Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti
Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti yoki TURKSOY (turkcha: Uluslararası Türk Kültürü Teşkilatı, Türksoy) — turkiy davlatlardan tashkil topgan xalqaro madaniyat tashkiloti. Tashkilotning asosiy maqsadi bu turkiy davlatlar va xalqlar orasidagi doʻstlikni va hamkorlikni kuchaytirishdir. Bu hamkorlik iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarni oʻz ichiga oladi. Tashkilot bosh binosi Turkiya poytaxti Anqarada joylashgan. Hozirgi vaqtda, tashkilot bosh direktori qozogʻistonlik Dyusen Kaseinov hisoblanadi. Tashkilot 3 ta rasmiy tiliga ega, bular: turk, rus va ingliz tillaridir.
Ishga tushgan sanasi | 12-iyul 1993-yil |
---|---|
Joylashuvi | Turkiya, Anqara |
Asoschi(lar)i |
Ozarbayjon
|
Bosh kotib | Qozogʻiston, Dyusen Kaseinov |
Vebsayti | www.turksoy.org |
Til(lar)i | turkcha, ruscha, inglizcha |
Tarixi
tahrirTashkilot tarixi ilk marta 1992-yilda Boku va Istanbuldagi Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Turkmaniston va Oʻzbekiston madaniyat vazirlari uchrashuvida kelishilgan. 1993-yilning 12-iyul kuni Qozogʻistonning oʻsha paytdagi poytaxti Almatida „Turkiy madaniyat rivojlanishi hamkorligi tshkiloti“ga asos solindi va tegishli xujjatlar imzolandi.
1996-yildan, TURKSOY va YUNESKO oʻrtasida rasmiy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. 2009-yilda tashkilot nomi hozirgi nomga oʻzgartirildi. Oʻsha yili, ushbu tashklot Turkiy kengash tarkibiga kirdi.
Aʼzo mamlakatlar
tahrirTURKSOY tarkibiga 10 ishtirokchi kiradi, bular mustqail suveren davlatlar, boshqa davlatlar tarkibidagi federal subyektlar va muxtor viloyat va regionlardir.
Mamlakat | Poytaxti | Rasmiy tili | Aholisi soni |
---|---|---|---|
Gagauzia | Komrat | Gagauz tili | 163 200 |
Ozarbayjon | Boku | Ozarbayjon tili | 9 780 700 |
Qozogʻiston | Ostona | Qozoq tili | 17 440 270 |
Qirgʻiziston | Bishkek | Qirgʻiz tili | 5 776 580 |
Shimoliy Kipr | Lefkosiya | Turk tili | 294 900 |
Boshqirdiston | Ufa | Boshqird tili | 4 086 180 |
Oltoy Respublikasi | Gorno Altaysk | oltoy tili | 202 000 |
Tatariston | Qozon | Tatar tili | 3 855 000 |
Turkiya | Anqara | Turk tili | 77 695 000 |
Turkmaniston | Ashxobod | Turkman tili | 5 250 000 |
Oʻzbekiston | Toshkent | Oʻzbek tili | 31 050 000 |
Sobiq aʼzolar
tahrir2015-yil oxirida Turkiya harbiy-havo kuchlari Rossiya samolyotini urib tushirgandan so‘ng Rossiyaning uchta federal bo‘linmasi TURKSOYni tark etdi.
Mamlakat | Poytaxti | Rasmiy tili | Aholisi soni |
---|---|---|---|
Saxa Respublikasi | Yakutsk | saxa tili | 992,115 |
Tiva | Qizil | tiva tili | 332,609 |
Turk dunyosining madaniy poytaxti
tahrirTurksoy har yili Turk dunyosidan bir shaharni „Turk dunyosi madaniyat poytaxti“ etib tanlaydi. Tanlangan shahar turkiy madaniyatni nishonlash uchun bir qancha tadbirlarga mezbonlik qiladi[1]. Ushbu nomga sazovor boʻlgan shaharlar:
- 2012-yil: Ostona, Qozogʻiston
- 2013-yil: Eskishehir, Turkiya
- 2014-yil: Qozon, Tatariston
- 2015-yil: Marv, Turkmaniston
- 2016-yil: Shaki, Ozarbayjon
- 2017-yil: Turkiston, Qozog‘iston
- 2018-yil: Kastamonu, Turkiya[2]
- 2019-yil: Oʻsh, Qirgʻiziston
- 2020-yil: Xiva, Oʻzbekiston[3]
- 2022-yil: Bursa, Turkiya[4]
- 2023-yil: Shusha, Ozarbayjon[5]
- 2024-yil: Anau, Turkmaniston[6].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Türksoy Official Web Site. „Cultural Capital of the Turkic World 2016: Sheki :: TURKSOY“. www.turksoy.org. 2016-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-may.
- ↑ Türksoy Official Web Site. „The Cultural Capital of the Turkic World 2018: Kastamonu :: TURKSOY“ (en-US). www.turksoy.org. 2017-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-dekabr.
- ↑ „Özbekistan'ın Hive şehri 2020 Türk Dünyası Kültür Başkenti seçildi“. 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-dekabr.
- ↑ „Osmanlı'nın ilk başkenti Bursa 2022 Türk Dünyası Kültür Başkenti seçildi :: TÜRKSOY“. www.turksoy.org. Qaraldi: 2021-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Azerbaycan'ın Şuşa kenti "2023 Türk Dünyası Kültür Başkenti" ilan edildi - Avrasya'dan - Haber“. TRT Avaz. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
- ↑ „Türkmenistan’ın tarihî Anev kenti 2024 Türk Dünyası Kültür Başkenti seçildi“ (tr). www.turksoy.org. Qaraldi: 2022-yil 12-noyabr.
Havolalar
tahrir- TURKSOY rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2013-09-09 sanasida arxivlangan)