Sheroz – Eronning yirik shaharlaridan biri va Eronning janubi-gʻarbidagi Fors viloyatining markazi. Aholisi 2 mln. ga yaqin. Sheros Zogras togʻli hududlarida joylashgan, iqlimi moʻtadil. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qishloq xoʻjaligi (atirgul, uzum, sitrus mevalar, tamaki, qand lavlagi yetishtirish) rayonining savdo markazi. Sh. uzoq oʻtmishdan unumli hududda joylashgani sababli dehqonlar va koʻchmanchi aholi uchun mahalliy tovar ayirboshlash joyi boʻlib kelgan. Bu shahar Eronning janubiy portlariga olib boruvchi savdo yoʻlida joylashgan. Kimyo, elektrotexnika, neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik, neft kimyosi, toʻqimachilik, oziq-ovqat (shu jumladan, atirgul moyi ishlab chiqarish) sanoati korxonalari mavjud. Sh. oʻzining gilamlari, zargarlik, mozaika (koshinkorlik) va kumush buyumlari, miniatyuralari bilan dunyoga mashhur.

Sheroz

شیراز
Shahar
Yuqoridan soat aylanishi boʻyicha: Sherozning yuqoridan koʻrinishi; Saʼdiy maqbarasi; Shoh Chiroq; Nosir al-Mulk masjidi; Bogʻi Eram; Karimxon arki; va Hofiz maqbarasi
Sheroz
Bayroq
Sheroz
Gerb
29°36′36″N 52°32′33″E / 29.61000°N 52.54250°E / 29.61000; 52.54250
Mamlakat Eron
Uston Fors
Shahriston Sheroz
Hukumat
 • Hokim Muhammad Hasan Asadiy
Maydon 240 km2 (93 kv mi)
Dengiz sathidan 1,500 m
Rasmiy til(lar)i Fors tili
Aholisi
 (2016)
1,800,000[1]
Zichligi 6,670 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+3:30 (Eron standart vaqti)
Sheroz xaritada
Sheroz
Sheroz

Koʻplab tarixiy, madaniy va diniy diqqatga sazovor joylar tufayli Sheroz har doim koʻplab sayyohlarni oʻziga jalb qilgan. Eronning eng buyuk va mashhur shoirlaridan boʻlgan Saʼdiy va Hofiz qabrlari Sheroz shahrida joylashgan[2].

Sheroz nomi tarixiy kitoblar va hujjatlarda „Tirozis“, „Shirozis“, „Sheroz“ kabi turli nomlar bilan qayd etilgan. Sosoniylar davrida Sheroz oʻrnida qishloq boʻlgan. Safforiylar va Zaydiylar (Eronning qadimgi hukumatlari) davrida Eron poytaxti etib saylangan. VII asrda arablar tasarrufiga oʻtgach, shahar kengaygan. XIV-XV asrlarda Sheroz oʻzining miniatyuralar maktabi bilan mashhur boʻlgan. XVIII asrning 2-yarmida Eron poytaxti Sheroz fors shoirlari Saʼdiy va Hofizning vatani boʻlgan. Somikon olov ibodatxonasi, Xoji Kirmoni maqbarasi, Karimxon qal`asi, Jahonnamo va Eram bogʻi Sherozning diqqatga sazovor joylaridandir. Sheroz shahridan 50 km shimoli-sharqda Persepol xarobalari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa devorlari va boshqalar saqlangan.

Etimologiyasi

tahrir

Sheroz nomi fonetik jihatdan /tiračis/ yoki /ćiračis/ deb talqin qilinadi. Qadimgi fors tilida /širājiš/ tarzida uchraydi, muntazam tovushlar oʻzgarishi orqali zamonaviy forscha Shirāz nomi hosil boʻladi. Sheroz nomi milodiy 2-asrga oid sosoniylar xarobasida, shaharning sharqidan topilgan loy plombalarda ham uchraydi. Firdavsiyning Shohnomasiga koʻra, Sheroz nomi dunyoning uchinchi shohi Tahmurasning oʻgʻlidan kelib chiqqan[3].

Iqtisodiyoti

tahrir

Sheroz janubiy Eronning iqtisodiy markazidir. 19-asrning ikkinchi yarmida Sheroz iqtisodiyotini tubdan oʻzgartirgan iqtisodiy oʻzgarishlar yuz berdi. 1869-yilda Suvaysh kanalining ochilishi Eron janubiga Yevropada ishlab chiqarilgan sanoat mollarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki Hindiston orqali keng koʻlamda olib kirish imkonini berdi[4]. Misli koʻrilmagan miqdordagi dehqonlar koʻknori, tamaki va paxta kabi ekinlarni ekishni boshladilar. Eksportbop ushbu ekinlarning aksariyati Fors koʻrfaziga Sheroz orqali olib chiqilgan. Fors oʻlkasidan boʻlgan uzoq masofalarga qatnovchi eroniy savdogarlar Bombey, Kalkutta, Port-Said, Istanbul va hatto Hong Kongda savdo uylari tashkil qilib, ushbu tovarlarning bozor tarmogʻini rivojlantirdilar[4].

Sherozning iqtisodiy asosini viloyat mahsulotlari, jumladan, uzum, sitrus mevalar, paxta va sholi tashkil etadi[5]. Sanoatning sement ishlab chiqarish, shakar, oʻgʻit, toʻqimachilik mahsulotlari, yogʻoch buyumlari, metallsozlik, gilamchilik kabi tarmoqlari ustunlik qiladi[5]. Sherozda yirik neftni qayta ishlash zavodi ham bor va u Eronning elektron sanoatining asosiy markazi hisoblanadi. Eronning elektronika yoʻnalishidagi sarmoyasining 53% i Sherozga yotqizilgan[6]. Qishloq xoʻjaligi har doim Sheroz va uning atrofida iqtisodiyotning asosiy qismi boʻlgan. Bu qisman atrofdagi choʻllarga nisbatan suvning nisbatan koʻpligi bilan bogʻliq. Sheroz gilam ishlab chiqarish va gullar bilan ham mashhur. Mintaqada uzumchilik uzoq tarixga ega boʻlib, ilgari bu yerda Sheroz sharobi ishlab chiqarilgan. Sheroz ham Eronning IT, aloqa, elektronika sanoati va transport markazi hisoblanadi[manba kerak].

Sheroz maxsus iqtisodiy zonasi (SEEZ) 2000-yilda elektronika va aloqa sohasida ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan[7].

25 dan ortiq savdo markazlari va 10 lab bozorlari boʻlgan Sheroz Eron va Yaqin Sharqning yirik savdo markazidir[8].

Shaharning shimolida joylashgan Fors koʻrfazi majmuasi doʻkonlari soni boʻyicha dunyodagi eng yirik savdo majmua hisoblanadi[9].

Vakil bozor, dunyoning eng qadimgi bozorlaridan biri, Sherozning eski shahar markazida joylashgan. Hovlilari, karvonsaroylari va hammomlari boʻlgan bozor doʻkonlarida turli xil ziravorlar, fors gilamlari, misdan yasalgan hunarmandchilik va antiqa buyumlar sotiladi.

Shaharga Refah Chain Stores Co., Iran Hyper Star, Isfahan City Center, Shahrvand Chain Stores Inc., and Ofoq Kourosh kabi doʻkonlar tarmoqlari xizmat koʻrsatadi.

 
Kechki Sherozning panoramik koʻrinishi
 
Sherozning tungi panoramik koʻrinishi

Aholisi

tahrir
Etnik guruhlar[10]
Forslar
  
84.4%
Turkiy xalqlar
  
10.6%
Lurlar
  
3.6%
Boshqalar
  
1.5%
Aholining oʻsishi
YilAholi±% y.oʻ.s.
1986848,289—    
1991965,117+2.61%
19961,053,025—    
20061,227,331—    
20111,460,665—    
20161,565,572—    
manba:[11]

2006-yilgi aholini milliy roʻyxatga olish natijalariga koʻra, aholisi 1 204 882 kishi boʻlib, 265 637 uy xoʻjaligidan iborat[12]. Aholini roʻyxatga olish 2011-yilda davom ettiriladi va oʻshanda 416 141 xoʻjalikda yashovchi 1 460 665 kishi roʻyxatga olinadi[13]. Oxirgi roʻyxatga olish 2016-yilda oʻtkazilgan boʻlib, unda shaharda 1 565 572 kishi 477 916 xonadonda yashashi qayd etilgan[14]. Aholining katta qismini forslar tashkil qiladi[15]. Aksari musulmon. Sherozda, shuningdek, 20 000 yahudiy yashaydi, biroq ularning aksari XX asrning ikkinchi yarmida AQSh va Isroilga koʻchib ketishgan[16]. Tehron va Isfahon bilan birgalikda Sheroz yahudiylar soni va ishlab turgan sinagogaga ega boʻlgan Eron shaharlaridan biridir. Sherozda bahoiylar soni ham koʻp, Tehrondan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Hozirda Sherozda ikkita cherkov faoliyat olib bormoqda, biri arman, ikkinchisi anglikan cherkovidir[17].

Madaniyati

tahrir

Sheroz shoirlar, bogʻlar, sharob, bulbullar va gullar shahri sifatida mashhur[18][19]. Sheroz hunarmandchiligi uchburchak naqshli mozaika, kumush buyumlar, gilamdoʻzlikdan iborat. Qishloqlarda va qabilalarda gilim (Shiroz kilim) deb nomlangan gilamlar va Jajim nomli koʻrpacha yasash bilan shugʻullangan[manba kerak].

Bogʻ Eron madaniyatining muhim qismidir. Sherozda koʻplab qadimiy bogʻlar, xususan, Bogʻi Eram va Afifobod bogʻi mavjud. Baʼzi odamlarning fikricha, Sheroz Ispaniyaning Xeres [yoki Jerez]] shahri bilan sherry sharobining vatani boʻlish ustidan bahslashadi[20]. Sheroz sharobi shu shaharga borib taqaladi, biroq hozirgi islomiy rejimda ayrim diniy ozchiliklardan tashqari spirtli ichimliklar ichish mumkin emas[21].

Sheroz Hofizning vatani ekanligidan faxrlanadi. Sheroz Eron madaniyatining markazi va koʻplab mashhur shoirlarni yetishtirib bergan. XII-XIII asrlarda yashagan shoir Saʼdiy Sherozda tugʻilgan. U yoshligida tugʻilib oʻsgan shahrini tark etib, Nizomiyyada arab adabiyoti va islom ilmlarini oʻrganish uchun Bagʻdodga boradi. U vatani Sherozda yana paydo boʻlganida, allaqachon qarigan edi. Sheroz, Otabak Abubakr Saʼd ibn Zangiy (1231–1260) davrida nisbatan osoyishtalik davrini boshdan kechirayotgan edi. Saʼdiy nafaqat shaharda kutib olindi, balki u hukmdor tomonidan katta hurmatga sazovor boʻlgan va viloyatning buyuklaridan sanalgan. U umrining qolgan qismini Sherozda oʻtkazgani taxmin qilinadi. Yana bir mashhur shoir va mutasavvif Hofiz ham Sherozda tugʻilgan. Bir qancha olimlar ham Sherozdan chiqqan. XIII asrda yashagan astronom, matematik, tabib, fizik va olim Qutbiddin Sheroziy Sherozlik edi. U oʻzining „Osmon bilimlari toʻgʻrisida“gi „Muvaffaqiyat chegarasi“ asarida geliotsentrizm imkoniyatlarini ham muhokama qilgan[22].

Manbalar

tahrir
  1. „Major Agglomerations of the World – Population Statistics and Maps“. citypopulation.de (2018-yil 13-sentyabr). 2018-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Мавзолей Хафиза“.
  3. Conder, Josiah. Persia and China. Printed for J. Duncan, 1827 — 339-bet. 
  4. 4,0 4,1 „Religious Dissidence and Urban Leadership: Baha'is in Qajar Shiraz and Tehran“. Personal.umich.edu (1968-yil 20-aprel). Qaraldi: 2011-yil 5-may.
  5. 5,0 5,1 Tore Kjeilen. „Shiraz“. I-cias.com (2005-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 5-may.
  6. „Projects – Shiraz Special Electronic Economic Zone“. Arsh K S Co.. 2011-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-may.
  7. „Overview“. Shiraz Special Economic Electronic Zone (SEEZ). Qaraldi: 2013-yil 17-oktyabr.
  8. „Shiraz Shopping Centers – IRAN TRAVEL, TRIP TO IRAN“. www.irangazette.com. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
  9. Iran to open 830m Fars Shopping Centre, Construction Weekly Online
  10. فهرست نویسی پیش از انتشار کتابخانه ملی جمهوری اسلامی ایران * شماره شابک ملّی:۲۸۹۰۶۹۰ *عنوان و نام پدیدآورنده:طرح بررسی و سنجش شاخص‌های فرهنگ عمومی کشور (شاخص‌های غیرثبتی)
  11. „Iran: Provinces, Major Cities & Towns - Population Statistics, Maps, Charts, Weather and Web Information“. www.citypopulation.de.
  12. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1385 (2006)“ (fa) (Excel). AMAR. The Statistical Center of Iran. 2011-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  13. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1390 (2011)“ (fa) (Excel). Syracuse University. The Statistical Center of Iran. 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
  14. „Census of the Islamic Republic of Iran, 1395 (2016)“ (fa) (Excel). AMAR. The Statistical Center of Iran. 2022-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-dekabr.
  15. „Iran – City Population – Cities, Towns & Provinces – Statistics & Map“. Citypopulation.de (2010-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 5-may.
  16. Huggler, Justin. „Jews accused of spying are pawns in Iran power struggle“. The Independent (2000-yil 4-iyun). 2012-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-may.
  17. Tait, Robert. „Bearing the cross“. The Guardian (2005-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 23-may.
  18. „Iranian Cities: Shiraz“. Iranchamber.com. Qaraldi: 2011-yil 5-may.
  19. „Shiraz“. Asemangasht.com. 2012-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-may.
  20. Maclean, Fitzroy, Eastern Approaches. (1949). Reprint: The Reprint Society Ltd., London, 1951, p. 215
  21. „Shiraz City info (culture and lifestyle)“ (en). aboutshiraz.com. 2021-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-noyabr.
  22. A. Baker and L. Chapter (2002), „Part 4: The Sciences“. In M. M. Sharif, „A History of Muslim Philosophy“, Philosophia Islamica.

Havolalar

tahrir