Shermuhammad madrasasi — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (XVII— XVIII-asrlarga mansub). Shermuhammad madrasasi Qarshi qal’asining markaziy maydoni hisoblangan Registon maydoni sharqiy qismida joylashgan[1][2].

Shermuhammad madrasasi
Shermuhammad madrasasi
Umumiy maʼlumot
Shahar Qarshi
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Tarixi

tahrir

Shermuhammad madrasasi XIX asrning 60-yillari oʻrtalarida qurilgan. Registon atrofida joylashgan madrasalardan biri hisoblangan[2]. Hijriy 1282-yilda (1869-yil) mahalliy usta Abdulhakim Nasafiy tashqi eshikni yasaganligi qayd etilgan yozuv saqlanib qolgan. Shermuhammad madrasasi roʻparasida, undan biroz qiyaroqda zindonning koʻrimsiz imorati koʻrinib turardi. XX asr boshlariga kelib, bir vaqtlar yerdan chuqur kovlagan, arqon bilan tushadigan oʻra — zindonlar tugatilib, jinoyatchilar maxsus qurilgan qamoqxonada saqlanadigan boʻlgan. 1885-yilda amir Ahadning taxtga chiqishi munosabati bilan butun amirlikda zindonlar bekor qilinib, qamoqxonalar joriy etilgandi. Qal’a qamoqxonasi pastak bino boʻlib, katta hajmdagi umumiy xonadan iborat edi. Shiftda qoldirilgan darchalarga chiroqlar oʻrnatilgan boʻlgan[1].

Meʼmorchiligi

tahrir

Madrasaning ikki burjida kattakon darsxonalar joylashgan, hujralar soni 17 tani tashkil etgan. Hujralarning ikkitasi mudarrislarga moʻljallangan. Hujralar kirishda oʻng va chap tomonlarda joylashgan. Hujralar asosan bir xonadan iborat boʻlib, bezaksiz, eshik tanasida ganch panjaralar oʻrnatilgan boʻlib, ulardan yorugʻlik tushib turgan. Madrasaning peshtoqi uncha baland boʻlmagan. Peshtoqning ikki yoni tepasi naqshli gʻishtin qubbalar bilan bezatilgan. Shermuhammad madrasasi pishiq gʻishtdan koʻtarilgan. Peshtoq baland ishlangan, eshiklarga boʻrtma naqshlar solingan boʻlgan. Madrasa chorsi tarhli, bosh tarzi besh xonadan iborat boʻlgan. Markazida miyonsaroy, 2 yonida darsxona joylashgan boʻlib, burchaklariga guldastalar ishlangan. Guldastalar tepasi fonusli boʻlib, miyonsaroy orqali hovliga chiqilgan. Hovli atrofi oldi ravoqli hujralar bilan oʻralgan. Bezagida ganch oʻymakorligi va chaspak uslubida girih naqshlar qoʻllangan[1].

Meʼmoriy obidada sirli koshinlar kam ishlatilgan boʻlsa-da, ayniqsa, uning old qismi koʻrkam koʻrinadi. Yassi ravoqlar va gumbazlar ham mohirona ishlangan. XVIII asrlarda bunyod etilgan madrasalarda bezak, naqsh nisbatan oz boʻlgan. Bu hol Samarqand, Buxoro, Xiva obidalari uchun ham xos[1].

Adabiyotlar

tahrir

Poyon Ravshanov. Qarshi tarixi, Yangi asr avlodi nashriyoti, Toshkent, 2006 — 647-bet. ISBN 5-633-01899-0. 

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Poyon Ravshanov. Qarshi tarixi, Yangi asr avlodi nashriyoti, Toshkent, 2006 — 503—504-betlar
  2. 2,0 2,1 „Registon maydonida joylashgan madrasalar“.