Shavkat Abdullayev

oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, professor

Shavkat Vohidovich Abdullayev (1944-yil, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, professor.

Shavkat Vohidovich Abdullayev
Tavalludi 1944-yil
Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi kimyogar
Sohasi kimyo
Ish joylari Samarqand davlat universiteti Namangan davlat universiteti
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Ilmiy darajasi kimyo fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Akademik rahbarlari Obid Sodiqov

Biografiyasi

tahrir

Shavkat Abdullayev 1944-yil Samarqand shaharida akademik Vohid Abdullayev oilasida tugʻilgan. 1961—1966-yillarda Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetida oʻqigan. 1969—1991-yillarda Samarqand davlat universiteti organik kimyo kafedrasi katta oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri, kimyo fakulteti dekani, umumiy kimyo kafedrasi mudiri, 1992—2004-yillarda Namangan davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti dotsenti, umumiy kimyo kafedrasi mudiri, fakultet dekani, universitetining ilmiy ishlar boʻyicha prorektor lavozimida ishlagan. 2004-yildan kimyo kafedrasi professori lavozimda ishlab kelmoqda[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

1970-yilda akademik Obid Sodiqov ilmiy rahbarligida nomzodlik ishini himoya qilgan. Olim 1992-yilda Ukrainaning Xarkov shahridagi Dorivor oʻsimliklar kimyosi ilmiy tekshirish institutida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Olim 200 dan ortiq maqolalar, 50 ga yaqin oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 200 dan ziyod tezis, 2 patent, 3 ta guvohnoma muallifi hisoblanadi. Shogirdlari bilan birgalikda koʻkamaronlarning 30 ta turi, veksibiyaning 2 ta turi, dukkakli oʻsimliklarining 3 ta turi tekshirishib, 80 dan ortiq fenolli birikmalar, 60 ga yaqin flavanoidlardan 8 ta yangi modda olishda, gomogen flavononlarni degidrogenlash reaksiyasida N-oksid piridin ishlatilgan, 14 nomaʼlum dipiridil hosilalari sintez qilingan hamda 4-almashingan 2,3-dipiridil va 4-nitroamin 2,2- va 2,3-dipiridillarni sintez qilishda erishgan. Yana olim o‘simlik pigmentlari va flavon glyukuronidlarini olishda laboratoriya texnologik reglamentlarini taklif  etib, o‘simlik bo‘yoqlari bilan jun, paxta va sun’iy matolarni bo‘yaladigan biologik faol qoʻshhimchani yaratgan. 1982-yil xalq maorifi aʼlochisi, 2003-yildan Namangan davlat universitetining professori, 2021-yildan Oʻzbekiston „Tabobat“ akademiyasi haqiqiy aʼzosi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.