Shayx Odam Safiyuddin
Said Shayx Odam Safiyuddin[1] (hijriy 1030-yil 6-Jumadul-oxir (milodiy 1548-yil) / milodiy 1622-yil rajab oyining 7-sanasida Hindistonning Ahmadobod shahrida vafot etgan) – Mustaʼliy Islomning Toyyibiy mazhabida 28-Daʼi al-mutlaq (mutlaq missioner) lavozimida faoliyat yuritgan. U 27-daʼi Said Dovud bin Qutubshohdan keyin bu diniy lavozimga tayinlangan[2].
Said Shayx Odam Safiyuddin | |
---|---|
شيخ ادم صفي الدين | |
![]() Said Shayx Odam Safiyuddin maqbarasi | |
Unvoni |
|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1548-yil |
Vafoti | 1622-yil (hijriy 1030) |
Ahmadobod, Hindiston | |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Diniy oqimi |
Ismoiliy Toyyibiy |
Yurisprudensiya | Mustaaliy |
Hayoti
tahrirSaid Shayx Odam 1548-yilda Vadodara shahrida tugʻilgan. Otasining ismi Toyyib Shoh edi. Said Shayx Odam Vadodara shahrida boshlangʻich taʼlim olgan va qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Ahmadobodga ketadi. U keyinchalik Yamanda Said Yusuf Najmuddin ibn Sulaymon qoʻli ostida tahsil olgan. Said Yusuf vafotidan soʻng, Said Shayx Odam Hindistonga qaytib keladi va Said Dovud bin Ajabshoh qoʻl ostida xizmat qiladi. Dovud bin Ajabshoh uni Dekan platosidagi holatni oʻrganish uchun yuboradi. Uning eng ahamiyatli xizmatlardan biri Sulaymon ibn Hasanning daʼvolarini muhokama qilishi boʻlgan.
Vorisi
tahrirShayx Odam Safiyuddinning diniy lavozimdagi faoliyati 9 yilu 21 kun davom etgan. U Ahmadobodda dafn etilgan. Dovudi Bohra taʼlimotiga koʻra, Said shayx Odam Safiyuddin Said Abduttoyyib Zakiyuddinni oʻz vorisi etib tayinlagan va nass bergan.
Galereya
tahrir-
28-daʼi Said Shayx Odam Safiyuddin qabrining kirish eshigi
Manbalar
tahrir- ↑ List of Syednas (Wayback Machine saytida 2012-07-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Archived copy“. 2008-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-avgust.
Havolalar
tahrir- Daftary, Farhad, The Ismaili, Their History and Doctrine (Chapter -Mustalian Ismailism- p. 300-310)
- Lathan, Young, Religion, Learning and Science
- Bacharach, Joseph W. Meri, Medieval Islamic Civilisation