Sharqiy qirgʻoq

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov yozgan sheʼrlar toʻplami

„Sharqiy qirgʻoq“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Toʻplamga muallif Kanada, Hindiston va Vengriyaga qilgan sayohatlari davomida yozgan sheʼrlar hamda „Ruhlar isyoni“ dostoni kiritilgan. „Sharqiy qirgʻoq“ toʻplami uchun Vohidov 1983-yil Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan[1][2].

Sharqiy qirgʻoq
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar va doston
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1980

Asar ilk bor 1980-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. 1981-yil „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. 2014-yil „Yangi asr avlodi“ nashriyotida „oʻz holida“ qayta nashr qilingan. Toʻplam sheʼrlari „Tirik sayyoralar“ (1978) toʻplamidagi sheʼrlar bilan bir qatorda „Zamin sayyorasi“ (2014) sheʼriy toʻplamiga kiritilgan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir