Sfinks xalqaro aeroporti
Sfinks xalqaro aeroporti (IATA: SPX, ICAO: HESX) – Misr poytaxti Qohiraning gʻarbiy tomonida joylashgan Giza shahriga xizmat koʻrsatadigan fuqarolik aeroporti.
Sfinks xalqaro aeroporti مطار سفنكس الدولي | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: SPX – ICAO kodi: HESX | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Xizmat doirasi | Giza, Misr | ||
Dengiz sathidan balandligi | 553 ft / 169 m | ||
Koordinatalari | 30°06′35″N 30°53′40″E / 30.10972°N 30.89444°E | ||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
16R/34L | 3 650 | 11,975 | Asfalt |
Manba: Google Maps[1], SkyVector[2] |
Tarixi
tahrir2017-yil oktyabr oyida aeroport kelgusi yozda tijorat reyslari uchun ochiq boʻlishi va 2018-yil oktyabr oyida sinov parvozlarni boshlashni rejalashtirilgan edi[3][4][5].
2019-yil yanvar oyida EgyptAir Express mintaqaviy aviakompaniyasi Hurgada, Sharm ash-Shayx, al-Uqsur va Asvonga sinov parvozlarini boshladi[6].
2020-yil 1-yanvarda aeroport Iordaniyadan Fly Jordan kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan birinchi xalqaro reysni qabul qildi[7]. 2022-yil 2-noyabrdan Sharm-ash-Shayxdan Sfinks aeroportiga muntazam parvozlar boshlandi. Aeroport hozirda faoliyat yuritmoqda, lekin hali ham yakuniy qurib bitkazilmagan.
Imkoniyatlari
tahrirAeroport Qohira Gʻarbiy aviabazasiga tutashgan va baʼzi bir infratuzilmalari aviabaza bilan bitta. Qohira-Iskandariya choʻli yoʻlida joylashgan[8]. 2 kilometr (1.2 mi) uzunlikdagi asosiy uchish-qoʻnish yoʻlagi (16R/34L) Qohira Gʻarbiy aviabazasining uchish-qoʻnish yoʻlagi majmuasidan gʻarbda joylashgan. Samolyotlar toʻxtash joyi va terminal inshootlari uchish-qoʻnish yoʻlagining gʻarb tomonida joylashgan[1][9].
2020-yil dekabr oyida aeroportning umumiy maydoni 4,500 kvadrat metrdan 23,000 kvadrat metrga oshirish uchun kengaytirilayotgani maʼlum qilindi, bu esa aeroportning yoʻlovchi qabul qilish quvvatini 300 kishidan 900 kishiga oshirishga yordam beradi. Ushbu kengayish Grand Misr muzeyining ochilishi ortidan kutilayotgan yoʻlovchilar oqimiga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan. Aeroport binosida 6,500 square meter (70,000 kvadrat fut) maydondagi sayyohlik zali, 7000 kvadrat metrlik uchib kelish zali, 1000 kvadrat metr oziq-ovqat va ichimliklar maydoni, boj olinmaydigan doʻkonlar, pasport stollari, Rentgen zonasi va 28 ta roʻyxatga olish joylarini qamrab olishi kutilmoqda. Bundan tashqari bank va karantin zonasi, bagaj qabul qilish joyi, sakkizta pasport peshtaxtasi, sakkizta eskalator va 1440 tonna sovutgich sigʻimiga ega sovutish moslamasi ham quriladi[10].
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
tahrirGiza Sfinks aeroportida quyidagi aviakompaniyalar tomonidan muntazam va charter reyslari amalga oshiriladi:
Aviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Air Arabia | Sharja[11] |
Air Cairo | Amman–Qirolicha Aliya, Hurgada[12], Jidda, Madina, Sharm ash-Shayx[13] |
AJet | Istanbul–Sabiha Goʻkchen |
Condor | Mavsumiy: Frankfurt[14] |
easyJet | Berlin (2024-yil 9-noyabrdan boshlanadi)[15], Jeneva (2024-yil 5-noyabrdan boshlanadi)[16], London–Luton[17] |
Edelweiss Air | Syurix (2024-yil 2-noyabrdan boshlanadi)[18] |
flydubai | Dubai–Xalqaro[19] |
Flynas | Ar-Riyod[20], Jidda |
Norwegian Air Shuttle | Mavsumiy: Kopengagen(2024-yil 3-noyabrdan boshlanadi[21] |
Jazeera Airways | Kuvayt |
Pegasus Airlines | Istanbul–Sabiha Goʻkchen[22] |
SalamAir | Maskat[23] |
Wizz Air | Abu-Dabi, Budapesht[24], Larnaka (2024-yil 29-oktyabrdan boshlanadi)[25], London–Luton[26], Milan–Malpensa, Rim–Fiumichino |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Google Maps – Giza Sphinx Airport
- ↑ „Sphinx International Airport“. SkyVector. Qaraldi: 2018-yil 24-noyabr.
- ↑ „Inaugural flights land at Sphinx International Airport in Giza next summer“ (en-US). Egypt Independent (2017-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
- ↑ „Sphinx International Airport to begin 'experimental operation' in January“ (en-US). Egypt Independent (2017-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
- ↑ „Cairo Sphinx, Egypt to open for tests in 1Q18“ (en-US). ch-aviation. Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
- ↑ „Sphinx International Airport to operate its first internal flight“ (en-US). Egypt Today (2019-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
- ↑ „Egypt's Sphinx Airport receives first international flight“. egyptindependent.com (2020-yil 1-yanvar).
- ↑ „Egypt's Aviation Ministry finalizes preparations to inaugurate Sphinx Airport“. Egypt Independent (2018-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 15-oktyabr.
- ↑ „Cairo West TACAN (BLA)“. ourairports.com. Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
- ↑ „Saudi, Kuwaiti investments boost Cairo, Sphinx airports“. al-monitor.com (2020-yil 24-dekabr).
- ↑ „Air Arabia launches non-stop flights between Sharjah and Egypt's Sphinx International Airport“. aaco.org (2023-yil 27-oktyabr).
- ↑ „AIR CAIRO NW24 GIZA SPHINX DOMESTIC NETWORK ADDITIONS“. aeroroutes.com (2024-yil 3-iyul).
- ↑ „AIR CAIRO NW24 GIZA SPHINX DOMESTIC NETWORK ADDITIONS“. aeroroutes.com (2024-yil 3-iyul).
- ↑ „CONDOR MOVES FRANKFURT – GIZA SPHINX SERVICE TO SUMMER SEASONAL IN 2023/24“ (en). AeroRoutes (2023-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-may.
- ↑ https://ber.berlin-airport.de/en/news/2024-06-17-easyjet-wfp.html Andoza:Bare URL inline
- ↑ https://www.travelnews.ch/on-the-move/26757-weiterer-ausbau-von-easyjet-ab-basel-und-genf.html Andoza:Bare URL inline
- ↑ https://mediacentre.easyjet.com/story/16144/easyjet-launches-flights-for-the-first-time-to-cairo Andoza:Bare URL inline
- ↑ https://www.aeroroutes.com/eng/240623-wknw24mena Andoza:Bare URL inline
- ↑ „Flydubai launches daily service to Cairo“.
- ↑ (2023-yil 26-may). „Flynas operates weekly direct flights to Sphinx International Airport in Egypt from Riyadh and Jeddah“ (en). Press-reliz.
- ↑ „NORWEGIAN NW24 NETWORK EXPANSION SUMMARY – 23MAY24“ (2024-yil 24-may).
- ↑ „Uçak Bileti Ara, Ucuz Uçak Bileti Fiyatları | Pegasus“.
- ↑ „SALAMAIR ADDS GIZA SPHINX SERVICE FROM MID-JUNE 2024“. Aeroroutes. Qaraldi: 2023-yil 29-may.
- ↑ „Kairóba indít járatokat Budapestről a Wizz Air“ (2023-yil 15-iyun).
- ↑ https://knews.kathimerini.com.cy/en/business/wizz-air-now-flies-from-larnaca-to-cairo Andoza:Bare URL inline
- ↑ „Luton airport gains Wizz Air Cairo service“.