Toshkent
Toshkent — Oʻzbekistonning poytaxti va eng yirik shahri boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda joylashgan boʻlib, maydoni 334,8 km2 ni tashkil etadi. 2024-yilning 1-iyulidagi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi 3 075 000 nafar kishini (Oʻzbekiston aholisining qariyb 9 foizi) tashkil etadi[2]. 2024-yilning birinchi kvartal maʼlumotlarga koʻra, Toshkent shahrining YIMi $25 milliardni tashkil etadi va bu koʻrsatkich Oʻzbekistondagi eng katta YIMga ega shahar boʻlib kelmoqda[5][6].
Toshkent | |
---|---|
Poytaxt | |
41°18′0″N 69°16′0″E / 41.30000°N 69.26667°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Ichki boʻlinishi | 12 tuman |
Hukumat | |
• Hokim | Shavkat Umrzoqov |
Ilk eslatilishi | Eramizdan avvalgi 5–3 asr |
Avvalgi nomlari | Yuni, Choch, Shosh (Madina-ash-Shash) va Binkat |
Maydon | 631.29 km2 (243.74 kv mi) |
Markazi balandligi | 455 m |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbekcha |
Aholisi (2024)[2] |
3 million 075 ming kishi[1]] |
Zichligi | 4880.5 kishi/km2 |
Milliy tarkib | |
Konfessiyaviy tarkib |
|
Etnoxoronim | toshkentlik (lar) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 71 |
Pochta indeks(lar)i | 100 000[4] |
Avtomobil kodi | 01—19 |
Milodiy VIII asr oʻrtalarida islomiy taʼsir boshlangunga qadar, Toshkentga sugʻd va turkiy madaniyat taʼsir koʻrsatgan. 1219-yilda Chingizxon Toshkentni vayron qilganidan soʻng, shahar qayta tiklandi va Buyuk Ipak yoʻlidan foyda koʻrdi. XVI-XVII asrlarda Toshkent Shayboniylar va Ashtarxoniylar davlati tarkibida boʻlgan. XVIII–XIX asrlardan boshlab ushbu shahar Qoʻqon xonligi tomonidan zabt etilgunga qadar, mustaqil shahar-davlatga aylangan edi. 1865-yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi hamda Turkiston general-gubernatorligi markazi boʻldi. Sovet davrida bu shahar butun Sovet Ittifoqining majburiy deportatsiyasi tufayli katta oʻsish va demografik oʻzgarishlarga guvoh boʻlgan. 1966-yilda boʻlgan Toshkent zilzilasi tufayli Toshkentning katta qismi vayron boʻlgan edi, biroq u na'munali Sovet shahri oʻlaroq qayta qurilgan. Oʻsha paytda Toshkent Sovet Ittifoqining Moskva, Leningrad va Kiyev shaharlaridan keyin turadigan toʻrtinchi yirik shahar boʻlgan[7].
Hozirgi kunda, mustaqil Oʻzbekiston poytaxti sifatida, Toshkentda koʻp millatli aholi saqlanib qolgan, ular orasida etnik oʻzbeklar va qozoqlar koʻpchilikni tashkil qiladi. 2009-yilda Toshkentning 2 200 yilligi nishonlandi. Bu munosabat bilan shahar infra va transport tizimi yangilandi[8][9]. Toshkent yirik shahar
Etimologiyasi
tahrirToshkent 2200-yildan ortiq tarixga ega[10]. Bu davr ichida u mudofaa devori bilan oʻralgan qalʼadan jahondagi yirik shaharlardan biri, Oʻzbekiston Respublikasining poytaxtigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. Asrlar davomida shahar oʻzining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu jadallarni, yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron boʻlib, qayta qad koʻtardi. Toshkent oʻrnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha marta oʻzgardi. Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bogʻistoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Koʻhakiy kabi buyuk allomalar shu hududda yashab, ijod etganlar.
Shahar sifatida Toshkent haqidagi birinchi maʼlumotlar eramizdan avvalgi II asrdagi qadimgi-sharqiy manbalarda uchraydi; Xitoy manbalarida Yuni deb atalgan; Fors shohi Shоpur I eramizdan avvalgi 262-yildagi „Zardusht Kaʼbasi“ qaydnomalarida Toshkent vohasi Choch deb nomlangan. Choch — oltin eksporti, qimmatbaho toshlar, shirinliklar va aslzot otlarni boshqa shahar va mamlakatlarga olib oʻtishdagi yoʻlning chorrahasida joylashgan. „Tosh shahar“ maʼnosini anglatuvchi bugungi Toshkent — zamonaviy respublikaning poytaxti, oʻtmish maʼlumotlarini saqlovchi, Oʻzbekiston tarixi haqida koʻp maʼlumotlarni xotirlovchi, 2 milliondan ortiq aholisi boʻlgan bu shahar Markaziy Osiyoning eng katta industrial markazlaridan biridir.[manba kerak]
Toshkentning uzoq oʻtmishi va u qad koʻtargan qadimgi Choch yoki Shosh viloyati haqidagi maʼlumotlar yozma manbalarda xilma-xil hamda uzuq-yuluq tarzda aks etgan. Zardushtiylarning qadimgi muqaddas kitobi Avesmona Sirdaryo havzasidagi mamlakat „Turon“, aholisi esa „tur“lar deb yuritilgan. Bu oʻlkada tur qavmlari urugʻ va qabila oqsoqollarining diniy va siyosiy qarorgohi — Qangʻxa (Qangʻa) shahri borligi tilga olinadi.
Toshkent haqidagi dastlabki aniqroq maʼlumotlar miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 5-asrlarga mansub Xitoy manbalarida uchraydi. Ularda Toshkent viloyati qadimda Loyuyeni, Yuni, soʻngra Chjeshe, Chjechji, Chjesi va Shi deb nomlangan. Bu atamalar (avvalgi ikkitasidan tashqari) „Choch“ soʻzining xitoycha talaffuz etilishi natijasida hosil boʻlib, hatto oxirgi „Shi“ toponimi xitoychada „tosh“ maʼnosini anglatgan.
Miloddan avvalgi 3-asrda qadimgi Choch viloyatida tashkil topib, milodning 3-asrlarigacha hukm surgan „Qangʻ“ („Qangʻa“ yoki „Qangʻxa“) davlati Xitoy yozma manbalarida „Kangkiya“ („Kanizyuy“) nomlari bilan tilga olinadi. Qadimgi toxarlar tilida „qangʻ“ soʻzi ham „tosh“ maʼnosini anglatgan. Bu davlatning poytaxti — Bityan shahri boʻlib, u Iosha-Xasart daryosi (Sirdaryo) boʻyida joylashgan. Bityan shahri Davan (Fargʻona vodiysi)dan 1510 li (528 km) masofada boʻlgan. Bityan shahrining bizgacha saqlanib qolgan xarobalari mahalliy aholi oʻrtasida „Qanqatepa“ nomi bilan mashhur. U Toshkentdan 70 km janubda — Sirdaryoga yaqin yerda, Ohangaron daryosining qurib qolgan qadimgi oʻzani boʻyida joylashgan. Arxeologik maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, Qanqatepa miloddan avvalgi 3-asrdayoq atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan hamda arkli katta shahar boʻlib, maydoni 160 gektarga teng boʻlgan. Qadimgi Qangʻ davlatining fuqarolari ham „qangʻar“, „qanzar“, keyinchalik „qanhi“, „qangʻli“ yoki „qaʼni“ deb nomlangan. Ular (qanqalar) hindlarning qadimgi kitobi „Mahabharata“da saklar va toxarlar nomlari qatorida tilga olingan. Yozma manbalarda keltirilishicha, Toshkentning qadimgi nomi „Choch“ boʻlgan. Toshkent arablar tasarrufiga oʻtgach, arab alifbosida „ch“ harfining yoʻqligi bois arabiy asarlarda „Shosh“ deb yuritilgan. Ilk oʻrta asrlarda u „Choch“, „Shosh“, „Shoshkent“, „Madinat ash Shosh“, „Binkat“ va „Tarkan“ deb nomlangan. Toshkent haqidagi dastlabki maʼlumotlar mahalliy olimlar (Xorazmiy) va tarixchi geograflardan Tabariy, Istahriy asarlarida uchraydi. Istahriyning „Kitob al masolik val mamolik“ („Yoʻllar va mamlakatlar toʻgʻrisidagi kitob“)ida Shoshning bosh shahri Binkat deb koʻrsatiladi. 10-asrda yozilgan (muallifi nomaʼlum) „Hudud ul Olam“ („Olamning chegaralari“) kitobida „Choch bu katta viloyat, xalqi jangovar va sahiydir. U yerda kamon va oʻqyoy yasaladi. Binkat Chochning poytaxti hisoblanadi. Bu katta shahar, ayni vaqtda podshoning qarorgohidir“, deb taʼriflanadi. Firdavsiyning „Shohnoma“ asarida Choch oʻzining kamoni Shoshiy (oʻqyoylari) bilan mashhurligi haqida misralar bor.
Shahar „Toshkent“ nomi bilan dastavval 11-asrning mashhur allomalari — Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshgʻariyning asarlarida tilga olinadi. Beruniy „Hindiston“ asarida Toshkent nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida soʻz yuritib, „Tosh“ soʻzi asli turkcha boʻlib, Shosh koʻrinishini olgan. „Toshkand — toshli qishloq demakdir“, deb izohlaydi. Mahmud Qoshgʻariyning maʼlumoti boʻyicha, Toshkent 11-12-asrlarda „Tarkan“ deb ham yuritilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur „Boburnoma“da Toshkent nomi ustida toʻxtalib, asarlarda Toshkent nomini Shosh, baʼzan Choch yozadilar" deb qayd etadi. Biroq 16-asr oxiri va 17-asr boshlarida Toshkent toponimi shuhrat topib, uning qadimgi Choch, Shosh va Binkat nomlari asta-sekin muomaladan tushib qoldi. 17-asrda yashagan tarixchi olim Mahmud ibn Vali shunday yozadi: „Shosh — Sayxun (Sirdaryo)ning u tomoniga joylashgan shahar va Turkiston (viloyat)ga qaraydi… Uni Choch ataydilar. Biroq hozirgi vaqtda u Toshkent nomi bilan mashhurdir“. Toshkent vohasida shahar madaniyatining shaqllanib, shaharning qad koʻtarishi shu oʻlkada yashagan qadimgi chorvador va dehqonlarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi ulkan tarixiy jarayon boʻlib, bu jarayon shubhasiz oʻlkaning oʻzlashtirilib, obod etilishi, ayniqsa, unda chorvachilik va dehqonchilik xoʻjaliklarining tashkil topishi hamda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivojlanish tarixi bilan uzviy bogʻliqdir. Bu jarayonning tarixiy manzarasi nihoyatda keng boʻlib, u yozma manbalarga nisbatan koʻproq arxeologik tadqiqotlar vositasi bilan tiklanmoqda. Shuning uchun ham Toshkent hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari qadimgi va oʻrta asrlarga oid manbalardagi maʼlumotlarni toʻldirib, ularga aniqlik kiritmoqda.
1867-yilda Toshkent Turkiston general-gubernatorligining markaziga aylandi. 1930-yildan 1991-yilgacha Toshkent Oʻzbekiston SSR poytaxti boʻlgan.
Geografik joylashishi
tahrirToshkent vohasi Tyan-Shanning gʻarbiy yonbagʻirlaridan boshlanib Sirdaryo etaklariga tushadigan keng togʻoldi tekisligining bir qismida joylashgan. Sharqda u uchta — Ugom, Piskom va Chatqol togʻ tizmalari bilan oʻralgan boʻlib, bu tizmalarni shu nomlar bilan ataluvchi daryolar oqib oʻtuvchi daralar ajratib turadi. Bu daryolar qoʻshilib Chirchiq daryosini hosil kiladi. Chirchiq daryosi Chorvoq havzasining tor darasidan oʻtib, Gʻazalkentdan quyiroqqa tushganda kengligi baʼzi joylarda 20 kmdan oshadigan qadimiy tekislik boʻylab oqadi. Gʻarbda Chirchiq vodiysiga Qizilqumning qaynoq nafasi uriladi. Bu qayirning bir qismini Chirchiq daryosining hozirgi oʻzani egallagan. Janubiy qismida esa vodiyga kirib boruvchi Ohangaron daryosi yastangan. Ushbu tekislik shimolida joylashgan Aris daryosining vodiysi bilan birga bu tabiiy suv tarmoqlari Oʻrta Osiyo dehqonchilik vohalarining chekka mintaqasini tashkil etadi. Undan shimol tomonga qarab esa, yaylovlarga boy boʻlgan poyonsiz choʻl yastanib yotadi.
Chirchiq daryosi havzasi Oʻrta Osiyoning qadimiy dehqonchilik va shahar madaniyatlari beshiklaridan biridir. Uning hududida Toshkentning markazi paydo boʻlgan. Joydan joyga koʻchib turgan bu markaz qadimda va oʻrta asrlarda Choch yoki Shosh, keyin esa Toshkent nomi bilan mashhur boʻlgan.
Toshkent vohasida barcha tarixiy davrlarda suv moʻl-koʻl boʻlgan. Tarixan tarkib topgan kanallar tarmogʻi shaharni suv bilan taʼminlab turgan. Shu bois shahar xech qachon suv taqchilligini sezmagan. Buni oʻrta asrlardan to XIX asrgacha Toshkent toʻgʻrisida yozgan mualliflar xamisha taʼkidlab kelganlar. Bu yerdagi iqlim hozirgi odamlarning ajdodlari paydo boʻlgan, yaʼni bir necha oʻn ming yil muqaddam mavjud boʻlgan iqlimdan farq qilgan. Issiq quruq yoz bilan yillik yogʻin miqdorining asosiy qismi yogʻadigan qahraton qish almashinib turgan.
Toshkentning togʻ yonbagʻirlari va tekisliklar oʻsimliklarga boy boʻlib, ibtidoiy odamlar ovlaydigan yovvoyi hayvonlar juda koʻp boʻlgan. Ularning aksariyati, jumladan, arxar, jayron, qulon va asl bugʻu kabi hayvonlar yaqin vaqtda yoʻqolib bitgan boʻlsa, junli karkidon, gʻor ayigʻi, arslon singari hayvonlar esa ancha ilgari yoʻqolib ketgan. Ular haqida ibtidoiy odamlar manzillarini qazib oʻrganish chogʻida topilgan qoldiqlar orqali maʼlumot olish mumkin.
Bu yerlarda bir necha yuz ming yil avval ovchilik va termachilik bilan kun kechiruvchi ibtidoiy jamoalar gʻorlar va togʻ bagʻri bostirmalarini, yoki daryo sohillari va chashmalar yonidagi ochiq manzillarni egallab makon qilganlar. Bunday joylar hozirgi Toshkent shahri hududida ham mavjud boʻlgan.
Jumladan, Boʻz suv yoqasidagi Qoʻshilish manzilgohidan birmuncha nozik ishlangan chaqmoqtoshlar, pichoqlar, bigizlar, ibtidoiy ustalar tomonidan bundan toʻqqiz ming yil avval yasalgan ov va mehnat qurollari topildi. Topilmalar orasidan yovvoyi buqa tur suaklarining uchrashi, mutaxassislar fikricha, ularning oʻsha vaqtlardayoq xonakilashtirilgan deb taxmin qilishga asos boʻldi. Hayvonlarni xonakilashtirish jarayoni Toshkent vohasi hududida ham kechgan.
Miloddan oldingi uchinchi ming yillikdan boshlab, bu hudud dastlabki chorvadorlar tomonidan oʻzlashtira boshlashgan. Ular ish asboblari va jezdan qurollar tayyorlashni oʻrganganlar. Arxeologlar Toshkent shahri hududi va uning atrofida chorvadorning koʻpdan koʻp qabrlari hamda qoʻrgʻonli dahmalarini topganlar. Bu joylarda dafn etilganlarning yoniga jezdan yasalgan ish asboblari, qurollar, zeb-ziynatlar va qoʻlda yasalgan idishlar ham qoʻyilgan.
Toshkent shahri hududida bunday qabristonlar hozirgi shampan vinosi zavodi yaqinidan, shuningdek, Qoraqamish arigʻi boʻyidan topilgan. Sirgʻalida esa dasht chorvadorlari va yilqichilarining manzili boʻlganligi aniqlangan. Bu yerdan ish qurollaridan tashqari burama halqali jez bilaguzuklar ham topilgan.[11]
Iqlimi
tahrirToshkent | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Klimatogramma | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Shaharning iqlimi kontinental, jazirama, quruq yoz kunlari hamda sovuq qish iqlimi bilan Shahar boshqa dunyo shaharlaridan ajralib turadi. Yillik oʻrtacha harorat 13,5 °C. Yozda esa harorat 35 °C gacha yetish bilan birga, qish oylarida buning aksini kuzatish mumkin. Havo harorati −25… −30 C° gacha boradi. Asosiy yogʻinlar noyabr hamda mart oylarida kuzatiladi.
Toshkent iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha temperaturada 13,3°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,1°, eng past temperatura — 29°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,5°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 360–390 mm yogʻin yogʻadi. Chirchiq daryosidan chikarilgan va butun shahar boʻylab oʻtadigan Boʻzsuv, Salor, Anhor, Qorasuv, Oqqoʻrgʻon, Boʻrijar, Oktepa, Qoraqamish va boshqa kanallar uning mikroiklimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Maʼmuriy boʻlinishi
tahrirShahar 12 ta tumandan iborat:
Uchtepa tumani (sobiq Akmal Ikromov) tumani — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1977-yilda Chilonzor va Oktabr (hozirgi Shayxontohur) tumanlarini ixchamlashtirish maqsadida, ular hududida tashkil etilgan. Davlat arbobi Akmal Ikromov nomiga qoʻyilgan. 1977-yildan hozirgi chegarasida janubiy va janubiy sharqdan Zargarlik va Qatortol koʻchalari bilan boshlanib, gʻarb va shimoliy gʻarbda avtomobil halqa yoʻliga tutashadi. Maydoni 2797 ga, jumladan, koʻkalamzor yerlari — 1124 ga. Aholisi 228,3 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 424 tani tashkil etib, shundan 8 tasi markaziy hisoblanadi. Asosiy avtomagistrallari: Lutfiy, Hamroqul Tursunqulov, Farhod, Sulton Segizboyev, Uygʻur, Nazarbek, Beshqayragʻoch, Toʻqimachi koʻchalari va Kichik halqa yoʻli. Tumanda 50 ta mahalla mavjud.
Tuman hududida quyidagi sanoat korxonalari: zargarlik zavodi, bulkakonditer, sut kombinatlari, „Toshkentsut“ aksiyadorlik jamiyati, „Fonon“ zavodi, „OsiyoFud“ non mahsulotlari korxonasi, „Chevar“ tikuvchilik ishlab chiqarish. birlashmasi, „Gazavtomatika“ korxonasi, „Toshinterm“ Oʻzbekiston — Xitoy, „Shayxontohurtekstil“ qoʻshma korxonalari, Toshkent mexanizatsiya vositalari va jihozlari hamda stanoksozlik tajriba eksperimental mexanika zavodi, toʻqimachilik kombinatining 4-yigiruv toʻquv fabrikasi, 13 avtotransport va 5 qurilish tashkiloti mavjud. Tumanda Jahon tillari universiteti, Davlat soliq akademiyasi, yuridik kolleji, sanʼat internat maktabi, 3 ta akademik litsey, 5 kasb-hunar kolleji, 37 umumiy taʼlim maktabi, 53 bolalar bogʻchasi va yaslisi, 8 davolash yaslisi, 6 davolash profilaktika muassasasi, 22 poliklinika, 6 oilaviy poliklinika, 5 kasalxona va dispanser bor. Tuman aholisiga 512 oziq-ovqat va 550 sanoat mollari doʻkoni, 420 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat qiladi. 2 madaniyat uyi, 8 jamoat kutubxonasi, „Vatan“ kinoteatri, Akmal Ikromov nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi bor. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 3486 ming m² (2004). Tumanda qurilish ishlari 1966-yildan boshlangan. Toshkentni rekonstruksiya qilish va rivojlantirish Bosh planiga muvofiq tumanda katta qurilish ishlari olib borilmoqda; 270, 272 ATS, stomatologiya poliklinikasi, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, „Karvonsaroy bozori“, „Oʻrikzor“, „Guliston“ turar joy massivlari, bolalar bogʻchalari, maktablar qurilib ishga tushirildi. Farhod va Uygʻur koʻchalari kengaytirildi.
Bektemir tumani (1990-yilgacha Narimonov) — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1960—1981-yillar Bektemir shaharchasi:
- 1973-90 yillarda shahar,
- 1981-90 yillarda davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Narimon Kerbalay Najaf oʻgli Narimonov (1870—1925) nomi bilan yuritilgan.
- 1990-yildan Toshkent tarkibidagi Bektemir tumani.
Chirchiq daryosining chap sohilida. Bu daryo Bektemir tumanini boshqa tumanlardan ajratib turadi.
- Maydoni 1,83 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan hududi 0,012 ming ga.
- Aholisi 29,9 ming kishi (2004).
- Koʻchalar soni 45 ta. Asosiy yirik koʻchalari: Husayn Boyqaro, Ohangaron shohkoʻchasi, Bektemir.
- 12 ta mahalla mavjud.
Tuman hududida „Oʻzsmatana“, „Agrokeramika“, „Mirmaks“ qoʻshma korxonalari, 17 sanoat korxonasi, shu jumladan, Toshkent motor, „Irgidromash“ va boshqalar, 9 transport muassasasi, „SredazVNIIgidromash“ ilmiy tadqiqot instituta, 5 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, bolalar sport maktabi, 13 bolalar bogʻchasi, 16 tibbiyot davolash muassasasi, 4 poliklinika bor. Tumanda 522 yirik hamda kichik oʻrta biznes subyektlari faoliyat koʻrsatadi, shundan 44 tasi xorijiy investitsiyalar ishtirokida tuzilgan korxonalardir. Tuman aholisiga 11 oziq-ovqat, 4 sanoat mollari, 7 aralash mollar doʻkonlari, univermag, 30 ovqatlanish korxonasi, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari xizmat qiladi. 5 jamoat kutubxonasi, klub, madaniyat uyi, kinoteatr, 10 dan ziyod bolalar sport maydonchalari, tennis korti, 2 futbol maydoni bor.
Tumanda Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan „Golfklub“ tashkil etilgan.
Mirzo Ulugʻbek tumani (1935-yilgacha — Proletar tumani, 1992-yilgacha Kuybishev tumani; 1992-yil maydan Mirzo Ulugʻbek tumani) — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929 i. tashkil qilingan. Hozirgi chegarasi 1978-yildan buyen oʻzgarmagan. Toshkentning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Toshkent markazi (Amir Temur xiyoboni)dan boshlanib, shimoli-sharqiy tomonga, Toshkent avtomobil halqa yoʻligacha boradi. Feruza mavzesi, Toshkent traktor zavodi, Ulugʻbek shaharchasi gʻam tuman hududiga kiradi. Maydoni 3,2 ming km², shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan hudud — 0,579 ming ga. Aholisi 247,6 ming kishi (2004). Tuman hududida tarixiy va madaniy yodgorliklardan Kirxa (1892) saqlangan. Koʻchalar soni 532 ta. Asosiy magistrallari: Pushkin, Parkent, Temur Malik, Oqqoʻrgʻon koʻchalari, Buyuk ipak yoʻli shohkoʻchasi, Habib Abdullayev koʻchasi, Kichik halqa yoʻl. 49 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 377 yirik korxona, shundan 28 sanoat korxonasi (shu jumladan, „Toshkentkabel“, traktor zavodlari, „Oʻzbekiston paxtachilik mashinasozligi“, lokboʻyoq zavodlari.), 3119 kichik va oʻrta biznes subyektlari bor. 27 ilmiy tadqiqot instituta, 10 loyiha instituti, 4 oliy oʻquv yurti (Madaniyat instituti, Jahon iktisodiyoti va diplomatiya universiteti va boshqalar) xamda umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti, harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, yozuvchilar, kompozitorlar, meʼmorlar ijodiy uyushmalari va teatr jamiyati, 33 umumiy taʼlim maktabi, 12 kasbxunar kolleji, 4 bolalar musiqa maktabi va sanʼat maktabi, 10 kasalxona va dispanser, „Ona va bola“ markazi, 11 oilaviy poliklinika, 2 tibbiysanitariya qismi ishlab turibdi.
Aholiga 176 oziq-ovqat doʻkoni, 244 sanoat mollari doʻkoni, 304 umumiy ovqatlanishkorxonalari, 517 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat qilmoqda. Muxtor Ashrafiy, Sergey Yesenin uymuzeylari, 28 jamoat kutubxonasi, 3 madaniyat uyi va saroyi, 3 madaniyat va istirohat bogʻi, hayvonot bogʻi va boshqa ishlab turibdi. Turar joy fondining umumiy foydalanish maydoni 2579 ming m2.
Mirobod tumani (1992-yilgacha Lenin tumani) — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929-yil Shayxontohur tumani bilan birgalikda tashkil etilgan. Hozirgi chegarasi 1977-yildan buyon oʻzgarmagan. Tuman Toshkentning janubiy qismida joylashgan. Shimolida Amir Temur xiyobonidan halqa yoʻligacha choʻzilgan. Maydoni 1,71 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan hududi −0,356 ming ga. Aholisi 123,8 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 103 ta, shundan 8 tasi markaziy koʻcha hisoblanadi. Bularga Fitrat, Movarounnahr, Nukus, Kosmonavtlar koʻchasi, Taras Shevchenko, Fargʻona yoʻli va boshqa kiradi. 39 ta mahalla mavjud. Toshkent janubdan Bektemir, sharqdan Hamza, shimoldan Yunusobod, shimoli-gʻarbdan Yakkasaroy, janubi-gʻarbdan Sergeli tumanlari bilan chegaradosh. Tuman chegaralari Sharof Rashidov, Istiqlol, Oxunboboyev, Fargʻona yoʻli, Toshkent Katta halqa yoʻli, Beshkent, Fitrat, Turgʻunboyeva,. Oq yoʻl, Kichik Beshyogʻoch, Nukus, Kunayev koʻchalaridan oʻtadi. Toshkent metropolitenining „Oybek“, „Toshkent“ stansiyalari Mirobod tumani hududidadir. Tuman hududidan 4 ta kanal (Baratxoʻja, Qorasuv, Salor, Tolariq) oqib oʻtadi.
Mirobod tumanida 3167 korxona va tashkilot faoliyat koʻrsatadi, shundan 349 tasi yirik, 818 tasi kichik va oʻrta biznes subyektlaridir. Toshkent shahri boʻyicha sanoat ishlab chiqarish. umumiy hajmidagi tumanning ulushi 10,5 % ni tashkil etadi. „Oʻzelektroapparat“, „Oʻzkimyofarm“, „Foton“, „Tong“ aksiyadorlik jamiyatlari, „Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir“, „Uchqun“ kabi yirik sanoat korxonalari respublika ahamiyatiga ega.
Mirobod tumanida asosiy doiradagi sanoat korxonalari soni 31 tani tashkil qilib, sanoatning 8 ta tarmogʻi boʻyicha faoliyat yuritadilar, bular yengil sanoat, oziqovqat, tibbiyot, matbaa sanoati, mashinasozlik va metallni qayta ishlash sohasi, yogʻochni qayta ishlash va qogʻoz ishlab chiqarish. sanoati, kimyo va neft kimyosi sanoati, qurilish ashyolari ishlab chiqarish. tarmoqdaridan iborat. Xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish. hajmlarining eng yuqori oʻsish surʼatlari yengil, oziq-ovqat sanoat sohalarida kuzatiladi.
Tuman eksport salohiyatining asosiy qismi „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ va „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ kompaniyalariga toʻgʻri kelib, Toshkent shahri boʻyicha eksportning 1/3 qismi tuman ulushiga toʻgʻri keladi.
Tumandagi oʻzida chiqarilgan mahsulot eksporti bilan shugʻullanuvchi korxonalar „Oʻzelektroapparat“, „Foton“ aksiyadorlik jamiyatlari, „Kvark“, „Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir“, „Toshelektroapparat“ korxonalari va boshqadir.
Mirobod tumanida Mirobod bozori, aeroport, temir yoʻl vokzali, 17 umumiy taʼlim, 2 musiqa, 3 sport maktabi, 8 kasb hunar kolleji, 3 akademik litsey, 6 oliy oʻquv yurti (Toshkent Vestminster universiteti, Toshkent davlat aviatsiya, Toshkent farmatsevtika, Toshkent temir yoʻllari transporti muhandislari, Toshkent sharqshunoslik, Toshkent avtomobil va yoʻllar institutlari), 5 oʻrta maxsus bilim yurti faoliyat koʻrsatadi. Aholiga 778 savdo va 180 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat koʻrsatadi. Ulardan 108 oziq-ovqat, 55 sanoat mollari doʻkonlari, 227 ovqatlanish, 160 nooziq, 160 aralash, 58 nostatsionar savdo shoxobchalaridir.
Toshkent shahar, viloyat hokimiyatlari, Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek davlat akademik opera va balet katta teatri, Toshkent davlat rus akademik drama teatri, shuningdek, 4 madaniyat uyi, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, Le Meridian otel Tashkent Palace, „Poytaxt“ mehmonxonalari, 7 kutubxona, Sanʼat, Temir yoʻl texnikasi, Tibbiyot muzeylari, Oʻzbekiston Badiiy akadimyasi Markaziy koʻrgazma zali mavjud. Tumanda 1 klinik shifoxona, bolalar kasalxonasi, shahar klinik ruhiy kasalliklar shifoxonasi, 2 tugʻruq majmuasi (4 va 5 sonli), 40 oilaviy poliklinika, Temir yoʻl, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Markaziy konsultativ tashhis poliklinikalari, stomatologiya poliklinikasi (7-sonli), shahar jismoniy tarbiya dispanseri, teritanosil kasalliklari dispanseri (1-sonli), Toshkent shahar yoʻlovchitransport tibbiyot sanitariya qismi, shahar bolalar ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi va sanatoriy ishlab turibdi. Turar joy fondining umumiy maydoni 1432,1 ming m2.
Sergeli tumani — shahardagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1967-yilda tashkil etilgan. Toshkent shahrining janubiy gʻarbiy qismida. Toshkent hududi markaziy temir yoʻl trassasidan Chirchiq daryosi qayirlarigacha boʻlgan yerlarni, janubiy gʻarbda Choshtepa, Noʻgʻayqoʻrgʻon, Toshkent aeroporti atrofi, Qoʻyliq 5-7, Sergeli 1 — 8, Sputnik (Yoʻldosh), Doʻstlik, Quruvchilar mavzelari, Eski Sergeli, Sanoat zonasini qamrab oladi. Shimoliy gʻarbdan Toshkent viloyatining Zangiota, janubi-sharqsan Yangiyoʻl tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 5,19 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzor yerlar 0,347 ming ga. Aholisi 154,4 ming kishi (2004). Mahallalar va uyjoy shirkatlari soni 33 ta boʻlib, 14 ta mavze va Yoʻldosh (Sputnik) shaharchasidagi (1966-yilda tashkil etilgan) 17 ta kichik mavzedan iborat. Koʻchalar soni 147 ta. Asosiy magistrallari: Toshkent avtomobil halqa yoʻlining janubiy qismi, Yangi Sergeli, Choshtepa, S. Tolipov, Qipchoq koʻchasi; Toshkent- Angren temir yoʻl ham tuman hududidan oʻtadi.
Sergeli tumanida 1101 korxona boʻlib, shulardan 167 tasi yirik, 252 tasi kichik va boshqa korxonalardir. 330 ta sanoat korxonasida: mebel, ikkilamchi kora va rangli metall, porshen, gigroskopik paxta, asfalt, rezina va plastmassa buyumlari, yogʻochni qayta ishlash, charm va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. „Fayz“ xolding kompaniyasi, „Mebel“ korxonasi, aviatsiya taʼmirlash zavodi, „Novator“ (traktor porshenlari), „BarakatAlfa“ (gigroskopik paxta), „Grinvord“ (bolalar oziq-ovqati, meva sharbatlari), Toshkent temir yoʻl masofasi (konteynerlar joʻnatadi) korxonalari, Quyoshdan himoyalash buyumlari zavodi (plastmassa romlar va boshqalar), „Toshkent“ xalqaro aeroporti, Sergeli aviaotryadlari, 3 avtokombinat, „RAF“ avtokorxonasi (yoʻlovchilarga kichik avtobusda xizmat koʻrsatiladi), 4, 12avtobus saroylari mavjud. Shuningdek, 973 ta tadbirkor faoliyat koʻrsatadi. Tumanda 27 umumiy taʼlim maktabi, 5 ta maktabdan tashqari taʼlim markazi, 6 kasbhunar kolleji, 2 bolalar sport maktabi bor. Sogʻliqni sakdash sistemasida 491 oʻrinli 3 ta shahar kasalxonasi, 5 poliklinika, tugʻruqxona, teritanosil kasalliklari dispanseri, 33 dorixona Aholiga xizmat koʻrsatadi. St.da Oʻzbekiston Respublikasi tashki iqtisodiyot milliy banki, Sanoat qurilish banki, „Asakabank“, Uyjoy jamgʻarma banki, Xalq banki boʻlimlari mavjud. Shahardagi eng yirik savdo majmualaridan dexdon bozori, Sergeli, „Avtomakon“ bozori, Poytaxt Sergeli savdo markazi ishlab turibdi. 8 kutubxona, 3 madaniyat uyi, Usmon Nosir va Yangi Sergeli madaniyat va istirohat bogʻlari, musiqa maktabi bor. 106 sport inshooti, shu jumladan, stadion, 5 suzish havzasi, 43 sport zali, 51 sport maydonchasi, 4 sogʻlomlashtirish sport majmuasi mavjud.
Tumanda qurilish ishlari, asosan, Toshkent zilzilasi (1966-yil)dan keyin boshlangan boʻlib, 1 va 2 qavatli yogʻoch uylar qurilgan. Sergeli turar joy dahasidagi 4 va 9 qavatli binolar 1980- 90 yillarda qad koʻtargan. St. turar joy fondining umumiy foydali maydoni 2718,5 ming m2 (2004).
Tumanning asosiy yoʻnalishi — umumshahar markazi bilan bogʻlaydigan Yangi Sergeli koʻchasi. Tuman hududida Choshtepa va Noʻgʻayqoʻrgʻon arxeologik yodgorliklari bor.
Olmazor (sobiq Sobir Rahimov) tumani — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1970-yilda tashkil kilingan. Sobir Rahimov nomi bilan atalgan. 1980-yildan hozirgi chegarasida. Toshkentning shimoli-gʻarbida joylashgan. Shimoli-gʻarbda Toshkent viloyati Zangiota tumani, shimoliy va shimoliy sharqda Toshkent tumani, sharqda Yunusobod tumani, janubiy va janubi-gʻarbda Shayxontohur tumani bilan chegaradosh. Maydoni 3,4 ming ga, shu jumladan koʻkalamzor yerlari 1,01 ming ga. Aholisi 283,6 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 290 ta. Asosiy magistrallari: Beruniy, Niyozov, Kichik halqa yoʻl, Forobiy, Ziyomov, Chimboy, Us t a Shirin, Tansiqboyev, Hasanov, Oybek va Qorasaroy koʻchalari. 58 ta maxalla mavjud.
Tuman hududida „Kolorfleks“, „Imperial“, „Osiyobatareya“ qoʻshma korxonalari, 30 sanoat korxonasi, shu jumladan, „Toshkentmarmar“ ishlab chiqarish. birlashmasi, „Mikond“, agregat, tajribamexanika, ekskavator taʼmirlash, „Kompressor“, „Oniks“ va chinni zavodlari, „Toshkent mebel“ ishlab chiqarish birlashmasi, „Tola“ (pillakashlik) korxonasi, bosh kiyimlar fabrikasi, 10 avtotransport va 10 kurili sh tashkiloti faoliyat koʻrsatadi. Tumanda 19 ilmiy tadqiqot instituti, 4 loyihalash tashkiloti („Oʻzgazloyiha“, „Oʻzqishloqxoʻjalik loyiha“, Xalq taʼlimi Vazirligining loyihakonstruktorlik byurosi, „Tash. ZNIIEP“), 3 oliy oʻkuv yurti (OʻzMU, ToshDTU, 2Toshkent tibbiyot instituti), 1 litsey, 1 kasbxunar kolleji, 37 umumiy taʼlim maktabi, 1 sanʼat, 1 ta musika maktabi, 60 ta maktabgacha tarbiya muassasasi bor. Tuman aholisiga 47 oilaviy poliklinika, 20 ta kasalxona, 8 madaniyat uyi va saroyi, 10 ta kutubxona, yosh tomoshabinlar teatri, tabiat muzeyi, 3 ta bozor, 5 ta stadion, 6 ta suzish havzasi, 57 sport zali, 10 ta tennis majmuasi xizmat koʻrsatadi. Tuman xududida „Oymomo“ madaniyat va istirohat bogʻi, bir necha kichik dam olish maskanlari, „Oʻzekspomarkaz“ xalqaro koʻrgazmalar majmui, „Olimpiya“ mexmonxonasi faoliyat koʻrsatadi. 110 oziqovkat va 51 sanoat mollari dukoni, 196 umumiy ovqatlanish korxonasi, 467 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud.
Mustaqillik yillarida Sagʻbon, Qorasaroy, Forobiy koʻchalari kengayib, Moyqoʻrgʻon, Beshqoʻrgʻon mavzelari tashkil qilindi, uz. 1 km dan ziyod koʻprik bunyod etildi.
Tuman xududida meʼmoriy yodgorliklardan Barokxon madrasasi, Qaffol Shoshiy maqbarasi bor. Beruniy, Furqat, Sobir RahimovvaL. B. Shastri, Berdaq, A. Kodiriyga haykal oʻrnatilgan. Shahar metropolitenining Beruniy metro styasi tuman xududida joylashgan.
Chilonzor tumani — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1963-yilda tashkil kilingan. Toponimistlarning fikricha tuman nomi chilon (jiyda) oʻsimligidan olingan. Toshkent zilzilasi (1966)dan keyin tumanda qurilish ishlari avj oldi. Toshkentning janubiy gʻarbiy qismida joylashgan. Shimolida Oqtepa kanali, sharqda Boʻrijar kanali, janubiy gʻarbda Oʻrta Osiyo temir yoʻl boʻylab Toshkent avtomobil halqa yoʻli va Bobur koʻchasigacha davom etgan. Maydoni 2994 ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar 1,334 ming ga. Aholisi 217,1 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 262 ta. 45 ta mahalla mavjud. Tumandagi baʼzi joylar Toshkent tarixi bilan bogʻliq. Chilonzor Oktepasi arxeologik yodgorligi (4-8-asrlar, 10- 11-asrlar), Abulqosim Shayx madrasasi, Xayrobod Eshon meʼmoriy majmuasi kabi meʼmoriy yodgorliklar shu tuman xududida joylashgan.
Asosiy magistrallari — Xalqlar doʻstligi, Muqimiy, Choʻponota, Farhod, Gavhar, Chilonzor, Qatortol, AlXorazmiy koʻchalari. Hududida qoʻshma korxonalar („Sovplastital“ Oʻzbekiston — Italiya qoʻshma korxonasi, „Oʻzbegiminterneshnl“ qoʻshma korxonasi va boshqalar), 24 sanoat korxonasi (shu jumladan, 3 poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi, koʻrlar jamiyatining ishlab chiqarish kombinati, „Rele va avtomatika“, „Algoritm“ korxonalari, elektr roʻzgʻor buyumlari zavodlari); 8 ilmiy tadqiqot instituta, 8 loyihalash instituti, konstruktorlik byurosi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 38 umumiy taʼlim maktabi, 20 akademik litsey va kollej, 65 maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasi; 9 kasalxona va 31 ta poliklinika bor. Aholiga 152 oziqovqat, 64 sanoat mollari doʻkonlari, 121 umumiy ovqatlanish korxonasi, 96 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, Chilonzor buyum bozori xizmat kiladi. Mukimiy nomidagi musiqa va drama teatri, Davlat musiqali komediya (operetta) teatri, 2 kinoteatr, Navoiy nomidagi Milliy bogʻ, Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, Xalqlar doʻstligi saroyi faoliyat koʻrsatadi. 4 stadion, 101 sport zali, 166 sport maydonchalari, 6 suv havzasi, otchopar majmuasi bor. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 3178 ming m2.
Shayxontohur tumani — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929-yil Oktabr tumani nomi bilan tuzilgan. 1992-yilda Shayxontohur (Shayx Xovandi Tohur) tumani deb oʻzgartirilgan. 1978-yildan hozirgi chegarada. Shimoli-gʻarbda Zangiota tumani, shimolida Sobir Rahimov, shimoli-sharqda va sharqda Yunusobod, janubida Chilonzor va Yakkasaroy, gʻarbda Akmal Ikromov tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,73 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar 0,832 ming ga. Aholisi 263,1 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 622 ta. Asosiy magistrallari: Abdulla Qodiriy, Navoiy, Uzbekistan, Beruniy shohkoʻchalari, Furqat, Uygʻur, Samarkand darvoza koʻchalari. Xalqlar doʻstligi, Xadra, Chorsu, Otstepa maydonlari, 48 ta mahalla bor.
Tumanda 3379 korxona va tashkilot mavjud. 9 sanoat korxonasi, shundan „Sharq guli“ badiiy, Toshkent tikuvchilik, „Orzu“ ishlab chiqarish birlashmalari, Toshkent matbaa kombinati, koʻnmoʻyna zavodi va boshqa ishlab turibdi. 3069 kichik va oʻrta biznes subyektlari qayd etilgan. Toshkentda 18 vazirlik, davlat qoʻmitalari va yirik idoralar, meʼmorlik va shaharsozlik bosh boshqarmasi, 11 loyihalash instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, Seysmologiya, Polimerlar kimyosi va fizikasi, Mikrobiologiya institutlari, Arxitektura va qurilish, kimyotexnologiya institutlari, 16 oʻrta maxsus oʻquv yurti, 42 umumiy taʼlim maktabi va boshqa muassasa, tashkilotlar bor. 10 ta oilaviy va stomatologiya shifoxonasi, 18 poliklinika va ambulatoriya, 8 kasalxona xizmat koʻrsatadi. Mustaqillik yillarida tuman hududida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Islom universiteta, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litsey qurildi, Oʻzbek milliy akademik drama teatri, „Chorsu“ savdo markazi binolari hamda Eski joʻva bozori kayta taʼmirlandi.
Eng yirik guzarlari: „Gulzor“, „Ipakchi“, „Koʻkcha“, „Islomobod“. Tumanda „Yangi Kamolon“, „Huvaydo“, „Bogʻkoʻcha“, „Choʻponota“, „Ipakchi“ mahallalarida katta sport maydonlari mavjud. 562 oziq-ovqat, 346 sanoat mollari doʻkonlari, 174 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, „Chorsu“ savdo markazi tuman aholisiga xizmat koʻrsatadi.
Oʻzbek milliy akademik drama teatri, Abror Hidoyatov nomidagi Oʻzbek davlat drama teatri, Satira teatri, Rus yosh tomoshabinlar teatri, sirk, „Sanʼat saroyi“, „Oʻzkoʻrgazmasavdo“ saroyi, 9 madaniyat uyi va muassasasi, Kino uyi, 22 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr va boshqa, „Paxtakor“ stadioni, „JAR“ sport majmui, „Sharq“, „Xadra“, „Yoshlar uyi“, „Sun Shine Tyron“ mehmonxonalari ishlab turibdi. Tuman hududida meʼmoriy yodgorliklaridan Koʻkaldosh madrasasi (16-asr), Yunusxon (15-asr), Shayx Zayniddinbobo (13-14alar) maqbaralari saqlangan.
Geografiya va iqlim
tahrirGeografiya
tahrirToshkent Oʻzbekistonning ikkinchi shahri boʻlgan Samarqand va Chimkentni chegaradan oʻtadigan yoʻlda, suvli tekislikda joylashgan. Toshkent Qozogʻiston bilan chegaradosh ikkita oʻtish joyidan atigi 13 km uzoqlikda joylashgan.
Aholisi 1 milliondan ortiq boʻlgan eng yaqin geografik shaharlar: Chimkent (Qozogʻiston), Dushanbe (Tojikiston), Bishkek (Qirgʻiziston), Qashgʻar (Xitoy), Olmaota (Qozogʻiston), Kobul (Afgʻoniston) va Peshovar (Pokiston).
Toshkent Chirchiq daryosi va uning bir qancha irmoqlarining quyilishida joylashgan va 15 m (49 ft) ga qadar chuqur allyuvial yotqiziqlarda qurilgan. Shahar faol tektonik zonada joylashgan boʻlib, koʻplab silkinishlar va baʼzi zilzilalar sodir boʻladi.
Toshkentda mahalliy vaqt UTC/GMT +5 soat.
Iqlim
tahrirToshkentda Oʻrta yer dengizi iqlimi (Köppen: Csa)[13] nam kontinental iqlim (Köppen: Dsa) bilan chegaradosh.[13] Natijada, Toshkentning qishi sovuq va tez-tez qorli boʻlib, odatda Oʻrta yer dengizi iqlimi bilan bogʻliq boʻlmagan va yozi uzoq, issiq va quruq boʻladi. Koʻpincha yogʻingarchilik qishda sodir boʻladi, u koʻpincha qor shaklida tushadi. Shahar qish boshida va bahorda yogʻingarchilikning ikki choʻqqisini boshdan kechiradi. Bir oz gʻayrioddiy yogʻingarchilik shakli qisman uning 500 m (1,600 ft) balandligiga xos. Toshkentda yoz uzoq, odatda maydan sentyabrgacha davom etadi. Iyul va avgust oylarida Toshkent juda issiq boʻlishi mumkin. Shaharda yozda, ayniqsa, iyundan sentyabrgacha juda kam yogʻingarchilik kuzatiladi.[14][15]
Yunusobod tumani
tahrirYunusobod tumani — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birligi boʻlib, 1936-yilda Kirov tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992-yil may oyidan Yunusobod tumani qayta nomlandi. Yunusobod nomining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar (akademik A. Muhammadjonov) fikricha, joyning nomi juda qadimgi boʻlib, asli „Yunusrabot“ deb atalgan. Bu oʻrinda „rabot“ karvonsaroy maʼnosida qoʻllangan (qarang Rabot). Shimoliy tomondan shaharga kiruvchilar shu joyda qoʻnib oʻtishgan. Mahalliy ziyolilarning fikricha, joyning nomi sebzorlik tadbirkor Yunushoji Nodirhoji oʻgʻli (19-asr, Yunusobod Oktepasida bogʻrogʻlari boʻlgan) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. Tuman shaharning shimoliy qismida joylashgan. Amir Temur xiyobonidan boshlanib shimoliy tomonga, Toshkent katta halqa yoʻligacha davom etadi.
Maydoni 4,14 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan maydoni 1,073 ming ga. Aholisi 289,0 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 441 ta. Asosiy magistral koʻchalari: Sharof Rashidov, Amir Temur, Ahmad Donish, Xurshid, Gʻani Mavlonov, Jahon Obidova, Gvardiya polkovnigi Xoʻjayev. 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 3547 korxona va tashkilot boʻlib, kichik va oʻrta biznes subyektlarining sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 36,3 %, qurilishda 64,2 %, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 50,9 % ni tashkil etadi. Ular orasida 155 ta qoʻshma korxona faoliyati ishlab chiqarish va aholiga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan.
Sanoat korxonalaridan „Uzbekqishloqmash“, „Yulduz“ tikuvchilik, „Asbobsoz“, „Raupxon“ korxonalari; vagon taʼmirlash zavodlari, kitobjurnal fabrikasi, „Oʻzbekenergotaʼmir“ ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa ishlab turibdi. Chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan „Dilek interprays“, „Aylin Gida Sanayi“, „Aziya Silk“ shoʻʼba korxonalari, „Rastr“, „Supertekstil“ korxonalari, shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi 3 ta kushma korxona bor.
20 ga yaqin ilmiy tadqiqot instituta, loyihalash institutlari, 6 litsey, 6 kasbhunar kolleji, 4 oliy oʻquv yurti, 42 umumiy taʼlim maktabi, 3 musiqa maktabi, 70 maktabgacha tarbiya muassasasi, 8 ta kasalxona, 40 poliklinika va ambulatoriya muassasalari, 1 sanatoriy bor. 2 kinoteatr, „Turkiston“ kinokonsert zali, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston xalklari tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi, hayvonot bogʻi, „Interkontinental“, „Dedeman Silk Road“, „Sheraton“ mehmonxonalari, Shahidlar xotirasi majmuasi, 5 madaniyat uyi, 12 kutubxona, 186 sport inshootlari, Olay, Yunusobod bozorlari, 1785 ta savdo, 356 ta umumiy ov~ qatlanish va 467 ta maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turipti. Toshkentning asosiy televizion minorasi tuman hududida joylashgan. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 5223 ming m2. Toshkent hududida T. metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining Yunus Rajabiy, Abdulla Qodiriy, Minor, Habib Abdullayev styalaridan elektr poyezdlar qatnaydi. 2005-yilgacha yana 3 stya (F. Xoʻjayev, „Yunusobod“, „Turkiston“)ni ishga tushirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
Yakkasaroy tumani
tahrirYakkasaroy tumani — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1936-yil Frunze tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992-yil maydan Toshkent deb ataldi. Tuman Toshkentning janubiy va qisman markaziy kismida joylashgan. Shimolida Oʻzbekiston koʻchasidan janubida Urta Osiyo temir yoʻl liniyasigacha choʻzilgan. Maydoni 1,39 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan hududi 0,144 ming ga. Aholisi 112,3 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 156. Asosiy magistrallari: Bobur, Usmon Nosir, Nukus, Uzbekistan, Shota Rustaveli, Afrosiyob koʻchalari. 17 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 24 sanoat korxonasi va 32 qurilish tashkiloti joylashgan. 3 avtotransport korxonasi, yuk ortishtushirish temir yoʻl styasi, avtovokzal ishlab turibdi. Yirik sanoat korxonalaridan „Toshtoʻqimachi“ kombinati, „Toshkent yogʻochni qayta ishlash zavodi“, Temirbeton mahsulotlari zavodi, „Agama“ korxonasi, poyabzal, Sanoatindustriya birlashmalari va boshqa faoliyat koʻrsatadi. 26 ilmiy tadqiqot instituta, loyihalash tashkilotlari va konstruktorlik byurosi, 4 oliy oʻkuv yurti (Nizomiy nomidagi Pedagogika universiteti, Toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Mannon Uygʻur nomidagi Sanʼat instituti, Toshkent Xoreografiya oliy maktabi), 6 ta kasbhunar kolleji va litseylar, 19 umumiy taʼlim, 2 sport, 2 musiqa maktablari, 8 kutubxona mavjud. Tuman aholisi salomatligi muhofazasini 14 davolash muassasasi va 5 ta oilaviy shifoxona taʼminlaydi. „Toʻqimachi“ stadioni, 4 suzish havzasi, 29 sport zali, 89 korxona va muassasalarga qarashli sport maydonchalari, 2 megʻmonxona, 1 kinoteatr, 9 kutubxona, Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogi, Respublika Baynalminal madaniyat markazi, qoʻgʻirchoq teatri, Amaliy sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining koʻrgazmalar zali mavjud. Aholiga 97 oziq-ovqat, 60 sanoat mollari doʻkoni, 188 umumiy ovqatlanish korxonasi, 129 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, „Askiya“ dehqon bozori xizmat koʻrsatadi.
Tumandagi koʻp qavatli binolar asosan, „Boshliq“, „Qushbegi“ turar joy massivlari va yirik magisgrallar boʻylab joylashgan.
Yashnobod tumani
tahrirYashnobod tumani — Toshkentdagi maʼmuriy hududiy birligidir. 1968-yilda tashkil qilingan tumanga Hamza nomi qoʻyilgan. Gʻarbda Amir Temur xiyoboni va Yoʻldosh Oxunboboyev koʻchasidan boshlab sharqda Ohangaron yoʻligacha davom etadi. Xududi 3,46 ming ga shu jumladan, koʻkalamzorlar — 172 ga. Aholisi 208,7 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 220 ta. Asosiy magistrallari: Jarqoʻrgʻon, Lisunov, Hamza, Yoʻldosh Oxunboboyev koʻchalari va Fargona, Ohangaron yoʻllari. Toshkentda 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 2152 ta tashkilot, shu jumladan, 34 sanoat korxonasi (Toshkent aviatsiya ishlab chikarish birlashmasi oʻrnida Texnopark, „Toshqishloqmash“, „Toshmargyogʻ“, „Toshkentvino“, „Oʻzbek qogʻozi“, „Oʻzbekiston shampani“, „Toshdonmahsulot“, „Toshkentguruch“ aksiyadorlik jamiyatlari korxonalari va boshqalar); 168 kurilish tashkiloti; temir yoʻl transporti korxonalari — teplovoz va vagon depolari, Toshkent yuk ortishtushirish temir yoʻl stansiyasi bor. Shuningdek, tumanda 37 transport va aloqa korxonalari joylashgan.
Keyingi yillarda tashkil qilingan „Farm Glase“ Uzbekistan-Britaniya, „Tufin“ Oʻzbekiston-Isroil, „LokKolorSintez“ Oʻzbekiston — Shveysariya, „XobasTapo“ Oʻzbekiston-Germaniya-Shveysariya, „NWA“ — Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonalarida import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
Yashnobod tuminida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumi, 3 ilmiy tadqiqot instituta, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, 25 umumiy taʼlim maktabi, 50 ta maktabgacha tarbiya muassasasi, 5 musiqa maktabi, 4 kasb-hunar kolleji, Toshkent birinchi tibbiyot instituti va biznes maktabi bor. 9 ta kasalxona, 30 poliklinika va ambulatoriya muassasasi, 1 qon kuyish stansiyasi faoliyat koʻrsatadi. Aholiga 359 oziq-ovqat, 595 sanoat mollari doʻkonlari, 197 umumiy ovqatlanish, 324 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari xizmat kiladi. 16 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr, 2 madaniyat saroyi, 4 madaniyat uyi, „BaxtRohat“ dam olish zonasi bor. Turar joy fondining umumiy maydoni 2,5 mln.m2 ga yaqin.
Yangi hayot tumani
tahrirShahar hokimligi
tahrirOʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Toshkentda Oʻzbekistonning boshqa viloyat va shaharlarida boʻlgani kabi boshqaruvning tarixiy-milliy shakli — hokimlik oʻrnatildi. 1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri maqomi va davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq Toshkentda hokim lavozimi joriy etildi. Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shahardagi tumanlarning hokimlari shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Shahar hokimlari:
- Adhambek Fozilbekov (1991—1994)
- Kozim Toʻlaganov (1994—2001)
- Rustam Shoabdurahmonov (2001—2005)
- Abduqahhor Toʻxtayev (2005—2011)
- Rahmonbek Usmonov (2011—2018)
- Jahongir Ortiqxoʻjayev (2018—2023)
- Baxtiyor Rahmonov (2023)
- Shavkat Umrzoqov (2023—)
Aholisi
tahrirYil | Soni | |
---|---|---|
1897 | 156 000 | |
1926 | 314 000 | |
1939 | 556 000 | |
1959 | 927 000 |
Yil | Soni | |
---|---|---|
1970 | 1 385 000 | |
1975 | 1 595 000 | |
1987 | 2 124 000 | |
1997 | 2 200 000 |
Yil | Soni | |
---|---|---|
2014 | 2 352 900 | |
2017 | 2 424 100 | |
2018 | 2 497 900 | |
2019 | 2 522 800 |
Yil | Soni | |
---|---|---|
2023 | 2 956 384 |
1983-yilda Toshkent shahri aholisi maydoni 256 km2 boʻlgan munitsipalitetda yashovchi 1 902 000 kishini tashkil etar edi. 1991-yilga kelib, Sovet Ittifoqi tarqatilib yuborilgandan soʻng, Toshkentning doimiy aholisi soni 2 136 600 kishini tashkil etdi. Shu yili aholi soni boʻyicha ushbu shahar Sobiq Ittifoq davlatlari orasida toʻrtinchi oʻrinda turgan (Moskva, Kiyev va Sankt-Peterburg shaharlaridan keyin). Hozirga kelib, Toshkent MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlarida aholi soni boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egallab turmoqda. 2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Toshkent shahri aholisi 3,040,786 kishini tashkil etmoqda.[2][16][17]
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Manba: Oʻzbekiston Davlat Statistika Qoʻmitasi,[2][18] BMT[19] va Demoscope.ru[20][21][22][23][24] |
Tarixiy va arxitektura yodgorliklari
tahrirMadrasalar
tahrirMustaqillik yillarida Toshkentdagi islom madaniyati obidalarining aksariyati, jumladan, Koʻkaldosh, Abulqosim, ayniqsa, Hazrati Imom mavzeida joylashgan Moʻyi Muborak, Baroqxon madrasalari qayta taʼmirlanib, ilgarigiday mahobatli manzara kashf etdi. Ular bir paytlar minglab talabalarni oʻz bagʻriga olgan gavjum goʻshalar boʻlib, rus istilosi davrida bir muddat kimsasiz, xarobaga ham aylantirildi.
XIX asrda Toshkentda taʼlim-tarbiya sohasi Toshkent-Buxoro, Toshkent-Qoʻqon madaniy-maʼnaviy aloqalar tizimida rivojlanib borgan. Bu jarayonda Toshkent madrasalari va mudarrislarining oʻrni katta boʻlgani tabiiy.
Turkiston general-gubernatorligi Maorif boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 1890—1893-yillarda gubernatorlikda jami 214ta madrasa boʻlib, shundan 21tasi Toshkentda joylashgan edi. Chorizm istilosining dastlabki yillarida madrasalarda taʼlim va oʻqitish ishlari anʼanaviy qoidalar asosida olib borilgan boʻlsa, keyinchalik ularning faoliyatini nazorat qilish va oʻquv ishlarini tartibga solishni oʻlka maorif boshqarmasi oʻz qoʻliga olgan. Bu paytda Toshkent madrasalaridan Abulqosimxon madrasasida 120, Xoja Ahror madrasasida 80, Beklarbegi madrasasida 150, Koʻkaldosh madrasasida 80, Sharifboy madrasasida 20, Shukurxon madrasasida 20 nafar talaba oʻqigan. Lekin oldingidek, aksariyat talabalar Toshkent madrasalari bilan qanoatlanmay, Buxoro, Samarqand, Qoʻqon madrasalarida bilimlarini oshirib qaytganlar.
Toshkent madrasalari toʻgʻrisidagi arxiv manbalari, oʻsha davr matbuoti yoki ana shu yillarda Toshkentda boʻlgan rus oʻlkashunoslarining maʼlumotlari, ayniqsa, madrasalar soni borasida har xil xabarlar beradi. Xususan, 1865—1868-yillari Toshkentda boʻlgan A.Xoroshxin „Ocherki Tashkenta“ nomli kundaligidagi maʼlumotda ayrim madrasalarning nomini, vaqf mulklarini keltirib oʻtgan boʻlsa, N. Maev 1876-yili Toshkentda jami 11 ta madrasa mavjudligini taʼkidlaydi. „Turkistanskie vedomosti“ gazetasining 1876-yilgi 48-sonida bosilgan rasmiy maʼlumotda esa 13 ta madrasa tilga olingan.
Biroq XIX asrda Toshkentda yashab ijod etgan muarrix Muhammad Solihxoja esa oʻzining „Tarixi jadidayi Toshkand“ asarida Toshkentdagi 20 ta madrasa toʻgʻrisida birmuncha batafsil maʼlumot berib oʻtgan.
Ular orasida eng qadimiysi — Xoja Ahror jome masjidining shimolida pishiq gʻisht va yoʻnilgan toshdan qurilgan Xoja Ahror madrasasi boʻlib, u yigirmata hujra, bitta darsxona va masjidni oʻz ichiga olgan. U yerda Toshkent va boshqa hududlardan tahsil talabida kelgan saksondan ziyod talabalar oʻqishgan.
Shayxontohur dahasidagi madrasalardan yana biri Koʻkaldoshdir. Muhammad Solihxojaning yozishicha, bu madrasa Baroqxonning oʻgʻli Darvishxon tomonidan bunyod etilgan. 1735-yil Ufada boʻlgan toshkentlik savdogar N. Alimov maʼlumotlariga koʻra, XVIII asr oxiriga kelib, madrasa karvonsaroyga aylantirilgan. Toshkent tarixi tadqiqotchilaridan A. Dobrosmislov Koʻkaldosh madrasasi dastlab uch qavatli, oʻttiz sakkizta hujrali boʻlganini taʼkidlaydi. Keyinchalik madrasaning faqat bir qavati saqlanib qolgan. Muhammad Solihxoja Koʻkaldosh madrasasi 1868 va 1886-yillarda Toshkentda yuz bergan zilzilalardan qattiq zarar koʻrganini yozadi.
Shuningdek, XIX asrning 30-yillarida Muhammad Alixon buyrugʻi bilan bunyod etilgan Azimota madrasasi ham Chorsu yaqinida boʻlgan. Lekin bu madrasa haqida maʼlumotlar juda kam.
„Tarixi jadidayi Toshkand“ asarida batafsil tavsiflangan va eng koʻp tilga olingan madrasa Eshonquli dodxoh madrasasidir. Bu madrasa 1256 (1838) yili Toshkent hokimi Lashkar Beklarkegining oʻgʻli Eshonquli dodxoh tomonidan qurdirilgan boʻlib, Yunusxon madrasasining janubi-sharqida joylashgan va katta koʻchaga tutash boʻlgan. U yerda 1920-yil Vaqf shoʻʼbasi qaramogʻidagi madrasada Murodxoʻja Solihxoʻja oʻgʻli isloh qilingan diniy va dunyoviy darslar tashkil etadi. Xarobaga aylangan Eshonquli dodxoh madrasasining oxirgi qoldiqlari 1964-yilda surib, tekislab tashlangan.
Muhammad Solihxoja 1274 (1857) yili Toshkent hokimi Ahmad qushbegi (1856—1857) tomonidan Qaffol Shoshiy maqbarasi janubida Moʻyi Muborak madrasasi qurilganini yozadi. Tarixchi oʻsha davrlarda madrasa oʻrnini aholi Xoja Ahror tugʻilgan joy deb tushungani bois „Xoja Ahror maydoni“ deb ataganini taʼkidlaydi. Asarda keltirilishicha, madrasaning alohida bir gumbazi boʻlib, unda Paygʻambarimiz (alayhissalom)ning soch tolalari — moʻyi muborak saqlangan.
Yuqorida tilga olinganlardan Koʻkaldosh madrasasi bugungi kunda ham oʻz faoliyatini davom ettirib, koʻplab talabalar taʼlim oladigan dargoh sifatida ishlab turibdi. Qolganlari esa, yurtimizning yorqin maʼnaviy qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi muborak tarixiy obidalar qatorida munosib oʻrin egallab kelmoqda.
- Koʻkаldоsh mаdrаsаsi (XIV аsr)
- Kаffоl-Shоshi mаqbаrаsi (XV аsr)
- Hаzrаti Imоm аrхitеkturа аnsаmbli (XVI аsr)
- Аbul Qоsim mаdrаsаsi (XIX аsr)
- Bаrаkхоn mаdrаsаsi (XVI аsr)
- Jumа mаsjidi (XIX аsr)
- Аmir Tеmur muzеyi
- Аmir Tеmur xiyoboni
- Mustаqillik mаydоni
- Istiqlol mаydоni
- Jаsоrаt mоnumеnti
- Hаsti Imоm mаydоni
- Tillа Shаyх mаsjidi
- Xаdrа mаydоni
- Toʻle bi maqbarasi
- Soʻfi Оtа mаqbаrаsi
- Toshkent teleminorasi
Tarixi
tahrir-
1860-yil
-
1913-yil
-
1940-yil
-
1965-yil
-
1967-yil. Toshkent zilzilasi (1966)
-
1981-yil
-
2000-yil
Sovet davridagi Toshkent
tahrirToshkent mahallalari haqida aniqroq yozma maʼlumotlar dahalardagi qozilik daftarlarida, 19-asrning 2yarmida esa ruscha nashrlarda qayd etilgan. Shunga koʻra, 1865-yil Toshkentda 140 ta mahalla boʻlgan, aholisi 76 ming kishi. Turkiston oʻlkasi statistikasi yilnomasida (1876) Toshkentda 149 ta mahalla (Shayxontohur dahasida 48 ta, Sebzor dahasida 38 ta, Koʻkcha dahasida 31 ta, Beshyogʻoch dahasida 32 ta) boʻlganligi taʼkidlangan. N. G. Mallitskiy 1927-yil nashr etgan roʻyxatda esa Toshkentda 280 ta mahalla va shahar aholisiga tegishli 171 ta mavze nomi bor (qarang plansxema). Mavzelar, odatda, shaharliklarning shahar tashqarisida joylashgan ekinzorlari va bogʻlaridan iborat boʻlgan; shoʻrolar davrida mavzelar davlat tomonidan musodara qilinib jamoa xoʻjaligiga aylantirilgan.
Poytaxtga aylanishi
tahrir1925-yil 17-fevralda Buxoro shahrida boʻlib oʻtgan Butunoʻzbek Sovetlarining birinchi taʼsis qurultoyida „Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining tashkil topishi toʻgʻrisida Deklaratsiya“ qabul qilingan. Respublikaning birinchi poytaxti etib Buxoro shahri tanlangan[25].
2012-yilda „Oʻzbekiston“ nashriyoti tomonidan chop etilgan „Oʻzbekiston tarixining muhim sanalari“ nomli kitobdagi maʼlumotlarga koʻra, 1925-yil aprel oyida mamlakat poytaxti Buxoro shahridan Samarqand shahriga koʻchirilgan. 1930-yilda esa poytaxt Toshkent shahriga koʻchiriladi va 1991-yil 31-avgustga qadar OʻzSSRning, undan soʻng esa Oʻzbekiston Respublikasining bosh shahri boʻlib kelmoqda[25].
Oʻzbekiston poytaxtini Samarqanddan Toshkentga koʻchirish toʻgʻrisidagi telegram’dagi „Old Tashkent“ kanalida[26] eʼlon qilingan tarixiy hujjatda yozilishicha, „Oʻzbekiston Ijtimoiy Shoʻro Jumhuriyati Shoʻrolar Markaziy ijroiya qoʻmitasi“ (oʻsha vaqtdagi oliy hokimiyat organi) tomonidan Toshkentning mamlakatdagi eng yirik iqtisodiy va sanoat markazi sifatidagi ahamiyatini, Oʻzbekistonning „bosh paxta rayoni — Fargʻona vodiysi“ bilan aloqa qilish va unga rahbarlik qilish Toshkentdan qulayroq boʻlishini, Toshkentda boʻlgan Oʻrta Osiyo idoralari bilan Oʻzbekiston hukumat idoralari bir shaharda turib „yaqin ittifoqda boʻlishini nazarda tutib“ qabul qilingan. Ushbu hujjat mamlakat Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kirita oladigan oʻsha vaqtdagi oliy hokimiyat organlaridan biri tomonidan oʻzbek tilida va Oʻzbekistonda 1929—1940-yillarda amalda boʻlgan lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvi (yanalif)da yozilgan. Hujjatga OʻzSSR Shoʻro Markaziy Ijroqoʻmi raisi boʻlgan Yoʻldosh Oxunboboyev imzo chekkan[25].
Toshkentning Maʼdaniy maʼishiy inshootlari
tahrirToshkentning eng gavjum qismi, uning bozorlari hisoblangan. Eski joʻva, Chorsu va Koʻkaldosh madrasasi oraligʻida Registon, Chorsu va Kappon (gʻalla) bozorlari joylashgan. Registon bozorida xonliklarda ishlab chiqarilgan mollar bilan bir qatorda Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Koshgʻar, Xitoy va Rossiyadan keltirilgan mollar ham sotilgan. Toshkentdan savdo karvonlari dasht orqali Sibir shaharlari, Koshgʻar, Xitoy, Hindiston, Afgʻoniston va Eron tomon qatnagan. Toshkent davlati tashqi va ichki savdoni rivojlantirish maqsadida old tomonida „Muhammad Yunusxoʻja Umariy“ deb yozilgan, sirtiga lochin yoki yoʻlbars tasvirlari tushirilgan oʻz tangalarini zarb etib, mustaqil ichki va tashki siyosat yuritgan. Yunusxoʻja, ayniqsa, Rossiya bilan muttasil savdo aloqalari olib borish va uni kengaytirishga intilgan. 1792-yil Yunusxoʻja rus podshosiga xat yuborib unga Katta juz biylari bilan ittifoq tuzganligini, Toshkentdan Rossiyaga eltadigan karvon yoʻllaridagi talonchiliklar toʻxtatilganligini xabar qiladi. 1802-yilning kuzida Yunusxoʻja vaziri aʼzam Mullajon Oxund Mahzum bilan Ashurali Bahodir mingboshini SanktPeterburgga elchi kilib yuboradi. Elchilikdan maqsad, faqat savdo aloqalarini kengaytirishgina emas, balki Rossiyadan qurolyarogʻ, choʻyan va mis rudalarini sotib olib, oʻz harbiy kuchini mustahkamlash hamda Rossiyadan tup kuyuvchi usta va konchilarni Toshkentga taklif etib, bu yerda toʻpchilik hunarmandchiligini rivojlantirish va konlarni ishga solish ham koʻzda tutilgan edi. 1803-yil mart oyida Toshkent elchilari imperator Aleksandr I va davlat kansleri hamda tashqi ishlar vaziri graf A. Voronsov qabulida boʻldilar.
Rossiyada Oktabr toʻntarishi haqidagi xabar Toshkentga yetib kelgach, bolsheviklar va soʻl eserlar hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallash uchun kurashdilar. 1917-yil 28-oktabrda Bosh temir yoʻl ustaxonasining mahalliy millatga mansub boʻlmagan ishchilari hamda askarlar qoʻzgʻolon boshladilar. Ular temir yoʻl deposi, tovar omborlari, 1Sibir polki kazarmalarini ishgʻol qildilar. Shahar markazi qoʻzgʻolonchilar qoʻliga oʻtdi. 1 (14) noyabrda Tuproqqoʻrgʻon ham ishgʻol qilingach, Toshkentda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. Shu tariqa Toshkentda Rossiyadan badargʻa qilingan bolsheviklar 1917-yil 1-noyabrda temir yoʻl masterovoylari yordamida toʻntarish oʻtkazib hokimiyatni egalladilar. 1918-yil 30-apreldan Toshkent Turkiston ASSRning poytaxti deb eʼlon qilindi. 1924-yilda Oʻzbekiston poytaxti Samarqandga koʻchirildi. 1930-yildan Toshkent yana poytaxt boʻldi.
Sovet hukumati yillarida Toshkent mahallalari boshlangʻich maʼmuriy birlik shaklida saqlanib qoldi, biroq ularning vazifalari koʻp tomondan cheklab qoʻyildi.
Zamonaviy inshootlar
tahrirIkkinchi jahon urushigacha boʻlgan davrda Toshkentda bir qancha sanoat korxonasi — tikuvchilik, tamaki, poyabzal fabrikalari, toʻqimachilik kombinati, metallsozlik, mashinasozlik zavodlari va boshqa qurildi. Boʻzsuv, Qodiriya, Boʻrijar GESlari bunyod qilindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkent sanoati butunlay frontga xizmat qildirildi. Sanoat 1943-yilda 1940-yildagiga nisbatan 3 barobar koʻp mahsulot berdi. Urush yillarida nemislar okkupatsiya qilgan viloyatlardan evakuatsiya qilingan 300 ming kishi, shu jumladan, 200 mingga yaqin bola Toshkentga joylashtirildi. 1930—1940-yillarda Toshkentda asosan, qishloq xoʻjaligi.ni texnika bilan taʼminlashga qaratilgan ogʻir sanoat tarmoklari tez surʼatlar bilan rivojlantirildi. Yirik sanoat korxonalari — „Uzbekqishloqmash“, ekskavator zavodi, „Toshtekstilmash“, „Toshpaxtamash“, „Toshkentkabel“, yogʻmoy kombinati, karborund zavodi, mashinasozlik, elektr lampa va elektr mexanika zavodlari, yirik panelli uysozlik kombinati va boshqa kurildi.
1966-yil 26-aprelda Toshkentda yuz bergan zilzila natijasida shahar jiddiy shikastlandi. Zilzila oqibatlari qisqa muddat (3,5 yil)da tugatildi (qarang Toshkent zilzilasi). Shahar qiyofasi butunlay oʻzgardi. Toshkent hududi atrofga bogʻ va ekinzorlar hisobiga tez oʻsdi, koʻplab turar joy massivlari, jamoat binolari, metropoliten qurildi. 1983-yilda shaharning 2000-yillik toʻyi oʻtkazildi.
Mustaqillik davrida
tahrirOʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Toshkentda Oʻzbekistonning boshqa viloyat va shaharlarida boʻlgani kabi boshqaruvning tarixiymilliy shakli — hokimlik oʻrnatildi. 1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri maqomi va davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq Toshkentda hokim lavozimi joriy etildi. Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiklanadi. Shahardagi tumanlarning hokimlari shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi xamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiklanadi. Toshkent 2000-yillikdan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida u mudofaa devori bilan oʻralgan qalʼadan jahondagi yirik shaharlardan biri, Oʻzbekiston Respublikasining poytaxtigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. Asrlar davomida shahar oʻzining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu jadallarni, yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron boʻlib, qayta qad koʻtardi. Kds. oʻrnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha marta oʻzgardi. Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bogʻistoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Koʻhakiy kabi butok allomalar shu hudjda yashab, ijod etganlar.
Toshkentning uzoq oʻtmishi va u qad koʻtargan qadimgi Choch yoki Shosh viloyati haqidagi maʼlumotlar yozma manbalarda xilmaxil hamda uzuqyuluq tarzda aks etgan. Zardushtiylarning qadimgi muqaddas kitobi Aeecmona Sirdaryo havzasidagi mamlakat „Turon“, aholisi esa „tur“lar deb yuritilgan. Bu oʻlkada tur qavmlari urugʻ va qabila oqsoqollarining diniy va siyosiy qarorgohi — Qangʻxa (Qangʻa) shahri borligi tilga olinadi.
1991-yil 31-avgustda Toshkentda Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilindi. Hozirgi Toshkent Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy markazi hamdir. Bu yerda Oʻzbekiston Prezidentining qarorgohi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, ijtimoiy harakat va partiyalarning va boshqa jamoat tashkilotlarining markazlari, chet el elchixonalari, BMT ga qarashli tashkilotlar vakolatxonalari joylashgan. Toshkent chet ellardagi birodarlashgan shaharlar bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshmoqda, Toshkent bir qancha xorijiy shaharlar bilan birodarlashgan.
Toshkentning eng muhim xususiyatlari shahar gerbi (ramzi)da aks etgan. U uzok, tarixga ega. Ilk oʻrta asrlardayoq Toshkentning oʻziga xos ramzi yuzaga kelgan. 8-asrda Choch (Shosh) shahrining nishoni qoplon (togʻ barsi) boʻlgan. Buni 8-asr birinchi yarmida hukmdorlik qilgan Yabgʻu Tarnovcha nomi bilan zarb qilingan tangalarning old tomonida krplon, orqasida esa qangʻarlarning ayri tam/ali va sugʻd yozuvida „Tarnovcha“ deb bitilgan muhri tasvirida koʻrish mumkin. Toshkent hukmdorlari koʻpincha oʻz valiaxdlariga ham togʻning eng kuchli va epchil jonzodiga qiyosan Elbarsxon, Belbarsxon kabi ism qoʻyganlar. Toshkentning Oʻzbekiston mustaqilligi davridagi gerbi 1996-yilda tasdiqlangan, 2003-yilda gerb tasviriga qisman oʻzgartirishlar kiritilgan (519betdagi rayemga q.).
Toshkentda jahon mamlakatlari, BMT tashkilotlari va Markaziy Osiyo davlatlarining turli muhim mavzulardagi seminar, simpozium va qurultoylari oʻtkazib turiladi. 1998-yilda YUNESKO tashkiloti Ijroiya Kengashining 155-sessiyasi, 1999-yil 19-20-iyulda Afgʻoniston muammosini hal etish boʻyicha 6Q2 guruhining BMT homiyligidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tarixiy Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. 2000-yil sentabrda YUNESKO xrmiyligida „Dinlararo dialog va dunyo madaniyati“ mavzuidagi xalqaro konfess, 2003-yil 14-mayda „Interkontinental“ mehmonxonasida „Markaziy Osiyo 20asrda: hamkorlik, sheriklik va muloqot“ mavzuida xalqaro konferensiya, 2004-yil iyun oyida Shanxay hamkorligi tashkilotining konferensiyasi oʻtkazildi. Toshkentda mustaqillik sharofatidan kelib chiqib ham iqtisodiyot, ham maʼnaviyat sohasida tub islohotlar qilina boshladi. Iqtisodiyot sohasida bozor munosabatlariga oʻtilishi talablari asosida biznes, ishbilarmonlikni, xorijiy sarmoyalar kiritishni ragʻbatlantirish, yangi bankkredit sistemasini barpo etish, mulkni xususiylashtirishga doir bir qancha amaliy tadbirlar koʻrildi. Shaharda xorijiy mamlakatlar ishbilarmonlari bilan hamkorlikda qoʻshma korxonalar, firmalar ochish rivoj topa boshladi.
Shahar qiyofasiga sharqona tus berilishiga ahamiyat berildi. 1991-yil 1-sentabrda Toshkentdagi Markaziy maydonni Mustaqillik maydoni deb atash haqida Oʻzbekiston Prezidenti farmoni eʼlon qilindi. Koʻchalar, maydonlar, tashkilotlar, tumanlar qayta nomlana boshladi. Shahar markazidagi eng katta xiyobon Amir Temur nomi bilan atalib, Sohibqironga haykal oʻrnatildi va temuriylar davri tarixi davlat muzeyi qurildi. Shaharning olimlar yashaydigan dahasidagi maydonlardan biriga Mirzo Ulugʻbekka haykal qoʻyildi va hokazo.
Toshkentni obodonlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shaharga kerak boʻlmagan, uning tabiiy muhitini buzadigan korxonalar, tashkilotlar yopildi yoki shahardan tashqariga koʻchirildi. Toshkentning Eski shagʻar qismida joyning oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib, asosan, 1995-yildan butun infrastrukturani kompleks rivojlantirishga kirishildi. Mahallalararo aloqalarni saqlab qolib, shaharning tarixan tarkib topgan qismini tubdan taʼmirlash va obodonlashtirish yoʻlida katta ishlar kilindi. Jumladan, Eski shaharning Krrasaroy, Sagʻbon, Bobojonov, Forobiy koʻchalari kengaytirilib, kayta ochildi. Bu koʻchalarda transport qatnovi yaxshilandi. Fargʻona yoʻli, shuningdek, Toshkentni Qozogʻiston bilan bogʻlovchi Keles koʻprigi va boshqa qayta qurildi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Islom universiteti, „Turkiston“ saroyi, Respublika Birja markazi, „Tata“ („Quality“) mehmonxonasi, „Toshkentlend“ istirohat bogʻi va boshqa inshootlar foydalanishga topshirildi. „Olay“, „Eski joʻva“, „Farhod“, „Beshyogʻoch“, „Mirobod“, „Asaka“, „Otchopar“, „Parkent“, „Koʻkcha“ bozorlari deyarli qayta qurildi. Toshkent metrosining Yunusobod yoʻnalishi ishga tushirildi. Toshkentdagi bir qancha xashamatli binolar, Oʻzbekiston milliy bogʻi, Yapon bogʻi, Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻ, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xalqaro biznes markazi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, „Interkontinental Toshkent“, „Le Meridian otel Tashkent Palace“, „RadissonSAS Tashkent“ mehmonxonalari, „Yunusobod“, „JAR“, „Golfklub“ sport majmualari, eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan Oʻzbekiston milliy banki sport majmuasi, shaharning bir qancha joylarida qurilgan koʻpriklar va kichik halqa yoʻli, „Shahidlar xotirasi“ majmui, „Xotira“ maydoni, Oʻzbekiston tasviriy sanʼati galereyasi va boshqa Oʻzbekiston poytaxtining taraqqiy qilish bosh rejasining eng koʻzga koʻringan bosqichlari xolos. Bu oʻzgarish va qurilishlarning muallifi va tashabbuskori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovdir.
Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida „Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllabquvvatlash haqida“gi farmoni (1998) va qonuni (1999), „Obod mahalla yili“ dasturi (2003) asosida T. mahallalari oʻz huquqiy maqomiga ega boʻldi. Ularning faoliyat doirasi kengaydi. Mahallalar yuridik shaxs sifatida oʻz mulkiga, moliyaviy byudjetiga bankdagi hisob raqami — jamgʻarmasiga ega boʻldi, rahbariyat (rais, kotib)ning nufuzi ortdi, vazifalari aniq belgilandi. Mahallalar oʻz hududlarida savdo va maishiy xizmatni, sanitariya va ekologik holatlarni yaxshilash, toʻlovlar sistemasida ishtirok etib, mahalla va aholi ahvolini yaxshilashga koʻmaklashish kabilarda faol qatnashish imkoniga ega boʻldilar.
Shaharda 493 fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organi — fuqarolar yigʻini (mahalla qoʻmitasi) ishlaydi (yana qarang Mahama).
Toshkent — Respublikaning eng yirik sanoat markazi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotning 30 % ga yaqini poytaxt hissasiga toʻgʻri keladi. Shahar sanoatida 14 tarmoqqa mansub 300 dan ziyod asosiy korxonalar ishlab turibdi. Sanoat ishlab chiqarish. tarkibida elektr energetikasi, mashinasozlik va samolyotsozlik, metallga ishlov berish, binokorlik materiallari, yengil va oziqovqat sanoati kabi tarmoklar salmoqdi oʻrinni egallaydi. T. toʻqimachilik kombinatida ip gazlama mahsulotining asosiy qismi ishlab chiqariladi. Aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasi, Toshkent traktor zavodi, „Algoritm“, „Zenit“ ishlab chiqarish birlashmalari, elektronika zavodi, „Tong“, „Malika“, „Yulduz“ tikuvchilik fabrikalari, binokorlik korxonalarining keng tarmogʻi ishlab turibdi. Bu korxonalar oʻz mahsuloti bilan tashki dunyoga chiqmoqda. Aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasining jahon andozalariga javob beradigan „Il76“, „Il114“ samolyotlari ishlab chiqarilmoqda.
Toshkent korxonalari Germaniya, Syangan, Vengriyaga mis simi, bir qancha mamlakatlarga paxta terish mashinalari, Belgiya, Shveysariya, Fransiya, Germaniya, AQSH, Serbiya va Chernogoriyaga paxta tolasi va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi. Toshkentda 80 dan ziyod xorijiy mamlakat firma va kompaniyalari bilan birgalikda tashkil etilgan 1423 qoʻshma korxona va firmalar faoliyat koʻrsatmoqda (2004). Jumladan, Turkiyaning „Shayxontohur tekstil“, „Sagʻbontekstil“, Janubiy Koreyaning „UZOmegaTex“, Germaniya va Shveysariyaning „Xobas tapo“, AQShning „Bezak“ qoʻshma korxonalari Toshkent iqtisodiyotini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshmoqsa. 2003-yil nodavlat sektorida sanoat mahsulotlarining hajmi 88,6 % ga yetdi.
Transporti
tahrirToshkent Oʻrta Osiyodagi eng yirik transport chorrahasi, aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shaharda temir yoʻl vokzali, 2 aeroport, avtovokzal, 5 avtostansiya ishlaydi. Toshkent shimoliy vokzali yerdan Toshkent — Orenburg — Moskva, Toshkent — Turkmanboshi, Toshkent — Namangan — Andijon va boshqa temir yoʻl oʻtgan. Toshkent — Yangiyoʻl, Toshkent — Xoʻjand, Toshkent — Samarkand, Toshkent — Guliston yoʻnalishida elektr poyezdlari qatnaydi. Toshkentdan MDH dan tashqari London, Frankfurt Mayn, TelAviv, Jidda, Dehli, Karachi, Istanbul, Bangkok, Pekin, NyuYork, Amsterdam, Sharja (BAA), KualaLumpur, Tehron shaharlariga muntazam havo yoʻllari, Halab, Tokio, Seul, Osiyo va Yevropaning koʻpgina shaharlariga charter yoʻlovchilar tashuvchi reyslar oʻtgan.
Shahardan bir necha muhim avtomobil yoʻli boshlanadi, ularning eng yirigi — Katta Oʻzbekiston traktoʻ. Toshkent halqa avtomobil yoʻli mavjud. Shahar yoʻlovchilar ichki qatnovi metropoliten, avtobus, taksi orqali amalga oshiriladi.
Maorifi va madaniyati
tahrir2003/04 oʻquv yilida Toshkentda 362 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 378,9 ming oʻquvchi, 11 gimnaziyada 17,1 ming oʻquvchi, 23 akademik litseyda 9,3 ming oʻquvchi, 30 musiqa va 25 sport maktabida 19,2 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Toshkentda 30 oliy oʻquv yurti (jumladan, Oʻzbekiston milliy universiteti, I va II Toshkent Tibbiyot institutlari, Pedagogika universiteti, Iqtisodiyot universiteti, Islom universiteti, Texnika universiteti va boshqalar) boʻlib, ularda 107,8 ming talaba taʼlim oldi (2004). Toshkentda 1998 — 2003-yillarda 47 kasbhunar kolleji va akademik litseylari binolari ishga tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika bilan jihozlandi. Shaharda 31 kasbhunar kollejida 29,1 ming oʻquvchi oʻqiydi.
Toshkentda 16 muzey (Oʻzbekiston davlat sanʼat, Adabiyot, Oʻzbekiston kino sanʼati, Oʻzbekiston sogliqni saqlash, Antiqa va zargarlik buyumlari va boshqa muzeylar) boʻlib, ularda 800 mingga yaqin eksponat qoʻyilgan, 166 jamoat kutubxonasi (13,8 mln. nusxa asar), 9 madaniyat saroyi, 65 madaniyat uyi bor.
Toshkentda 13 teatr (Oʻzbek milliy teatri, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek davlat akademik opera va balet katta teatri, Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali teatri, Abror Hidoyatov nomidagi yoshlar teatri, Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Oʻzbek davlat respublika yosh tomoshabinlar teatri, Toshkent davlat rus akademik drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, Rus davlat respublika yosh tomoshabinlar teatri, operetta teatri va boshqalar) mavjud.
Toshkent sirkida 1940-yildan boshlab mashhur oʻzbek dorbozlari- Toshkanboyevlar sulolasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Toshkentda 16 madaniyat va istirohat bogʻi bor. Shulardan biri markaziy, 5 tasi bolalar bogʻi (shulardan biri shahar bogʻi), 10 tasi madaniyat va istirohat bogʻi. Ayniqsa, Alisher Navoiy nomidagi milliy bogʻ, Gʻafur Gʻulom, Furqat, Bobur nomidagi, „Bogʻi eram“, „Akvapark“ bogʻlari mashhur. Undan tashqari dendrapark, botanika bogʻi, hayvonot bogʻi, Gagarin bosh faoliyat koʻrsatadi. Amir Temur xiyoboni va boshqa bor. Toshkentdagi ziyoratgoh joylardan Shayx Zayniddin, Choʻponota, Kaffol Shoshiy, Xoʻja Alambardor maqbaralari mavjud.
Toshkentda 18,6 ming oʻrinli (10 ming kishiga 86,8 oʻrin) 99 kasalxona muassasasida 16,5 ming vrach, 25,2 ming oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. Shaharda 115 poliklinika, 594 dorixona faoliyat koʻrsatadi. Respublika ahamiyatidagi shoshilinch tibbiy yordam, urologiya, koʻz mikroxirurgiyasi, kardiologiya, jarroxlik, onkologiya markazlari Toshkentda joylashgan.
Toshkentda 5 sanatoriy, 19 ta sanatoriy-profilaktoriy, dam olish uyi bor, shulardan, Chinobod sanatoriysi, Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi davolash klinikasi va bolalar statsionari va boshqa faoliyat koʻrsatadi. Toshkent yaqinida Toshkent mineral suvi balneologik kurorti joylashgan.
1994-yilda Toshkentda „Yunusobod“ tennis saroyi qurilib, unda OʻzR Prezidenti sovrini uchun tennis boʻyicha katta xalqaro musobaqalar oʻtkazilmoqda. Shaharda Olimpiada oʻrinbosarlari bilim yurti, „Paxtakor“ sportmashgʻulot birlashmasi, „Qibray“ oʻquvmashgʻulot markazlari, yengil atletika boʻyicha „Yangiobod“ oʻquvmashgʻulot bazasi joylashgan. „Yoshlik“ sport arenasi, „Paxtakor“ markaziy stadioni va boshqa xalqaro sport talablariga javob beradigan sport inshootlardir. Shu bois Toshkentda katta xalqaro sport musobaqalari oʻtkazib turiladi. 1995-yil sentabrda 1Markaziy Osiyo oʻyinlari, 1998-yil noyabda „suv pariyey“ sinxron suzish boʻyicha 1xalqaro turnir, 1999-yil 7-iyunda „Dinamo“ tennis kortida „Tashkent open“ xotinqizlar turniri boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistonning „Paxtakor“ futbol jamoasi oʻz stadionida jahon va Osiyoning nufuzli jamoalari bilan uchrashuvlar oʻtkazib kelmoqda. Mashhur oʻzbek kurashi boʻyicha ham Toshkentda xalqaro musobaqalar boʻlib oʻtdi. 2004-yil iyul oyida toshkentlik Rustam Qosimjonovnnng shaxmat boʻyicha jahonning eng kuchli shaxmatchilarini yengib Jahon chempioni unvonini olishi oʻzbek shaxmat sportining buyuk gʻalabasidir. Toshkentda sport mavzusiga bagʻishlangan bir qancha jurnali va gaz.lar chiqadi. Shulardan „Sport“, „Oʻzbekiston futboli“ va boshqalarni aytish mumkin. Oʻzbekistonda sport kadrlarini, asosan, Oʻzbekiston davlat jismonii tarbiya instituti tayyorlaydi. Int qoshida 1993-yildan Oʻzbekiston Olimpiya akademiyasi faoliyat koʻrsatadi.
Toshkentda 19 nomda respublika gazetalari, 2 viloyat gaz. („Toshkent haqiqati“, „Tashkentskaya pravda“), 2 shahar gazeta („Toshkent oqshomi“, „Vecherniy Tashkent“), 44 koʻp tirajli gaz. nashr etiladi. Respublikada nashr etiladigan 67 nomdagi jurnalning 62 tasi Toshkentda chiqadi (qarang Matbuot). Toshkentda 4 ta informatsiya agentligi faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekistondagi nashriyotlarning asosiy qismi Toshkent shahridadir (qarang Noshirlik). Oʻzbekiston radioeshittirishlarida Toshkent radiosi yetakchi oʻrinni egallaydi. Toshkent shahri va viloyat radio tinglovchilari uchun har kuni Toshkent shahar va Toshkent viloyat radioeshittirishi bosh tahririyatida tayyorlangan eshittirishlar beriladi (1971-yildan). Bosh tahririyatda axborot va ijtimoiy siyosiy boʻlimlar bor (qarang Radioeshittirish). Toshkent telestudiyasining Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun moʻljallangan koʻrsatuvlari bosh tahririyati maxsus koʻrsatuv turkumlarini tayyorlaydi (qarang Televideniye).
Toshkentdagi tarixiy meʼmoriy yodgorliklardan: Koʻkaldosh madrasasi (16-asr), Shayx Zayniddin bobo maqbarasi (13- 14-asrlar), Xoʻja Alambardor maqbarasi (taxminan 10-asr), Abulqosim shayx madrasasi (19-asr), Yunusxon maqbarasi (15-asr oxiri), Shayx Xovandi Tohur maqbarasi (15-asr), Qaldirgʻochbiy maqbarasi (15-asrning 1yarmi) va boshqalar saqlangan.
Hamdoʻst shaharlar
tahrirToshkent bir necha nufuzli shaharlar bilan hamdoʻstlik aʼloqalariga egadir:[27]
• Ostona, Qozog'iston
Manbalar
tahrir- ↑ [https://kun.uz/97794504 Тошкентда яшовчи доимий аҳоли сони 3 миллиондан ошди
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Hududlar boʻyicha shahar va qishloq aholisi soni (2010–2021-yillar)“ (oʻzbek). Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qoʻmitasi (16-iyul 2021-yil). Qaraldi: 16-iyul 2021-yil.
- ↑ Сведения о населении города на официальном сайте хокимията г. Ташкент, 22-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 17-noyabr 2012-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Toshkent shahri pochta indeks (lar)i“ (ruscha). Pochta.uz. 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2021.
- ↑ „Oʻzbekistonda yalpi ichki (hududiy) mahsulot (2018-yil yanvar-iyun)“ (oʻzbekcha). Oʻzbekiston Davlat Statistika Qoʻmitasi. 16-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
- ↑ „YIM shakllanishida viloyatlarning hissasi ochiqlandi“ (oʻzbekcha). Qalampir.uz. Qaraldi: 28-oktabr 2019.
- ↑ Praying Through the 100 Gateway Cities of the 10/40 Window ISBN 978-0-927-54580-8 s. 89
- ↑ Toshkent shahrining 2 200 yilligi oldidan Ertangi toʻyga hozirlik bugundan boshlanmogʻi kerak[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Юбилей Ташкента. Такое бывает только раз в 2200 лет“. Фергана – международное агентство новостей. Qaraldi: 10-dekabr 2017.
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2009/04/06/tashkent/
- ↑ Toshkent shahar Hokimiyati — Toshkent tarixi, 16-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 1-may 2011-yil
{{citation}}
: no-break space character in|title=
at position 27 (yordam)CS1 maint: date format () - ↑ „Jahon ob-havo axborot servisi – Toshkent“. Jahon meteorologiya tashkiloti. 2019-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2012.
- ↑ 13,0 13,1 Updated Asian map of the Köppen climate classification system
- ↑ Tashkent Travel. „Tashkent weather forecast“. 2009-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 11-iyun.
- ↑ Happy-Tellus.com. „Tashkent, Uzbekistan travel information“. Infocenter International Ltd.. 2009-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 11-iyun.
- ↑ „ТАШКЕНТ (город)“. Dic.academic.ru. Qaraldi: 24-noyabr 2013.
- ↑ „Residents of Tashkent city exceeds 2.48m people“. Uzdaily.com. 13-oktabr 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2018.
- ↑ „Постоянное среднее число населения“ (ruscha). Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qoʻmitasi (27-sentabr 2013-yil). 21-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-aprel 2014-yil.
- ↑ „World Urbanization Prospects - Population Division - United Nations“. Qaraldi: 23-iyul 2018-yil.
- ↑ Pervaya Vseobщaya perepis naseleniya Rossiyskoy imperii 1897 goda. Nalichnoe naselenie v guberniyax, uezdax, gorodax Rossiyskoy Imperii (bez Finlyandii)
- ↑ Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1959 g. Chislennost gorodskogo naseleniya soyuznix respublik (krome RSFSR), ix territorialnix edinits, gorodskix poseleniy i gorodskix rayonov po polu
- ↑ Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1970 g. Chislennost gorodskogo naseleniya soyuznix respublik (krome RSFSR), ix territorialnix edinits, gorodskix poseleniy i gorodskix rayonov po polu
- ↑ Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1979 g. Chislennost gorodskogo naseleniya soyuznix respublik (krome RSFSR), ix territorialnix edinits, gorodskix poseleniy i gorodskix rayonov po polu
- ↑ Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1989 g. Chislennost gorodskogo naseleniya soyuznix respublik, ix territorialnix edinits, gorodskix poseleniy i gorodskix rayonov po polu
- ↑ 25,0 25,1 25,2 „Lotinda yozilgan 1930-yilgi hujjat: O‘zbekiston poytaxtini Toshkentga ko‘chirish haqida“ (oʻzbekcha). Daryo.uz (2020). Qaraldi: 1-noyabr.
- ↑ Old Tashkent (oʻzbekcha) Telegram mesenjerida
- ↑ „Ну, здравствуй, брат! Города-побратимы Ташкента“ (ruscha). vot.uz. The Voice of Tashkent (10-noyabr 2015-yil). 3-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr 2020-yil.
- ↑ „Ankaranın Kardeş Şehirleri“ (tr). ankara.bel.tr. Ankara. 25-oktabr 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.
- ↑ „Kostroma is looking for a twin city in Turkmenistan“. orient.tm. Orient (2020-yil 15-iyul). 12-noyabr 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.(Wayback Machine saytida 12-noyabr 2020-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ „Brotherhood & Friendship Agreements“. cairo.gov.eg. Cairo. Qaraldi: 2020-yil 15-noyabr.
- ↑ „Международный авторитет Астаны повышают города-побратимы“ (ru). inform.kz. KazInform (2016-yil 6-iyul). Qaraldi: 2020-yil 30-noyabr.
Adabiyotlar
tahrir- Toshkent [ensiklopediya], T., 1992;
- Azadayev F., Tashkent vo vtoroy polovine XIXveka, T., 1959;
- Sokolov Yu. A..Tashkent, tashkentsi i Rossiya, T. 1965;
- Dobroyemislov A. I., Tashkent v proshlom i nastoyashem. Istoricheskiy ocherk. T., 1912;
- Bartold V. V., Sochineniya, 3t.; M., 1965;
- Moʻminova R. G., Filanovich M. I., Tashkent na perekrestke istorii, T., 2001;
- Oʻrinboyev A., Boʻriyev O., Toshkent Muhammad Solih tavsifida, T., 1983;
- Beysembiyev T. K., „Taʼrixi Shahruxi“ kak istoricheskiy istochnik, AlmaAta, 1987; Munirov K., Irisov A., Nosirov A., Toshkent tarixida baʼzi siymolar, T., 1983;
- Sodiqova N. S.,’Buryakov Yu. F., Qadimgi va hozirgi Toshkent, T., 1965;
- Bulatova V. A., Mankovskaya L., Pamyatniki zodchestva Tashkenta (XIV-XIX), T,, 1983, Muhammadjonov A. R., Qadimgi Toshkent, 2002;
- Toshkent atlasi, M., 1984.