Sharipboy Rajabov

Oʻzbekiston qahramoni, Oliy Majlis Senati aʼzosi.

Sharipboy Rajabov (1952-yil 20-iyun, Xorazm, Oʻzbekiston SSR) – Bogʻot fermer xoʻjaligi rahbari. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi. Oʻzbekiston qahramoni oliy unvoni (2016-yil) sohibi[1][2][3].

Sharipboy
Sharipboy Rajabov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-iyun 1952-yil
Xorazm viloyati
Yangiariq tumani
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati o'zbek
Kasbi Fermer
Dini Islom
Maʼlumoti Oliy
Unvoni Oʻzbekiston qahramoniMehnat shuhrati ordeni

Faoliyati

tahrir

Sharipboy Rajabov 1952-yilning 20-iyun sanasida Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida dunyoga kelgan. Rajabov oʻzining ilk mehnat faoliyatini 1968-yili Xonqa tumanida joylashgan „Xorazm“ jamoa xoʻjaligida oddiy ishchi boʻlib boshlaydi. Keyin, Bogʻot tumanida joylashgan „Bogʻot“ davlat xoʻjaligida mexanizator hamda brigada boshligʻi ham boʻlgan. 2000-yildan boshlab shu fermer xoʻjaligini oʻzida raxbar lavozimida faoliyat yuriadi. „Bogʻot“ fermer xoʻjaligiga qarashli urugʻchilik markazi paxtachlik uchun urugʻ yetishtirishga moslangan. Aynan, iqlimlashtirib ekilayotgan „Mehnat“ navli paxta urugʻi ham ushbu xoʻjalik markazida yaratilgan. Urganch davlat universtiteti olimlari bilan birgalikda Preparat-A ni sinovdan oʻtkazishadi hamda gʻozaning unuvchanligini oshirishadi hamda hosildorligini koʻpayishiga erishishadi.

„Bogʻot“ fermer xoʻjaliging daromadidan tumandagi ikkita maktab, markaziy shifoxona hamda madaniyat markazlarini taʼmirlandi.

2010-yildan boshlab Rajaboy Sharipboy xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati boʻlib Boʻgot tumandagi maxsulotlarni qayta ishlovchi korxona hamda tashkilotlarni ishini rivojlantirish, bosh ish oʻrinlarini tashkil etish, chorvachilik, parrandachilik hamda baliqchilikda nasl olish hamda koʻpyatirishni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirilishini taʼminlashda qatnashadi[4].

2015-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senat aʼzosi lavozimida faoliyat yuritishni boshlagan.

Mukofotlari

tahrir

Shaipoboy Rajabov 2007-yili "Shuhrat" medalini hamda 2010-yili esa "Mehnat shuhrati" ordenini qabul qilib oladi. 2016-yilda esa "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoni sohibi boʻlgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.