Shavkat Toʻrayev
Shavkat Shuxratovich Toʻrayev (1982-yil Shofirkon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Shavkat Toʻrayev | |
---|---|
Tavalludi |
1982-yil Shofirkon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti |
Taʼlimi | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
Ilmiy darajasi | iqtisodiyot fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirShavkat Toʻrayev 1982-yilda Shofirkon tumanida tugʻilgan[1]. 1999-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining „Iqtisodiyot“ fakulteti „Statistika“ yoʻnalishiga oʻqishga kirib, 2003-yilda ushbu universitetni tamomlagan[1]. 2003—2005-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistraturasida „Ekonometrika va statistika“ yoʻnalishida tahsil olgan. 2004—2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabi „Moliya“ kafedrasida bosh mutaxassis, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari, boshqaruv kadrlari marketingi va amaliyot boʻlimi boshligʻi, 2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qoʻmitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari Markazi direktori oʻrinbosari, 2013—2021-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti „Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment“ fakulteti dekani, 2021—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi „Iqtisodiyot va moliya“ kafedrasi professori va kafedra mudiri vazifasida faoliyat olib borgan[1]. 2023-yil 5-yanvardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori lavozimida faoliyat yuritmoqda[2].
Ilmiy faoliyati
tahrir2007-yilda iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2009-yilda dotsent ilmiy unvonini, 2021-yilda iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini, 2023-yilda professor ilmiy unvonini olgan. Olim tomonidan 160 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan, shundan 4 ta monografiya, 10 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma va 100 ortiq ilmiy maqolalar hamda tezislar. Shavkat Toʻrayev 2021-yildan Turon Fanlar akademiyasi va 2022-yildan Xalqaro telekommunikatsiya akademiyasi, 2023-yilda Xalqaro menejment akademiyasi aʼzosi[1].