Potter va Feniks jamiyati. Bloomsbury, 2003. ISBN 0747551006.
- ↑ Rowling, J. K. „Spinner's End“, . Harry Potter va tilsim shahzodasi. Bloomsbury, 2005. ISBN 0747581088.
- ↑ Rowling, J. K. „The Unbreakable Vow“, . Harry Potter va tilsim shahzodasi. Bloomsbury, 2005. ISBN 0747581088.
- ↑ Rowling, J. K. „Sectumsempra“, . Harry Potter va tilsim shahzodasi. Bloomsbury, 2005. ISBN 0747581088.
- ↑ Rowling, J. K. „The Lightning-Struck Tower“, . Harry Potter va tilsim shahzodasi. Bloomsbury, 2005. ISBN 0747581088.
- ↑ „The Leaky Cauldron and MN Interview Joanne Kathleen Rowling – Part 1“. The Leaky Cauldron (2007-yil 28-iyul). Qaraldi: 2024-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Transcript of webchat with J.K. Rowling“. the-leaky-cauldron.org (2007-yil 30-iyul). 2007-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.