Sharif Aghayar
Sharif Aghayar (toʻliq ismi: Sharif Ziyadkhan Aghayarov, ozarbayjoncha: Şərif Ziyadxan oğlu Ağayarov; 1976-yil 1-yanvar, Agbulag, Lachin tumani) – Ozarbayjon yozuvchisi.
Sharif Aghayar | |
---|---|
Tavalludi |
1-yanvar 1976-yil Agbulag, Lachin tumani, Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi, Sovet Ittifoqi |
Ijod qilgan tillari | Ozarbayjoncha |
Fuqaroligi | SSSR va Ozarbayjon |
Taʼlimi | Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti |
Hayoti
tahrirSharif Aghayar 1976-yil 1-yanvarda Lachin tumanining Ağbulaq qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1980—1991-yillarda Ağbulaq qishlogʻidagi oʻrta maktabda oʻqigan. 1992-yilda N. Tusiy nomidagi Ozarbayjon davlat pedagogika universitetining Shusha filiali tarix-filologiya fakultetiga oʻqishga qabul qilingan. Bir muddat Agjabadidagi Aghdam qishloq xoʻjaligi texnikumida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1998-yilda Bokuga kelib, „Panorama“ gazetasining madaniyat boʻlimida muxbir boʻlib ishlay boshlagan[1].
Mukofotlari
tahrirAghayar 1998-yilda Yozuvchilar uyushmasi va Madaniyat xodimlari mustaqil kasaba uyushmasi tomonidan yaratilgan Khalil Rza Ulutürk Prize[2] hamda adabiyot sohasidagi yutuqlari uchun 2003-yilda Yoshlar va sport vazirligi tomonidan „Yoshlar“ mukofoti bilan taqdirlangan. Oʻsha yili u Ozarbayjondagi YeniSI adabiyot va sanʼat tadqiqotlari markazi tomonidan oʻtkazilgan birinchi Proza N Internet tanlovida gʻolib chiqdi.
2015-yil 23-noyabr kuni maʼrifiy va faol ishlari uchun „Dalga“ yoshlar tashkiloti tomonidan „Rafik Mountain Prize“ bilan taqdirlangan[3].
2019-yil may oyida Ozarbayjon ijodiy jamgʻarmasi tomonidan „Literary Man of the Year“ (tarjimasi „Yil adabiyot odami“) deb topildi.
Faoliyatlari
tahrir2000-yilda „New Azerbaijan“ gazetasi Aghayarni madaniyat va adabiyot sohasida maqolalar yozib, maxsus nashrlar tayyorlashga taklif qilgan. Aghayar 2003-yilning oxirigacha gazetada ishlagan. Koʻplab maqolalari, sheʼrlari, ocherklari, hikoyalari chop etilgan. 2003-yil 20-noyabrda „Kino+“ gazetasi bosh muharriri etib tayinlandi.
2002-yil 21–28-oktabr kunlari Turkiyaning Malatya shahrida Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti tashabbusi bilan boʻlib oʻtgan Turkiy tilli mamlakatlar va xalqlar shoirlarining III uchrashuvida Sharif Aghayar Ozarbayjon nomidan qatnashgan[4].
2003-yilda „Vektor“ ilmiy markazi tashabbusi bilan „Masnavi of Desert“ (tarjimasi „Choʻl masnaviyi“) sheʼriy kitobi nashr etildi va „The Brick Manʼs Saga“ (tarjimasi „G‘isht odam dostoni“) qissasi 2010-yilgi Milliy kitob mukofotining kuchli oʻntaligiga kirgan. „EL“ nashriyotida uning „Aftafali antakt“ nomli nasriy kitobi, 2011-yilda „Qanun“ nashriyotida „New Literature“ (tarjimasi „Yangi adabiyot“) turkumi doirasida „Harami“ nomli romani chop etilgan[5].
2013-yilda „Zero“ nashriyoti „Pocket Books“ turkumi doirasida „Poor Photos“ sheʼriy kitobini chop etdi. „Mrs. T.“ hikoya kitobi „Writer“ nashriyotida, 201- va 2016-yillarda „Qanun“ nashriyotida „Gulustan“ va „The City beyond the Dreams“ romanlari chop etilgan[6].
2008—2013-yillarda Madaniyat va turizm vazirligi nashriyot, reklama va axborotlashtirish boshqarmasi maslahatchisi lavozimida ishlagan. Keyinroq „Kulis.az“ adabiyot portalida bosh muharrir lavozimida ishlay boshlagan[7].
Ishlari
tahrirUning ayrim ishlari („Prayer“, „May 92“, „Chamber“, „Brother“, „Unpainted Mizrab Nails“, „Civilization“, „Mystery of the Wind“, „Cat Anzar“, „Modern Poems“ va hokazo) kitobxon va tanqidchilarda katta qiziqish uygʻotgan, ular yuzasidan oʻnlab maqolalar chop etilgan[8].
Shu bilan birga, „Dagal“, „Dimaʼs notes“, „Our house“, „Balabey“, „Georgy’s house“, „Anakhanum“, „First day without Lachin“, „It seemed like a funny story“, „Military-political issue“, „Shuglov Method“, „Picture“, „Gumru“, „Babash“ hikoyalari, „The Brick Manʼs Saga“ va „Hurrem“ qissalari, „Harami“, „Gulustan“, „The City beyond the Dreams“, „White Lake“ va „Commander“ romanlari keyingi avlod yozuvchilari orasida alohida oʻrin tutgan. Alaviyya Babayeva, Elchin Afandiyev, Vagif Yusifli, Rashad Majid, Adil Mirseyid, Mahir Garayev, Asad Jahangir, Javanshir Yusifli, Tehran Alishanoglu, Tofig Abdin, Akif Ali, Vurgun Ayyub, Elnara Akimova, Irada Musatayeva Haji, Jalil Javanshir, Aikhan Ayvaz va boshqalar Aghayarning ijodi haqida qiziqarli maqolalar yozgan[9].
Kitoblari
tahrir- „Masnavi of Desert“ (sheʼrlar), Boku, „Vector“ nashriyoti, 2003
- „The Brick Manʼs Saga“ (hikoya), Qanun nashriyoti, 2010
- „Aftafali Antract“ (Boku), Boku, „EL“ nashriyoti, 2010
- „Harami“ (Boku), Boku, Qanun nashriyoti, 2011
- „Poor photos“ (sheʼrlar), Boku, „Zero“ nashriyoti, 2013. 88 b.[10]
- „Mrs. T.“ (hikoyalar toʻplami), Boku, „Writer“ nashriyoti, 2013. 174 b.[11]
- „Gulustan“ (novella), Boku, Qanun nashriyoti, 2015.[12]
- „The City beyond the Dreams“ (Novella), Boku, Qanun nashriyoti, 2017
- White Lake (novellar), Boku, Qanun nashriyoti, 2018
Hikoyalari
tahrir- Sharif Aghayar, „Shuglov Method“ – libliq.org
- Sharif Aghayar, Military-Political Issues – News.lent.az
- Sharif Aghayar, „The Brick Manʼs Saga“ (Povest) – Liberty.org
Esselari
tahrir- Sharif Aghayar, „God has chosen the book“ – kulis.lent.az
Maqolalari
tahrir- Sharif Aghayar, „Our Lyrical People“ (Article). – edebiyyat-az.com
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Şərif Ağayar. Həyatı və Yaradıcılığı“ (az). edebiyyat-az.com (2013-yil 27-avgust). 2020-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
- ↑ „Şərif Ağayarın "Pozuq fotoşəkillər" kitabı işıq üzü gördü“ (az). edebiyyat-az.com (2013-yil 28-avgust). 2020-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
- ↑ „Şərif Ağayara "Rafiq Tağı mükafatı" verildi“ (az). kulis.lent.az (2015-yil 23-noyabr). 2020-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-noyabr.
- ↑ „Şərif Ağayar. Həyatı və Yaradıcılığı“ (az). edebiyyat-az.com (2013-yil 27-avgust). 2020-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
- ↑ „Şərif Ağayar. Həyatı və Yaradıcılığı“ (az). edebiyyat-az.com (2013-yil 27-avgust). 2020-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
- ↑ „Şərif Ağayar. Həyatı və Yaradıcılığı“ (az). edebiyyat-az.com (2013-yil 27-avgust). 2020-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
- ↑ „Şərif Ağayar. Həyatı və Yaradıcılığı“ (az). edebiyyat-az.com (2013-yil 27-avgust). 2020-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
- ↑ „Şərif Ağayar. Həyatı və Yaradıcılığı“ (az). edebiyyat-az.com (2013-yil 27-avgust). 2020-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
- ↑ „Şərif Ağayar. Həyatı və Yaradıcılığı“ (az). edebiyyat-az.com (2013-yil 27-avgust). 2020-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
- ↑ „Şərif Ağayarın "Pozuq fotoşəkillər" kitabı işıq üzü gördü“ (az). edebiyyat-az.com (2013-yil 28-avgust). 2020-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
- ↑ „Şərif Ağayarın "Xanım T." kitabı işıq üzü gördü“ (az). edebiyyat-az.com (2013-yil 28-avgust). 2020-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
- ↑ „Şərif Ağayarın romanı çap olundu“ (az). kulis.lent.az (2015-yil 16-noyabr). 2020-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-noyabr.