Sevginator
Sevginator — 2007-yilda rejissyor Abduvohid Gʻaniyev tomonidan suratga olingan komediya va fantastika janridagi oʻzbek filmi. Shoira Gʻiyosova ssenariysi asosida suratga olingan filmda bosh rollarni Manzura Yoʻldosheva, Ulugʻbek Qodirov, Murod Rajabov, Shafoat Rahmatullayeva, Aziz Rametov kabi aktyorlar ijro etgan[1].
Sevginator | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Abduvohid Gʻaniyev |
Prodyuser(lar) | Rustam Saʼdiyev |
Ssenariynavis(lar) | Shoira Gʻiyosova |
Rollarda |
Manzura Yoʻldosheva Ulugʻbek Qodirov Murod Rajabov Shafoat Rahmatullayeva Botir Muhammadxoʻjayev Yulduz Hamidova Aziz Rametov Qahramon Abdurahimov Bosit Rahmatov Dildora Hoshimova Farruh Komilov Lola Ergasheva Ahmad Berdimurodov Farruh Soipov Shuhrat Yulliyev |
Bastakor(lar) | Doniyor Aʼzamov |
Kinematografiya | Oʻzbekkino |
Studiya(lar) | „Davr“ |
Chiqarilgan sanasi | 2007-yil |
Davomiyligi | 103 daqiqa |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Syujeti
tahrirAkmal ismli aspirant robot qiz yaratadi. Ammo boshqa odamlar va ijrachi xolaning qiziqishini uyg‘otmaslik uchun uni „Malomat“ deb tanishtiradi. Akmal robotning yuzini oʻzi sevib qolgan Maftuna ismli oʻqituvchiga oʻxshatib yasaydi va uni qobiliyatlarini sinab koʻrish uchun sportchilar bilan jang uyushtirdi. Robot esa ularni yer tishlatadi. Bundan soʻng esa oʻzi va Maftunani yomgʻirda konalizatsiyaga tashlagan, institutdagi hamma oʻqituvchilarni qiyratgan, ularga laqab qoʻyib mazaxlagan institutning eng yomon guruhiga „Malohat“ni dars oʻtib, oʻqituvchilik qilishga joʻnatadi. U esa institutdagi eng yomon guruhni tartibga solib qoʻyadi. Bundan institut dekani Hoshim Soqiyevich ham, Akmal ham, Maftuna ham va yana institutdagi barcha oʻqituvchilar xursand boʻlishadi.
Bu orada „Malomat“ Akmalni sevib qoladi, lekin Akmal u odam emas, robot ekanligini aytib, uni ranjitadi. „Malomat“ esa oʻziga Akmalga quyib qoʻygandek oʻxshash robot yasab oladi va buni Akmal koʻrib, xushidan ketib qoladi. Film esa 2 robotning quyidagi jumlalari bilan tugaydi:
— Malomat, men sizni sevaman!
— Men ham sizni sevaman...
Rollarda
tahrirBosh rollarda
tahrir- Manzura Yoʻldosheva — Maftuna Sodiqova, yosh oʻqituvchi va Malomat, ayol robot[2];
- Ulugʻbek Qodirov — Akmal, ixtirochi;
- Murod Rajabov — Hoshim Soqiyevich, institut dekani;
- Shafoat Rahmatullayeva — ijarachi xola yoki „Anakonda“[3];
- Botir Muhammadxoʻjayev — Borbi, Saruxanning eri;
- Yulduz Hamidova — Saruxan;
- Aziz Rametov — Otabek, talaba;
- Qahramon Abdurahimov — Maftunaning otasi;
- Bosit Rahmatov — Shokir Samadov, talaba;
- Dildora Hoshimova — Vasila, Maftunaning dugonasi[4];
- Farruh Komilov — Qodirov, talaba;
- Lola Ergasheva — Hadicha, Maftunaning onasi;
- Ahmad Berdimurodov — murabbiy[5];
- Farrux Soipov — Farruh;
Epizodlarda
tahrir- Shuhrat Ulliyev — „Shrek“, talaba
- Durdona Tursunboyeva
- Rixsivoy Aliyev — oʻqituvchi;
- Barno Jalolova;
- Feruza Roʻziyeva;
- Zuhra Soliyeva — avtobus chiptachisi;
- Ozoda Abdullayeva
- Dilbek Toʻrayev — Dilbek, talaba;
- Umida Norboyeva;
- Alina Mamadaliyeva;
- Alina Sayfulina;
- Hilola Toshmuhamedova;
- Shahlo Karimova;
- Nilufar Ergasheva.
Suratga olish
tahrirManzura filmda suratga tushishni istamagan va rejissyor unga „Sizdek sovuq yuz boshqa yoʻq-da“ deb aytgan[6].
Film musiqasi
tahrirFilmdagi musiqalarni kompozitor Doniyor Aʼzamov yozgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „СЕВГИНАТОР (2007)“. Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
- ↑ Daryo.uz. „“Sevinch”, “Dilhiroj”, “Sevginator” va o‘zbekistonlik xonandalar suratga tushgan boshqa muvaffaqiyatli filmlar (video)“ (2023-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
- ↑ Daryo.uz. „“Farzandsiz o‘tish peshonamga yozilgan ekan”. Otasining ta’ziyasida sahnada rol ijro etgan va bir o‘limdan qolgan aktrisa Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda (foto, video)“ (2024-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
- ↑ Daryo.uz. „“Yoshligimda nuqul o‘zbekka erga tegmayman derdim”. Aktrisa Dildora Hoshimova koreys turmush o‘rtog‘i islom dinini qabul qilgani hamda ismini ham o‘zgartirgani haqida (video)“ (2022-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
- ↑ Daryo.uz. „AQShda yashayotgan yana bir o‘zbekistonlik aktyor Ahmad Berdimurodov hayotidagi eng katta yo‘qotish hamda orzulari haqida gapirdi“ (2020-yil 8-iyul). Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
- ↑ Daryo.uz. „“To‘yda pichoq bilan tahdid qilishgan”. Shaxsiy hayoti haqidagi savollardan bezgan va nogiron jonivorni parvarish qiladigan Manzura 46 yoshda (foto)“ (2024-yil 23-fevral). Qaraldi: 12-iyul 2024-yil.