Sherozdagi ommaviy qotillik (2022)
Sheroz qirgʻini — 2022-yil 26-oktyabrda Eronning Sheroz shahridagi Shoh Cherak maqbarasi yaqinidagi qurolli hujum. Ushbu hujum natijasida 15 kishi halok boʻldi, 45 kishi yaralandi[1]. Eron sud tizimi voqeani „terrorchilik“ deb tan oldi. Hujum uchun mas’uliyatni „Islomiy davlat“ oʻz zimmasiga oldi[2].
Sherozdagi ommaviy qotillik (2022) | |
---|---|
Sana |
2022-yil 15-oktyabr 17:40 |
Jarohat olganlar |
40+ |
Qurbonlar | 15+ |
Jinoyatchi | Iroq va Shom islom davlati |
Tajovuzkorlar | 3 nafar |
2023-yil 8-iyulda ikki kishi hujumga aloqadorligi uchun qatl etildi.
Voqea tavsifi
tahrirIslom Respublikasining IRNA axborot agentligi maʼlumotlariga koʻra, hujumchilar 9-koʻchadan „Peugeot“ mashinasida masjidga kirib, Xodam va u yerda boʻlgan namozxonlarga qarata oʻt ochgan. Ushbu hodisaga aloqador ikki kishi hibsga olingan, yana biri qochib ketgan. Ayni paytda, Fors viloyati politsiyasi qoʻmondoni Rahambaxsh Habibiy bu hujum uchun bir kishi gumondor boʻlgan, yaralangan va hibsga olinganligini aytdi[3].
Otishmada 15 kishi, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻldi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Fifteen killed in attack on Shia mausoleum in southern Iran“ (inglizcha). BBC News (27-oktyabr 2022-yil). Qaraldi: 27-oktyabr 2022-yil.
- ↑ „Fifteen dead in Iran attack on Shiite shrine“ (inglizcha). France 24 (26-oktyabr 2022-yil). Qaraldi: 27-oktyabr 2022-yil.
- ↑ „حمله مسلحانه به شاهچراغ؛ منابع رسمی: ۱۵ تن کشته شدند؛ تردید کاربران در صحت روایت حکومتی“ (forscha). Voice of America (26-oktyabr 2022-yil). Qaraldi: 27-oktyabr 2022-yil.