Shibliy ota maqbarasi
Shibliy ota maqbarasi— hozirgi Qoraqalpogʻiston Respublikasi (Qadimiy Xorazm) Kegeyli tumani, Xalqobod elatida „Jalpaq jap“ va „Qumshungil“ ovul fuqorolar yigʻini hududida joylashgan maqbara. Maqbara milodiy 945-yili 87 yoshida vafot etgan mashhur ulamo Shayx Shibliy sharafiga bunyod etilgan boʻlib, obyekt davri X—XIV, XVIII—XIX, XX asrlarni oʻz ichiga oladi.
Shibliy ota maqbarasi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Meʼmoriy yodgorlik |
Turi | Maqbara |
Manzili | Xalqobod elati „Jalpaq jap“ va „Qumshungil“ ovul fuqorolar yigʻini |
Shahar | Kegeyli tumani |
Mamlakat | Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 42°41′40″N 59°47′16″E / 42.694471°N 59.787843°E |
Qurilishi boshlangan | X—XIV asr |
Qurilishi tugagan | XX asr |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Shibliy ota maqbarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishli va „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan[2].
Shayx Shibliy shaxsi va maqbarasi
tahrirTarixiy manbalarda keltirilgan malumotlarga koʻra, Abu Bakr ash-Shibiliy milodiy 858-yili tugʻilgan. Shayxning tugʻilgan joyi toʻgʻrisida malumotlar mavjud emas. Sharqshunos olimlarning taʼkidlashicha, Shayx Shibiliy 912-yili Bagʻdod shahridagi taniqli uch shayxdan biri ekani, shuningdek, otasi bilan birga Bagʻdod xalifasi saroyida xizmat qilgan taniqli olim sifatida tilga olingan. Mansur Xalloj 922-yilda „Ana al-Haq“ (yaʼni Men Xudoman) deganligi sababli Bagʻdod xalifasi boʻlgan Al Muqtadir tomonidan oʻlim jazosiga hukm qilinadi. Uning tarafdorlari boʻlgan koʻpchilik ulamo va muridlar „Biz uning nima deyayotganini tushunmadik“ deb, Mansur Xallojning oʻldirilishiga rozilik berishmagan. Qarshiliklarga qaramay xalifa farmoni bilan Mansur Xalloj dorga osilgan va uning tarafdorlari quvgʻinga uchragan. Bu paytda Shayx Shibliy ham gumon ostiga olinganlar qatorida Bagʻdoddan ketishga majbur boʻlgan[3].
Boshqa manbalarga koʻra Shibliy sufizm taʼlimotini yoyish maqsadi bilan savdo yoʻli orqali X asrning birinchi yarmida Janubiy orol (Qadimiy Xorazm)boʻylariga keladi. Taxminlarga koʻra bu vaqtda Shayx Shibliy 60 yoshlarda boʻlgan va bugungi Qoraqolpogʻiston (Qadimiy Xorazm) hududlariga kelib, mahalliy aholiga xizmat qilgan va ular orasida obroʻ qozongan. Shayx Shibliy 945-yili 87 yoshida (Qadimiy Xorazm) hozirgi Kegeyli tumani hududida vafot etgan va shu yerga dafn qilingan[4].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Тарихий, бадиий ёки ўзга маданий қимматлилиги туфайли гаров ва ипотека қўлланилиши мумкин бўлмаган объектлар рўйхати (ЎзР ВМ 05.12.2014 й. 335-сон қарорига илова) | Majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar | Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar | Fuqarolik va oila qonunchiligi | OʻzR KonunchiligiMaʼlumotlar tizimi „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obʼektlar roʻyxati (OʻzR VM 05.12.2014 y. 335-son qaroriga ilova)“ | NRM.uz“. nrm.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ „846-сон 04.10.2019. Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida“ (uz-Latn-UZ). lex.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Beshigida avliyolar yotgan elim - Страница 7 - uForum.uz“. uforum.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Qoraqalpog'iston Respublikasi | Uzbekistan Travel“ (uz). uzbekistan.travel. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.