Shad (unvon)
Shad, shod — Turk xoqonligi boshqaruvidagi unvon.
Qad. turk bitiktoshlarida, xitoy, yunon, arab manbalarida uchraydi. Xitoy manbalarida sha yoki she shakllarda qayd etiladi. Sh. Turk xokrnligida bosh xukmdor — xoqondan keyingi urinda turuvchi yabgʻudan soʻng eng yuqori unvon boʻlib, ushbu unvonga, asosan, xokon xonadoniga mansub, biror oʻlkaga maʼmur qilib tayinlangan va oʻz qoʻshiniga ega boʻlgan tegin, shahzodalar sazovor bulishgan. Xoqonlikning markaziy hokimiyatida xoqon, oʻng (Toʻlas) va soʻl (Tardush) qanotlari boshkaruvida Sh.lar turar edi. Turk xokonligi davrida Choch, Buxoro, Toxaristonni Sh.lar boshqargani xitoy va arab manbalaridan maʼlum. Jumladan, xitoylik rohib Syan Szan 629—645 yillar oraligʻida Gʻarbiy Turk xoqoni Tun yabgu (618—630) himoyatida Gʻarbiy oʻlkalarga sayohat qilgan paytida Toxaristonda ham boʻladi. Toxariston yabgʻularining markazi Qunduzda uni Tun yabgʻuning oʻgʻli Tardushad qarshi oladi.
Tardushad 7—8 a.larda hukm surgan Toxariston yabgʻulari sulolasining asoschisi hisoblanadi. Shuningdek, Shi (Choch) da 7-asrning 2-yarmida Shuju Sh., Buxoroda 7—8 a.larda Kono Sh., Tugʻshoda (Tugʻshad), Toxaristondagi Chagʻoniyon hokimligida 710y.larda Sh. unvonli turkiy hukmdorlar boʻlishgan. Xazar xoqonligi (7—9-asrlar) va Uygur xoqonligi (8—9-asrlar) boshqaruvida ham Sh. unvoni nufuzli unvonlardan hisoblangan.
Adabiyot
tahrir- Abdurahmonov Gʻ., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982.
- Klyashtornyy S. G., Savinov D. G., Stepnyye imperii drevney Yevrazii. Sankt-Peterburg: Filologicheskiy fakul'tet SPbGU, 2005
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |