Shagʻab
Shag‘ob (arabcha: شغب) (933-yilda vafot etgan) o‘n sakkizinchi abbosiy xalifa Muqtadirning (h. 908–932) onasi bo‘lib, o‘g‘li hukmronligi davrida davlat ishlariga sezilarli taʼsir ko‘rsatgan. Odatda faqat Ummu al-Muqtadir (Muqtadirning onasi) yoki as-Sayyida (xonim) deb atalgan.
Shagʻab شغب | |||||
---|---|---|---|---|---|
Abbosiy xalifaning ummu valadi | |||||
Davri | 895 — 902-yil 5-aprel | ||||
Tugʻilishi | Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Vafoti |
tax. 933-yil Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Dafn etilgan joy |
Bagʻdod | ||||
Turmush oʻrtogʻi | Mutazid | ||||
Farzandlari | Muqtadir | ||||
| |||||
Dini | Islom |
Yoshlik davri
tahrirShagʻab Rumiy, yaʼni Vizantiya imperiyasidan kelib chiqqan yunonlardan boʻlgan[1][2]. Asli Bag‘dodning 851—867-yillardagi Tohiriy hokimi Muhammad ibn Abdulloh ibn Tohirning qizi Ummu Qosimning quli bo‘lgan[1]. Asl ismi Naima („yumshoq“) boʻlib, qanday va qachon xalifa Mutazid (h. 892–902) haramiga kirib, uning kanizagiga aylangani nomaʼlum[3]. 895-yilda boʻlajak Muqtadir, Jaʼfarni dunyoga keltirgach, ozodlikka chiqarilib (ummu valad), Shagʻab („toʻpolon“) nomi berilgan[1][2]. Bu oʻsha paytda qizlarning „oʻz goʻzalligidan eʼtiborni jalb qilish yoki, ehtimol, hasad va baxtsizlikdan qutulish“i uchun odatiy hol edi[4].
Shagʻab saroyda, ayniqsa Mutazidning birinchi xotini, bir kuni Shagʻabning burnini kesib tashlash bilan tahdid qilgan malika Qatr an-Nada o‘limidan so‘ng, alohida nufuzga ega boʻlgan. Muktafiy (h. 902–908) birinchi merosxoʻr boʻlsa-da, uning kasalligi tufayli oʻgʻli xalifa boʻlishi kutilgan[5]. Shuningdek, oʻz oilasi, singlisi Xotif, ukasi Gʻarib al-Xal va jiyani Horunning martabalarini astoydil koʻtargan. Gʻarib boʻlajak bosh qoʻmondon Munis al-Xadim kabi Mutazid atrofidagi koʻplari yunonlardan boʻlgan yirik gʻilmonning yaqin doiralaridan biriga aylangan. Gʻarib 917-yilda vafot etguniga qadar davlatning yetakchi qo‘mondonlari va viloyat noiblaridan biri bo‘lgan[6][7]. Mutazid vafot etib, Muktafiy xalifa boʻlgach, Muqtadir turli saroy fitnalari nishoniga aylangan boʻlsa-da, Shagʻab oʻgʻliga boʻladigan har qanday xavf-xatarning oldini olish maqsadida Mutazidning keksa gʻilmonining oʻz avlodlariga boʻlgan sadoqatidan foydalanishi mumkin edi[6].
Muqtadir hukmronligi
tahrir908-yilda Muktafi kasal boʻlib qolgan. Bu vaqtda uning umri oxirlab qolgan edi. Bu vaqtda vorislik masalasi ochiq boʻlib, xalifa xastalangach, vazir Abbos ibn Hasan al-Jarjaroiy vorislik masalasini hal qilishni oʻz zimmasiga olgan. Voqealar rivoji haqida ikki xil maʼlumot mavjud. Miskavayhning xabar berishicha, vazir eng muhim mutasaddilardan maslahat soʻragan, Mahmud ibn Dovud ibn al-Jarroh yoshi kattaroq va tajribali Abdulloh ibn al-Muʼtazzni taklif qilgan, lekin miskavayh tomonidan yovuz odam sifatida taʼriflangan Ali ibn Furot zaif, yumshoq feʼlli va yuqori martabali amaldorlar osonlikcha manipulyatsiya qila oladigan odamni tanlash taklifini bergan. Vazir rozi boʻlgan va Shagʻabning 13 yoshli oʻgʻli merosxoʻrlikka tayinlangan. Muktafiyning vasiyatnomasi ochilganda, u oʻz ukasini merosxoʻr etib tanlagani maʼlum boʻlgan. Andalusiyalik tarixchi Arib boshqa bir voqea haqida aytgan. Unda vazir Ibn al-Muʼtazz va yana bir keksa Abbosiy shahzoda Muhammad ibn al-Muʼtamid nomzodlari oʻrtaga tashlanadi. Bulardan ikkinchisining tanlanish katta siyosiy xato boʻlar edi. Chunki Mutazid toʻntarish oʻtkazib, xalifa Muʼtamid (h. 870–892) avlodlarini hokimiyatdan mahrum qilgan edi. Shu sababli ham bu nomzodni qoʻllash Mutazid rejimini qoʻllab-quvvatlagan amaldorlar va gʻilmonlar guruhini rad etish boʻlardi. Xalifa yakuniy tanlov qilinmasdanoq tuzalib ketib, oʻlimidan oldin Jaʼfarni merosxoʻr etib tayinlagan[8][9]. Bu ikki hikoyada Muqtadir taxtga kelishining turli jihatlari yoritilgan. Bir tomondan amaldorlar guruhining zaif va qatʼiyatsiz hukmdorni saylashi butun Abbosiylar tarixidagi „eng halokatli hukmronliklardan birini“ boshlab bergan „mash’um rivojlanish“ [...] chorak asr davomida [Muqtadir] salaflarining barcha ishlarini barbod qilar”[10], boshqa tomondan esa sulola vorisligi masalasida, ayniqsa Mutazid gʻilmonining oʻgʻliga sodiqligi ham muhim rol oʻynagani aniq[9].
Haram va Shagʻabning taʼsiri
tahrirMuqtadir musulmonlar tarixidagi birinchi voyaga yetmagan xalifa boʻlib, shuning uchun ham hukmronligining dastlabki yillarida hokimlik kengashi (as-sada, „xoʻjayinlar“) tuzilgan. Tanuxiyning yozishicha, kengash tarkibiga onasi Shagʻab, onasining shaxsiy vakili (qahramana) Ummu Muso, onasining singlisi Xotif va Mutazidning yana bir ummu valadi Dostonbuvayh kiritilgan[11][2]. Oddiygina as-Sayyida („Xonim“) nomi bilan tanilgan Shag‘ab „xalifa haramidagi boshqa ayollar, jumladan, xotinlari va kanizaklarini ham chetlab o‘tib, o‘g‘li ustidan hukmronlik qilgan“. Muqtadir ko‘p vaqtini onasining huzurida o‘tkazgan. Natijada, davlat siyosati byurokratiya hukmron boʻlgan saroyda emas, balki hukmdorning shaxsiy xonadonlarida belgilana boshlagan. Chunki barcha tekshiruvlar bilan shug‘ullanuvchi va rasmiy hujjatlarni rasmiylashtiruvchi hokimiyat ramzi boʻlgan xalifa muhri xalifaning onasi qo‘lida edi. Shagʻab malika-ona sifatida oʻgʻlining hukmronligi davridagi eng nufuzli va qudratli shaxslardan biriga aylangan. Amaldorlarni lavozimga tayinlash va ishdan boʻshatish, gunohkorlarni qatl etish va kechirish, koʻplab muhim voqealarni hal qilish, davlat cheklarini koʻrib chiqish, kuchli amaldorlar va zobitlar bilan munosabatlar, gʻaznaga moliyaviy hissa qoʻshish va xayriya ishlarini amalga oshirish uning qoʻlida boʻlgan[7]. Darhaqiqat, o‘rta asr manbalaridagi barcha maʼlumotlarning umumiy jihati shundaki, „Muqtadir haqidagi zikrlar nafaqat uning vazirlari, balki xonadonidagi ayollar bilan ham ajralmas tarzda bog‘langan“[12] va bu keyingi davr tarixchilari uchun asosiy tanqidiy nuqtalardan biri boʻlib qolgan. Shunday qilib, tarixchi Masʼudiy Muqtadir hukmronligini qoralab, bu davrda „hokimiyatga ega boʻlganlar ayollar, xizmatkorlar va boshqalar boʻlgan“, xalifaning oʻzi esa „davlat ishlari bilan shugʻullanmagan“, davlatni boshqarish esa amaldorlarga qoldirilgan. Xuddi shunday, XIII asr yilnomachisi Ibn at-Tiqtaqa Muqtadirni „o‘z rohatini qondirish bilan band bo‘lgan holda, hukmronlik bilan bog‘liq ishlarni ayollar va xizmatkorlar tomonidan boshqarilishiga“ yo‘l qo‘ygan „isrofchi“ deb taʼriflagan[13]. Ayniqsa, Shag‘ob keyingi davr tarixchilari tomonidan „qo‘pol va uzoqni ko‘ra bilmaydigan makkor“ sifatida tasvirlangan[14].
Garchi baʼzida ayol roliga oid konvensiyalarga qarshi chiqqan boʻlsa-da, jumladan 918-yilda hatto otda minib chiqishga jurʼat etgani haqida xabar berilgan, Shagʻab umrining koʻp qismini haramda oʻtkazgan. Shagʻab haramda oʻzining parallel byurokratiyasini boshqargan, kotiblari (kuttob, birlik kotib) esa fuqarolik va harbiy ishlarga masʼul boʻlgan. Uning qudrati shu darajada ediki, kotibi Ahmad al-Xasibiy 925-yilda Shagʻab va singlisining taʼsiri bilan vazir etib tayinlangach, tayinlanganidan pushaymon boʻlgan. Chunki uning malika-onaga kotib boʻlishi oʻzi uchun vazirlikdan koʻra foydaliroq boʻlgan[15]. Saroyining eng muhim aʼzolari xizmatchilar yoki qahramanalar boʻlib, ular haramni tark etib, tashqarida uning manfaatlarini himoya qilishlari mumkin edi. Bu ayollar, ayniqsa, haram va saroy oʻrtasida vositachi sifatida katta taʼsirga ega edilar. Ularning Shagʻabga taʼsiri hatto vazirning ham ishdan boʻshatilishiga sabab boʻlishi mumkin edi. Birinchi amaldor Fotima boʻlib, qayigʻi boʻronga tushib qolishi natijasida Dajlaga choʻkib ketgan. Undan keyin Abbosiy qabilasining kichik tarmoqlaridan birining avlodi Ummu Muso tayinlangan. Uning o‘z yaqinlariga qilgan fitnasi, oilasining buzuqligi, 917-yilda hiyla-nayranglari tufayli ishdan bo‘shatilgan „yaxshi vazir“ Ali ibn Iso al-Jarrohga nisbatan dushmanligi oʻsha davr yilnomalarida qayd etilgan. U jiyanini Mutavakkilning (h. 847–861) nabirasi Abul-Abbosga turmushga bergach, raqiblari uni xalifani ag‘darib, jiyanini taxtga o‘tkazishga intilishda ayblashgan. 922/23-yilda u qamoqqa olinib, oʻrniga Tumol tayinlangan. Tumol Ummu Muso, uning singlisi va ukasini bir million oltin dinorga baholangan xazinasi qayerda yashirilganini oshkor qilmaguncha qiynoqqa solgan. Tumol shafqatsizligi bilan mashhur edi. Birinchi xoʻjayini Abu Dulaf undan norozi boʻlgan xizmatkorlarini jazolash uchun foydalangan. Yana bir qahramana, Zaydan, Tumalning teskarisi boʻlib, uning uyidan bir necha yuqori martabali amaldorlarni ishdan boʻshatgach, ularni qamoqqa olish uchun foydalanishgan. ammo bu qulay asirlikda edi va u koʻpincha siyosiy raqiblari tomonidan taʼqib qilinganlarga boshpana berib turardi. Biroq, uning uyi jon saqlash uchun qulay boʻlib, koʻpincha siyosiy raqiblari tomonidan taʼqib qilinganlarga boshpana berib turgan[16][17].
Qozi Ahmad ibn Yoqub o‘g‘li yoshligi tufayli Shagʻabni xalifa deb tan olishdan bosh tortganida, qozini qatl qilgan[18]. Shagʻab umma ishlari, xususan, adolatni ayol kishi bilan boshqarish yaxshiroq ekanini taʼkidlab, oʻzining yordamchisi Tumolni mazzalim mahkamalari boʻyicha masʼul, amalda adliya vaziri yoki bosh adliya boshqaruvchisi va ayol kishi tomonidan nazorat qilinishga qarshi boʻlsa-da, tayinlovni qabul qilishga majbur boʻlgan qozilar nazoratchisi etib tayinlagan[18]. Tarixchi Tabariyning soʻzlariga koʻra, Tumol oʻz idorasida jamoatchilik orasida mashhurlikka erishish uchun oʻz vazifalarini yaxshi bajargan, ayniqsa daʼvogarning ish qoʻzgʻatishi uchun xarajatlarni kamaytiradigan yangi islohotlar tufayli obroʻsi oshgan. Biroq, uning tayinlanishi musulmonlar tarixida, jumladan, Ibn Hazm tomonidan Muqtadir hukmronligining tanazzulga yuz tutishiga dalil va „shu kungacha misli koʻrilmagan janjallarning“ bir misoli sifatida tasvirlangan[18].
Shagʻab amalda hukmronligi davrida ham koʻzga koʻrinmas xayriya ishlariga katta mablagʻ sarflashi keng jamoatchilik orasida mashhur boʻlishiga sabab boʻlgan[19].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Massignon 1994, s. 185.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 El Cheikh 2013, s. 168.
- ↑ Kennedy 2006, s. 192.
- ↑ Kennedy 2006, s. 189.
- ↑ Massignon 1994, ss. 122, 186.
- ↑ 6,0 6,1 Massignon 1994, s. 186.
- ↑ 7,0 7,1 El Cheikh 2013, ss. 168–169.
- ↑ Kennedy 2013, ss. 17–21.
- ↑ 9,0 9,1 Osti 2013, s. 54.
- ↑ Kennedy 2004, ss. 185–186.
- ↑ Osti 2013, s. 56.
- ↑ Osti 2013, s. 52.
- ↑ Osti 2013, ss. 50–51.
- ↑ Osti 2013, s. 59.
- ↑ El Cheikh 2013, ss. 169–170.
- ↑ Kennedy 2006, ss. 192–193.
- ↑ El Cheikh 2013, ss. 174–178.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 Mernissi, Fatima; Mary Jo Lakeland (2003). The forgotten queens of Islam. Oxford University Press. ISBN 978-0-19-579868-5.
- ↑ Chris Wickham: The Inheritance of Rome: A History of Europe from 400 to 1000
Adabiyotlar
tahrir- Bonner, Michael „The waning of empire, 861–945“, . The New Cambridge History of Islam, Volume 1: The Formation of the Islamic World, Sixth to Eleventh Centuries. Cambridge: Cambridge University Press, 2010 — 305–359-bet. ISBN 978-0-521-83823-8.
- Bowen, Harold. The Life and Times of ʿAlí Ibn ʿÍsà, ‘The Good Vizier’. Cambridge: Cambridge University Press, 1928. OCLC 386849.
- El Cheikh, Nadia Maria „The Harem“, . Crisis and Continuity at the Abbasid Court: Formal and Informal Politics in the Caliphate of al-Muqtadir (295-320/908-32). Leiden: BRILL, 2013 — 165–185-bet. ISBN 978-90-04-25271-4.
- Kennedy, Hugh. The Prophet and the Age of the Caliphates: The Islamic Near East from the 6th to the 11th Century, Second, Harlow: Longman, 2004. ISBN 978-0-582-40525-7.
- Kennedy, Hugh. When Baghdad Ruled the Muslim World: The Rise and Fall of Islam's Greatest Dynasty. Cambridge, MA: Da Capo Press, 2006. ISBN 978-0-306814808.
- Kennedy, Hugh „The Reign of al-Muqtadir (295–320/908–32): A History“, . Crisis and Continuity at the Abbasid Court: Formal and Informal Politics in the Caliphate of al-Muqtadir (295-320/908-32). Leiden: BRILL, 2013 — 13–47-bet. ISBN 978-90-04-25271-4.
- Massignon, Louis. The Passion of Al-Hallaj: Mystic and Martyr of Islam. Princeton University Press, 1994. ISBN 978-0-691019192.
- Mernissi, Fatima. The Forgotten Queens of Islam. Minneapolis: University of Minnesota Press, 1993. ISBN 0-8166-2439-9.
- Osti, Letizia „The Caliph“, . Crisis and Continuity at the Abbasid Court: Formal and Informal Politics in the Caliphate of al-Muqtadir (295-320/908-32). Leiden: BRILL, 2013 — 49–61-bet. ISBN 978-90-04-25271-4.