Shamsi Nazarov
Shamsi Nazarov (1921-yil, Paxtachi tumani, Samarqand viloyati, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi – 1994-yil 10-dekabr, Paxtachi tumani, Oʻzbekiston) – sovet jamoat, davlat va siyosat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni. Paxtachi tumanidagi „Kommunizm“ kolxozi raisi.
Shamsi Nazarov | |
---|---|
Tavalludi |
1921-yil |
Vafoti |
10-dekabr 1994-yil (73 yoshda) Paxtachi tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Samarqand davlat universiteti |
Partiyasi | KPSS |
Unvoni | |
Turmush oʻrtogʻi | Zulfiya Nazarova |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirShamsi Nazarov 1921-yilda Paxtachi tumanida tugʻilgan[1]. 1947-yildan KPSS aʼzosi. Millati oʻzbek. Oʻzbekiston davlat universiteti oʻzbek filologiyasini sirtdan tugatgach[2], 1940-yildan 53-maktabda direktori oʻrinbosari, soʻngra 10 yil davomida 3-maktab direktori, 5 yil tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri, 1954-yildan Paxtachi tumani Krupskaya nomidagi kolxoz raisi boʻlib ishlagan[2]. 1959-yilda Shamsi Nazarov Paxtachi tumanidagi „Kommunizm“ (hozirgi Xumor qishlogʻi)[2] kolxoziga rahbarlik qilib, keng maydonlarda paxta yetishtirishda bosh boʻlgan. Shamsi Nazarov paxta terish mashinalaridan foydalanishning faol tarafdori boʻlgan boʻlib, uning boshqaruvi paytida, yaʼni yigirma yil davomida „Kommunizm“ kolxozida paxta yigʻim-terimi asosan mashinada terilgan va yigʻim-terim hech 90 foizdan kamaymagan. 8-besh yillik (1966−1970)dagi samarali mehnati natijalariga koʻra, kolxoz raisi Shamsi Nazarov Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan, 9-besh yillikda (1971−1975) ikki marotaba Oktyabr Inqilobi ordeni bilan mukofotlangan[1]. SSSR Oliy Sovetii Prezidiumining 1980-yil 6-martdagi farmoni bilan 1979-yilda Butunittifoq sotsialistik musobaqasida gʻalla, paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va davlatga sotish boʻyicha sotsialistik majburiyatlarini bajarishda mehnatda oʻrnak koʻrsatib, erishgan yuksak muvaffaqiyatlari uchun Shamsi Nazarov Lenin ordeni va „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali, Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 8—10-chaqiriqlari (1971−1985) deputati etib saylangan[1].
Oilasi
tahrirOilali, 7 nafar farzandi (olti qiz va bir oʻgʻil) bor. Rafiqasi Zulfiya Nazarova[2].
Vafoti
tahrirShamsi Nazarov 1994-yil 10-dekabrda vafot etgan[2].
Mukofotlari
tahrirLenin ordeni (1980-yil 6-mart), 2 marotaba Oktyabr Inqilobi ordeni (1973-yil 12-oktyabr; 1975-yil 14-fevral), Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1971-yil 4-avgust), „Hurmat Belgisi“ ordeni (1957-yil 11-yanvar), 2 marotaba „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali (1954-yil 17-avgust; 1965-yil 1-mart) bilan taqdirlangan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Сергей Кузоватов. „Назаров Шамси“ (rus tilida). 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Farmon Toshev. „Shamsi Nazarov kim bo‘lgan edi?“. zarnews.uz (2023-yil 23-fevral). 2023-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.