Shahrisabz davlat muzey-qo‘riqxonasi

Muzey haqida

tahrir

Qashqadaryo viloyat “Shahrisabz” davlat muzey- qo‘riqxonasi 1996-yilda tashkil etilgan Amir Temur nomli moddiy madaniyat tarixi muzeyi negizida 2019 yilda tashkil etilgan bo'lib, u dastavval XVI-asrga oid Chubin madrasasi binosida joylashgan. Madrasa binosi YUNESKOning umumjahon madaniy merosi ro'yixatiga kiritilgan. Bugungi kunda muzey qo'riqxona hududiga Shahrisabz shahrining tarixiy markazidagi barcha yodgorliklar jumladan: Oqsaroy arxetiktura majmuasi, Dorut tilovat majmuasi, Dorus Saodat majmuasi, Chorsu binosi, Tarixiy masjidlar binolari, Chubin madrasasi binosi, Maqom muzeyi (Filial) va boshqalar kiritilgan. Muzey-qo‘riqxona fondida 35266 dan ziyod vohaning moddiy, madaniy va ma’naviy merosi namunalari mavjud.

 
OQ SAROY

Muzey fondi quyidagi kolleksiyalardan iborat:

tahrir
  • arxeologiya - 32021
  • numizmatika - 597
  • haykaltaroshlik - 77
  • amaliy san’at - 520
  • maishiy va etnografiya - 263
  • suratlar - 142
  • hujjatlar - 4
  • boshqa narsalar - 1642

Muzey-qo‘riqxonada 5 ta bo‘lim faoliyat ko‘rsatadi:

tahrir
Qadimgi    davr    madaniyati     bo‘limi
tahrir

Bo‘lim sharqiy Qashqadaryo vohasidagi ibtidoiy davrdan o‘rta asrlarga qadar bo‘lgan davr madaniyatini ilmiy tadqiq etish, arxeologik o‘rganish, ushbu davr yodgorliklari va osori-atiqalarini ekspozitsiyaga tayyorlash hamda ma’lumotlar to‘plab nashr ettirish ishlarini amalga oshirmoqda. Bo‘lim ekspozitsiyasida Qashqadaryo vohasidagi ilk shaharsozlik madaniyatini aks ettiruvchi ko‘rgazma tashkil etilgan.

Bo‘limning hamkor ilmiy tadqiqot markazlari
tahrir

O‘zFA Arxeologiya instituti, O‘zbekiston Milliy Universiteti, Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasiga qarashli O‘zbekistonning yangi tarixi markazi, AQShning  Kaliforniya instituti.

Tadqiqot ob’ektlari
tahrir

Kattakamar, Angilloh, Siypontosh, Uzunqir, Sangirtepa, Podayotok   va   Saroytepa  arxeologik   yodgorliklari bo‘lib        xronologik        jihatdan       40-ming yilliklardan to    o‘rta asrlargacha bo‘lgan davr madaniyati tarixini o‘z ichiga oladi.

Amir Temur va temuriylar madaniyati bo‘limi
tahrir

Bo‘lim XIV-XVI asrlarga oid meьmoriy arxeologik yodgorliklar, yozma manbalar, numizmatika, hunarmandchilik, amaliy san’at, epigrafika va etnografik madaniyatini o‘rganish, izlab topish, ilmiy tadqiq etish va ekspozitsiyaga tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.

Xamkor ilmiy markazlari
tahrir

Moskva, Lomonosov Universiteti, Xelьsinki Universiteti, Bordo-3 Universiteti, Strasburg Universiteti, Italiyaning Kaltajironi shahridagi sopol muzeyi, Rim shahri tarixi muzeyi.

Tadqiqot ob’ektlari
tahrir

Shahrisabz hududidagi temuriylar davriga mansub meьmoriy yodgorliklar masalan, Oq-Saroy, Doruttilovat-Dorussaodat arxeologik yodgorliklari (ularning soni 40 dan ziyod).

Etnografiya va xalq amaliy san’ati bo‘limi
tahrir

Mazkur bo‘lim Shahrisabzning XIX-XX asrlarga oid urf-odatlar, qadriyatlar va anьanalar kabi vohaning o‘ziga xos madaniyatini o‘rganish va etnografik materiallar asosida ko‘rgazmalar tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Etnografiyaga oid ko‘rgazmalarda Shahrisabzning o‘ziga xos so‘zanalari (bigizkashta), do‘ppilar (iroqi do‘ppilar), kandakorlik, yog‘och o‘ymakorligi va kulolchilik naьmunalari mavjud.

Ilmiy-ma’rifiy bo‘lim
tahrir

Muzeyning Chubin madrasasi binosida 300 m.kv.da yopik, 100 m.kv.da ochiq va Chubin badiiy memorchilik ekspozitsiyasi faoliyat yuritmokda. Muzey xalqaro talablar  darajasidagi   binoga ega,   kompyuter, konditsioner va mulьtimedio tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Sayyohlarga xalqaro talablar darajasidagi servis xizmati ko‘rsatiladi. Muzeydan voha tabiati va badiiy meьmorchilik obidalari tarixi va Shahrisabzning o‘ziga xos urf-odatlari, qadriyat va anьanalari, ilmiy arxeologik-tarixiy tadqiqotlarning natijalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar olish mumkin. Muzeyda Shahrisabz shahri tarixi va etnografiyasi bilan bog‘liq bukletlar, kitoblar, otkritkalar, yo‘lko‘rsatgichlar, znachoklar,     hunarmandchilik     buyumlari     va suvenirlar savdosi yo‘lga qo‘yilgan.

Fond  bo‘limi
tahrir

Bo‘lim   muzeydagi   barcha  osori-atiqalarning hujjatlashtirilishi, saqlanishi, xavfsizligi va ularni ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi hamda eksponatlar sonini oshib borishiga xizmat qiladi. Muzeyga kelib tushayotgan buyumlarni qabul qilish, shifrlash va kirimlar daftariga qayd etish ishlari hamda muzey va muzeydan tashqarida tashkil etilayotgan ko‘rgazmalar uchun eksponatlarni tayyorlaydi. Boshqa bo‘limlar bilan hamkorlikda eksponatlarni ilmiy inventarizatsiyadan o‘tkazib boradi. Osori-atikalarni hujjatlashtirish, davlat reestriga kiritish va ilmiy o‘rganish maqsadida boshqa ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qiladi.

Geografik joylashuvi
tahrir

Shahrisabz vohasi tarixiy So‘g‘diyona davlati hududida, Samarqand shaxridan 70 km. janubiy-g‘arbda, Buxoro shaxridan 250 km. janubda joylashgan bo‘lib, Samarqand va Buxoro shahridan avtotransport va temir yo‘l transportlari orqali kelish mumkin. Shaharda zamonaviy turizm tizimi mavjud bo‘lib, 2 ta 3 yulduzli mehmonxona va sharqona mini-mexmonxonalar, milliy oshxonalar xizmat ko‘rsatadi. Ob-havo  mo‘tadil      subtropik, qish vaqtlarida o‘rtacha 6-7 S0 gradus sovuq, yoz vaqtlarida o‘rtacha 30-35 S0 gradus issiq.

OQ SAROY
tahrir

Oq Saroyga («Oq»-buyuk, ulug‘vor ma’nosida), Amir Temur munajjimlar ko‘rsatgan baxtli soniyalarda, 1379 yili — Xorazm poytaxti Urganchni (hozirgi Kunya —Urgench, Turkmaniston) zabt etgandan so‘ng birinchi toshini qo‘ydirgan. Bosib olingan katta o‘ljalar bilan Shahrisabzga Xorazm ustalari ham olib kelingan. Saroyning qurilishi 1380 yilning bahorida boshlanib, 1396 yilda asosan tugallangan, lekin bezak ishlari, Klavixoning guvohligicha, 1404 yilgacha davom etgan. Saroyni bunyod etishga xorazmlik ustalardan tashqari Mavoraunnahr va boshqa mamlakatlardan Temur olib kelgan ustalar ham jalb etilgan.

Xususan, saroyning bosh peshtoqidagi koshinkor morpechida eronlik koshinpaz usta Muhammad Yusuf Tabriziyning nomi ikki joyda zikr etilgani aniqlangan. Hozirda bu peshtoqning ikki asosigina saqlanib qolgan.

Kirish peshtog‘ining janubida olib borilgan arxeologik qazishmalar, unga yondoshgan polning serhasham, naqshinkor koshin qoplama bezagini ochib berdi. Pol ustidan ko‘plab me’moriy koshin, o‘yma marmar, sirlangan o‘yma sopol va koshinburush qoldiqlari topildi. Muqaddas baliqlar uchun naqshinkor koshin bilan qoplangan, uncha katta bo‘lmagan, hovuz ham ochildi.

Oq saroydan, hozirda, faqat peshtoqning ikki asosi saqlanib qolgan bo‘lsada, ular o‘chmas taasurot qoldiradi. Qachonlardir, ular oralig‘ida, eni 22 metrli ravoq qurilgan. Asoslarini ikki chekkasi, osti ko‘p qirralik, yuqorisi aylana guldasta burjlar bilan tugallangan. Har bir burji ichkarisida aylanma zina va turli xonalar joylashtirilgan. Burjlar hozir 38 metr balandlikda saqlanib qolgan, aslida ularning balandligi 50 metrga yetgan.

Peshtoqning yon devorida ravoqli kirish eshigi joylashtirilgan. Bu yerda, rangli nakshinkor bezak hashamlarining barcha turlari: sirlangan g‘ishtlar, sirkor bo‘rtma koshin, qirqma koshin mozaika (koshin burush) ishlatilgan. Ular yordamida yirik naqshlardan tortib to mayda gulli bezaklarning turfa ranglardagi geometrik (girix), islimiy va arabiy yozuvli bezak shakllarini yiqqanlar.

Peshtoqning me’moriy ko‘rinishi yirik shakllarda bo‘lsa ham, hajmiy yechimi sodda qilingan. Ko‘rinishi aniq va faqat katta, kichik ravoqlarning, takkoslashga asoslangan me’moriy bo‘laklarga ajratish usuli bilan, tasavvur qilishning nisbiylik qatorini yaratadi.

Bezakdagi boy naqshinkorlik va rangbaranglik me’moriy bo‘linishning geometrik xususiyatiga qat’iy bo‘ysindirilgan.

Oq saroydan, hozirda, faqat peshtoqning ikki asosi saqlanib qolgan bo‘lsada, ular o‘chmas taasurot qoldiradi. Qachonlardir, ular oralig‘ida, eni 22 metrli ravoq qurilgan. Asoslarini ikki chekkasi, osti ko‘p qirralik, yuqorisi aylana guldasta burjlar bilan tugallangan. Har bir burji ichkarisida aylanma zina va turli xonalar joylashtirilgan. Burjlar hozir 38 metr balandlikda saqlanib qolgan, aslida ularning balandligi 50 metrga yetgan.

Peshtoqning yon devorida ravoqli kirish eshigi joylashtirilgan. Bu yerda, rangli nakshinkor bezak hashamlarining barcha turlari: sirlangan g‘ishtlar, sirkor bo‘rtma koshin, qirqma koshin mozaika (koshin burush) ishlatilgan. Ular yordamida yirik naqshlardan tortib to mayda gulli bezaklarning turfa ranglardagi geometrik (girix), islimiy va arabiy yozuvli bezak shakllarini yiqqanlar.

Peshtoqning me’moriy ko‘rinishi yirik shakllarda bo‘lsa ham, hajmiy yechimi sodda qilingan. Ko‘rinishi aniq va faqat katta, kichik ravoqlarning, takkoslashga asoslangan me’moriy bo‘laklarga ajratish usuli bilan, tasavvur qilishning nisbiylik qatorini yaratadi.

Bezakdagi boy naqshinkorlik va rangbaranglik me’moriy bo‘linishning geometrik xususiyatiga qat’iy bo‘ysindirilgan.

 
DORUT-TILOVAT
DORUT-TILOVAT
tahrir

Shahrisabzning deyarli markazida, Dorus - Saodat majmuasining g‘arbida bir guruh qadimiy inshootlar qad ko‘tarib turibdi. Ularning barisi Dorut — Tilovat deb nomlangan va yagona majmuaga birlashtirilgan maqbara va masjid binolaridir.

1360 yil oxirida Temurning otasi Tarag‘ay vafot etadi va uni uncha katta bo‘lmagan oilaviy xilxona — daxmaga dafn qiladilar. Temur hokimiyat tepasiga kelgandan so‘ng, 1370 yilda otasi qabrini obro‘liroq yerga, 1371 yilda vafot etgan Shahrisabz shayxlaridan Shamsiddin Kulol qabrining oyoq tomoniga ko‘chirishni buyuradi. Dorut-Tilovat me’moriy majmuasining shakllanishi Ulug‘bek hukmronligi davriga to‘g‘ri keladi. Dastlab, shayx qabri ustiga, qadimgi inshoot qoldig‘iga, baland gumbazli maqbara ko‘riladi.

Ko‘k gumbaz masjidi esa, 1435 yili Shamsiddin Kulol maqbarasining qarama — qarshisiga ko‘riladi va jome masjidi vazifasini o‘tadi.

Masjidning tarxi chorsi shaklida bo‘lib, yon devorlariga toqilar joylashtirilgan. Yuqorisiga qarab, tik devor, burchaklari qalqonsimon bag‘alli bag‘allar qatori hamda o‘n olti qirralik asosdan baland gumbazga o‘tilgan. Farbiy devorida mehrob qilingan, uning tashqarisi esa berk peshtoq ko‘rinishini olgan. Binoning burchak asoslariga tomga chiqadigan aylanma zinalar joylashtirilgan. Ichki gumbaz tashqarisidan, kavadratning ustidagi sakkiz qirralikda mahobatli asosga joylashtirilgan va moviy sirkor g‘ishtchalar qoplangan gumbaz ko‘rinishini olgan. Masjidning kirish qismi sharq tomondan bo‘lib, u baland peshtoqli qilingan. Peshtoq bezagini, asosan sirkor g‘ishtlardan terilgan girix naqshlar tashkil etadi. Uning burchak nimustunlariga, ravoq kanoslari va arabiy yozuvli hoshiyalariga mayolika ishlatilgan.

1437 — 38 yillarda Shamsiddin Kulol maqbarasining janubiy devori yonida Ulug‘bek va avlodlari, qarindoshlari uchun maqbara qurdiradi. Uning ichkari devorining yuqorisi bo‘ylab o‘tgan yozuv matni bunga dalolat bo‘ladi. Makbara ichkarisida, XV — XVII asrlarga taalluqli, bir necha marmar qabrtoshlar joylashtirilgan. Ularda Termiz saidlarining nomi zikr etilgan, shuning uchun keyinchalik bu maqbara Gumbazi Sayidon deb atalgan. Ko‘k Gumbaz masjidi, Shamsiddin Kulol va Gumbazi Sayidon maqbaralarining bosh tarzlari hovliga qaragan. Bu hovlini hujralar va Dorut Tilovat madrasasining darsxonasi o‘rab turgan. Lekin vaqt o‘tib, ular buzilib ketgan hamda o‘rniga XIX asrda yangi xujralar qurilgan

 
GUMBAZI SAYIDON
GUMBAZI SAYIDON MAQBARASI
tahrir

Gumbazi Sayidon nomi bilan mashhur bo‘lgan maqbara binosi, ichkarisidagi tarixiy yozuvlarga qaraganda, 1437 — 38 yillarda qurilgan. Maqbaraning hajmlari mutanosib nisbatlarga egadir. Tashqarisi kub shaklida bo‘lib, gardish asosga tik gumbaz o‘rnatilgan. Ichkarisida esa chorsi tarhli xonaning to‘rt devori bo‘ylab ravoqli tokchalar joylashtirilgan. An’anaviy sakkizqirralik ustidagi ravoqli bag‘allarga ichki tik gumbaz o‘rnatilgan. Maqbaraning bosh tarzi Fapbra, hovliga qaratilib, peshtoq bilan belgilangan. Peshtoq va gumbaz asosida sirkor g‘ishtin qoplamalarning qoldiqlari saqlanib qolgan. Ichki bezagi esa Ulug‘bek davriga xos: devorlari, gumbaz osti qurulmalari va gumbaz qubbasi oq asosga, ko‘kish rangda tushirilgan naqshlardan iborat bo‘lib, ba’zi yerlarida tilla suvi yuritilishga tayyorlangan qizil kesakning qizg‘ish rangi ko‘riiib turadi. Bezakning asosiy naqshi girix bo‘lib, uning ko‘pqirralik va yulduzsimon shakllari oralig‘iga islimiy naqshlar, shoxlagan daraxtning tasviri tushirilgan.

Xitoy chinnisiga monand oq asosdagi ko‘kish naqshlar Temur davrining turfa rang, tilla suvi yuritilgan bezaklaridan farq qilib, XV asrning birinchi yarmiga xos bo‘lgan bezaklarga o‘xshashdir.

SHAMSIDDIN KULOL MAQBARASI
tahrir

Maqbaraning qurilishi, xalq orasida mashhur bo‘lgan, hayotligida Amiri Kalon nomini olgan, sufiy Shayx Shamsiddin Kulol shaxsi bilan bog‘liqdir.

U islom tarixiga, Naqshbandiya tariqatining asoschisi, buxorolik mashhur, Shayx Bahovuddinning piri — ustozi sifatida kirgan. U Amir Temurning otasi, Amir Tarag‘ayning ham piri edi. Shayx 1370 — 71 yili vafot etgan, uning qabri tez orada ziyoratgohga aylandi. Uning yoniga Temurning otasi ham dafn etildi.

Mahbaraning Fapbra qaragan asosiy kirish qismi peshtoq bilan ajratilib, asoslari go‘rxona devorining davomida qurilgan. Peshtoqda sakkizqirralik yulduz ko‘rinishidagi sirkor g‘ishtin bezak qoplama saqlanib qolgan. Yulduzlar ko‘k rangli, orasidagi kufiy yozuvlar esa moviy rangli sirkor g‘ishtchalardan terilgan.

Go‘rxonaning tarhi kvadrat bo‘lib, to‘rt devorlari ravoqli tokchalardan iborat. Asosiy o‘ymakor eshigi juda boy naqshli, guli mayda bo‘lib, uning islimiy naqshi va kufiy arabiy yozuvlari XV asr yog‘och o‘ymakorligining durdonasi hisoblanadi. Amir Temur davrida Shamsiddin Kulol qabri oniks marmartoshi bilan qoplangan edi. Uning o‘yma bezakli va yozuvli ayrim qoldiqlari qabrni ta’mirlash vaqtida topilgan.

 
DORUS-SAODAT
DORUS-SAODAT
tahrir

Dorus-saodat Oq saroy qurilishi davrida bunyod etilgan me’moriy majmuadir. Uning qurilishi 1379 yili boshlangan. Unda mahalliy ustalar bilan birga Xorazmdan olib kelingan ustalar ham qatnashganlar.

Amir Temurning maqsadi, ona shahrida o‘zining xazinasini yaratish edi. 1376 yilda Shahrisabzga bevaqt halok bo‘lgan sevimli katta o‘g‘li Jahongirning qabri ko‘chirib olib kelingan. Keyinchalik u yerga uning boshqa o‘g‘li Umarshayx ham ko‘milgan. 

Binoning bosh tarzida, Oq saroydagidan qolishmaydigan maxobatli peshtoq qurilgan, uning har bir asosida esa maqbara joylashtirilgan. Markaziy peshtoqdan mo‘jazgina hovliga kirilgan. Uning qarama — qarshisida, markaziy o‘q bo‘ylab, qachonlardir baland gumbazli  maqbara bo‘lgan, hozirda uning faqat  daxmasi saqlanib qolgan.

Arxeologik qazishmalar  natijasida uning ikki yonida keng xonalar bo‘lgani aniqlangan. Ulardan birining ostida yana bir daxma ochilgan, uning ustida ham maqbara bo‘lgan. Qazishmalar shuni ko‘rsatdiki, maqbara va xonalarni bog‘lovchi vazifasini hovli bajargan. Ya’ni, majmua XIV—XV asrlarga xos bo‘lgan va hukmdorlarning yirik alloma qabri yoniga ko‘milish sharaf hisoblanib, quriladigan hazira turidagi inshootdir.

Ulkan Dorus—Saodat majmuasidan hozirda kirish peshtog‘ining Jahongir maqbarasi joylashgan chap asosi hamda binoning poydevor qoldiqlari saqlanib qolgan. Jahongir maqbarasining ichkarisi kvadrat tarhli bo‘lib, to‘rt tarafi ravoqli toqilardan iborat. Uning uch gumbazli tizimi o‘ziga xosdir: ganchdan qolibkor usulida qilinib, yog‘och bilan g‘isht qatlamiga mahkamlangan bezakli ichki gumbaz, uning yuqorisida esa g‘ishtdan terilgan o‘rta gumbaz va yana uning ustiga baland qirrali asosga joylashgan va ichkarisidan qovurg‘alar bilan mahkamlanadigan tashqi kulohiy gumbazlardan

 
DORIS-SAODAT ICHKARISI

iborat. Maqbaraning peshtoq asosi bilan birgalikda qilingan bezagi kamtarona, asosan sirkor g‘ishtchalardan terilgan naqsh — yozuvlar bo‘lib, ba’zi yerlari koshinburush va mayolika bilan to‘ldirilgan. Maqbara ostida daxma joylashgan.

Majmua markaziy o‘qida joylashgan va yuqorida qayd etilgan daxmani Amir Temur o‘zi uchun qurdirgan edi. Lekin taqdir boshqacha hal qildi. Temur Samarqandda Go‘ri Amir maqbarasiga dafn etilgan. qazishmalar markaziy daxma ustidagi inshootning ikki yonida bittadan kichikroq xonalarni aniqladi, ulardan biri maqbara, ikkinchisi ziyoratxona yoki masjid vazifasini bajargan. Jahongir maqbarasining sharqidagi qazishmalarda yana bir daxma, sakkiz qirralik xona devorlari, qabr toshlar, pol qoplamalari topildi. qazishma natijalari tahlili asosida haziraning to‘la tarhi aniqlanib, u izora balandligida qayta tiklandi.

Dorus-Saodat majmuasp  o‘ziiipg arxeologik qoldiqlari bilan Temur davrining ko‘zga ko‘ringan me’moriy yodgorliklari tarkibiga kiradi. Temur daxmasi esa bu majmuaning shu turdagi eng hashamdor inshootlaridan biridir. Tarhi ravoqli chuqur toqilari tufayli salibsimon ko‘rinishga ega bo‘lgan daxma ichkarisi, polidan shiftigacha, marmarsimon ohaktosh bilan qoplangan. Daxma markazida marmardan yasalgan tobut joylashgan, uning og‘ir qopqog‘ining yonlari o‘yma naqshlar bilan bezatilgan, ammo kelgusida tarix yoziladigan yuqori qismiga ishlov berilmagan.

Daxmaning shifti betakror ishlangan, u «darbozi» usulidagi chodirsimon gumbaz ko‘rinishida bajarilgan. Devorlardagi ravoqli toqilarning kungurasi arabiy yozuvlar bilan nodir hattotlik usullarida o‘yma qilinib bezatilgan, tokcha devorlari esa bodom shaklli medalьon bilan to‘latilgan.

CHUBIN MADRASASI
tahrir

Masjid, darsxona, hujralar va kirish dalonidan tashkil topgan Madrasa binolari keng hovlini o‘rab turadi. Darsxona va masjid ichkarisi ganch bezak qilingan, katta gumbazlar bilan yopilgan. Hujralar oddiy toqilar bilan yopilgan. Ular XVII asrning oxirida, qadimiy poydevorlar ustiga qurilgan.

MALIK AJDAR MASJIDI
tahrir

Malik Ajdar masjidining nomlanishi (xalq orasida «Gumbaz» masjid) Malik Ajdar ismli arab sarkardasining qabri, boshqa manbalarda esa «g‘ilay» Ashtar haqidagi afsonalar bilan bog‘laydilar. Chamasi, masjid qurilmasdan avval bu hududda VIII — X asrlarda ziyorat silinadigan sadimiy dafina-sabr joylashgan bo‘lishi mumkin.

Hozirda Malik Ajdar masjidi hovli atrofi bo‘ylab joylashgan masjid va hujralardan iborat inshootlar majmuasidan iborat. Ularning eng ahamiyatlisi — xonaqo bo‘lib, gumbazi yaqin atrofidagi uylarning tomlaridan balandroqdir. Me’moriy yechimi mahalla masjidlariga xos.   Masjid binosi XIX asr oxiriga kelib to‘la shakllangan.