Shevket Enverovich Kaybullayev (1954-yil 27-sentyabr, Toshkent, OʼzSSR, SSSR) – beshinchi chaqiriq Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Radasi deputati[1], Qrim-tatar xalqi majlisi prezidiumi axborot siyosati va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi[2].

Shevket Enverovich Kaybullayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 27-sentyabr 1954-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Turmush oʻrtogʻi Elmira
Bolalari Ruslan, Enver, Alim
Xizmat yillari 19731975

Tarjimai holi

tahrir

Shevket Kaybullayev 1954-yil 27-sentyabrda Oʻzbekiston SSR Toshkent shahrida tavallud topgan.

Shevket Enverovich 1973–1975-yillarda SSSR Qurolli Kuchlarida xizmat qilgan, keyin murakkab maishiy texnika tayyorlash kombinatida tahsil olgan (Toshkent). 1976-yildan Toshkent taʼmirlash-maishiy kombinatida, Markaziy konstruktorlik-texnika byurosida (1977–1978, Toshkent), Toshkent universitetida (1979–1984) hamda Kimyo va oʻsimlik moddalari institutida (1985) mexanik boʻlib ishlagan. 1985-yilda Toshkent Davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan.

Shevket 1990-yildan beri Simferopolda yashaydi. Ant kompaniyasida (1995-yilgacha) elektromontyor boʻlib ishlagan. 1989–1996-yillarda Qrim-tatar milliy harakat tashkiloti markaziy kengashining ijrochi kotibi hamda xalqaro boʻlim boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1991–1996-yillarda Simferopol viloyat majlisida rais boʻlgan. Shevket 1992-yildan Qrim tatarlari tarix va madaniyati tadqiqotchilari jamiyati raisi[3], „Kasevet“ tarixiy-etnografik jurnal bosh muharriri boʻlib faoliyat olib borgan. 1999-yildan Qrim-tatar xalq majlisining jamoatchilik tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimining boshligʻi va bir vaqtning oʻzida 2005-yildan „Avdet“ gazetasining bosh muharriri boʻlib ishlagan[4].

Kaybullayev 2006-yildan 2010-yilgacha beshinchi chaqiriq Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Radasi deputati va Qrim Avtonom Respublikasi Radasi „Kurultay-Rux“ kotibi boʻlib xizmat qilgan.

Oilasi

tahrir

Shevket Enverovich Kaybullayev oilali. Uning Elmira ismli rafiqasi va 3 nafar oʻgʻli bor. Farzandlarining ismi Ruslan, Enver va Alim.

Manbalar

tahrir
  1. Po sostoyaniyu na oktyabr 2010 g.
  2. „Кайбуллаев Шевкет Энверович“. Меджлис крымскотатарского народа : официальный сайт. 2013-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-fevral.
  3. „Определены имена 20 наиболее влиятельных крымских татар полуострова“. QHA : Агентство Крымские новости (2007-yil 14-fevral). 2013-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-fevral.
  4. „О газете“. Крымскотатарская газета «Авдет». 2013-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-fevral.