Sherbaqti (tuman)
Sherbaqti tumani — Pavlodar viloyatining tarkibidagi tuman. Aholisi 2012-yilgi statistika boʻyicha 21,349 kishi, Maydoni 6,9 ming km2. Tuman markazi — Sherbaqti qishlogʻi.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Pavlodar viloyati |
Maʼmuriy markazi | Sherbaqti |
Asos solingan sanasi | 1928-yil |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2012) | 21 349[1] |
Millatlar tarkibi |
Qozoqlar - 41,36% Ruslar - 34,83% Ukrainlar - 11,74% Olmonlar - 6,82% Tatarlar - 1,7% Beloruslar - 0,84% Ingushlar - 0,75%[1] |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar |
Maydoni | 6,9 ming km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Pochta indeksi | 141100-141113[2] |
Avtomobil raqami kodi | S, 14 |
Xaritada | |
52°30′0″N 78°9′36″E / 52.50000°N 78.16000°E |
Tarixi
tahrir1928-yili 17-yanvarda tarkibida shu paytda Volodarskiy deb nomlanuvchi hozirgi Sherbaqti tumani ham mavjud, jami 9 tumanni oʻz tarkibiga olgan Pavlodar okrugi tashkil topdi. Sherbaqti tumanining markazi Voznesenka qishlogʻi boʻldi. 1930-yillarning boshida Sherbaqti tumani Sharqiy Qozogʻiston viloyatining tarkibida boʻldi. 1938-yining 15-yanvaridan boshlab Pavlodar viloyatining tarkibiga kirdi. 1930-yillarning boshidan chegaralar doimiy ravishda oʻzgarishga uchrab turdi va qishloq-sovetlarga boʻlindi. 1944-yilning 8-mayida tuman Tsuryupinskiy va Galkinskiy boʻlib ikkiga boʻlindi. 1963-yilning 2-yanvarida Sherbaqti tumanining nomi Tsuryupiskiy tumanidan Sherbaktinskiy boʻlib oʻzgartildi. Markazi Sherbaqti qishlogʻi boʻldi, viloyat markazi Pavlodar shahridan 85 km uzoqlikda joylashgan. Tumanni Rossiya bilan bogʻlab turuvchi temir yoʻli mavjud.
Aholisi
tahrirMilliy tarkibi
tahrirTuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil):[3]
- qozoqlar — 8 831 kishi (41,36 %)
- ruslar — 7 437 kishi (34,83 %)
- ukrainlar — 2 507 kishi (11,74 %)
- olmonlar — 1 456 kishi (6,82 %)
- tatarlar — 363 kishi (1,7 %)
- beloruslar — 180 kishi (0,84 %)
- ingushlar — 161 kishi (0,75 %)
- moldavanlar — 70 kishi (0,33 %)
- chechenlar — 44 kishi (0,2 %)
- umumiy — 300 kishi (1,40 %)
- Umumiy — 21 349 kishi (100,00 %)
Dinamika soni
tahrirTuman aholisining soni 1999-yilda 29,0 ming kishini tashkil qildi, 2012-yilda esa — 21,3 ming kishi tashkil qildi.
Geografik sharoiti
tahrirTuman shimoliy tarafidan Uspen tumani bilan, shimoliy-sharqida — Oltoy oʻlkasi bilan, janubiy tarafidan — Lebyaji tumani bilan, gʻarbida — Pavlodar tumanlari bilan chegaradosh.
Iqlimi
tahrirTuman iqlimi mutlaq kontinentalli. Tumanda bahor va yoz oylaridagi qurgʻoqchilik boʻladi, qish oyida qahraton sovuq boʻladi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −18º-19 °C, iyul oyiniki — +20º+21 °C. Tumanda asosan yogʻingarchilik bahor oylariga toʻgʻri keladi. Yogʻingarchilikning oʻrtacha miqdori 250–300 mm.
Hududiy boʻlinishi
tahrirTuman tarkibida 16 ta qishloq mavjud: Sherbaqti, Aleksandrovskiy, Alekseevskiy, Galkinskiy, Jilbulaq, Ilichyovskiy, Krasilovskiy, Qarabiday, Nazarovskiy, Orlovskiy, Severniy, Sosnovskiy, Tatyanovskiy, Xmelnitskiy, Chigirnovskiy, Shalday. Qishloqlarning pochta indekslari: Aleksandrovka — 141101; Alekseevka — 141102; Bogodarovka — 141103; Galkino — 141104; Krasilovka — 141105; Nazarovka — 141106; Orlovka — 141107; Saxnovka — 141108; Severnoe — 141109; Sosnovka — 141110; Tatyanovka — 141111; Xmelnitskoe — 141112.
Ijtimoiy soha
tahrirTaʼlim
tahrirSherbaqti tumanida 28 ta umumiy bilim beruvchi maktab, 1 kasbiy maktab-litsey faoliyat yuritmoqda.
Tibbiyot
tahrirTumanga Sherbaqti markaziy tuman kasalxonasi hizmat koʻrsatadi.
Madaniyat
tahrir1931-yildan buyon tuman „Tribuna“ roʻznomasi nashr qilinmoqda. Tumanda Sherbaqti markaziy tuman kutubxonasi mavjud. Monumentalli tarixiy yodgorliklari: 1920-yili Fuqoro urushi fahriylarining ziyorathogi, Aleksandrovka qishlogʻi Mehnat unvoni haykali, DT-54 traktori, 1979-y., Saxnovka qishlogʻi. Ulugʻ Vatan Urushida vafot etganlar uchun memorial.
Taniqli shaxslar
tahrir- Alimbaev Muzaffar — Qozogʻiston xalq yozuvchisi, Davlat sovgʻasining laureati.
- Shaxmardan Qaydaruli Abilev — opera qoʻshiqchisi, pedagog, QR mehnati singan qoʻshiqchisi (1994)
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Департамент статистики Павлодарской области, 2013-04-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-17
- ↑ „Почтовые индексы Казахстана“. 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-noyabr.
- ↑ Departament statistiki Pavlodarskoy oblasti, 2013-04-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-17