Shimotsuke (Tochigi)
Shimotsuke (yaponcha: 下野市 Shimotsuke-shi ) Yaponiyaning Tochigi prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 1-avgust holatiga koʻra, shaharda 24.654 ta xonadonda 60.274 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 810 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 74,59 kvadrat kilometr (28,80 mi²) ga teng.
Shimotsuke 下野市 | |
---|---|
Shahar | |
36°23′41.5″N 139°51′6.5″E / 36.394861°N 139.851806°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Kanto viloyati |
Asos solingan | 10-yanvar 2006-yil |
Maydon | 74.59 km2 (28.80 kv mi) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2020-yil avgust) |
60 274 |
Zichligi | 810 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0285-40-5551 |
|
Geografiyasi
tahrirShimotsuke Tochigi prefekturasining janubiy qismida joylashgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
tahrirIqlimi
tahrirShimotsuke nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi issiq va qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Shimotsukeda oʻrtacha yillik harorat 13,9 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1373 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,2 °C, eng past harorati esa yanvarda, 2,4 °C atrofida boʻladi[2].
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Shimotsuke aholisi soni uzoq vaqt oʻsishdan soʻng yaqin yillarda yana pasyishni boshlagan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 20,526 | — |
1930 | 23,069 | +12.4% |
1940 | 24,691 | +7.0% |
1950 | 33,491 | +35.6% |
1960 | 32,401 | −3.3% |
1970 | 36,471 | +12.6% |
1980 | 43,641 | +19.7% |
1990 | 46,673 | +6.9% |
2000 | 57,447 | +23.1% |
2010 | 59,464 | +3.5% |
2020 | 59,507 | +0.1% |
Tarixi
tahrirShimotsuke shahri 2006-yil 10-yanvarda Minamikavachi (Kavachi tumanidan) hamda Kokubunji va Ishibashi (ikkalasi ham Shimotsuga tumanidan) shaharlarining birlashishi natijasida tashkil etilgan.
Hukumat
tahrirShimotsuke toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shimotsuke shahrida Tochigi prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzodan qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan shahar Yaponiya Dietining quyi palatasining Tochigi 1-okrugi va Tochigi 4-okrugi oʻrtasida boʻlib olingan.
Iqtisodiyoti
tahrirQishloq xoʻjaligi va yengil sanoat mahalliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari hisoblanadi. Lekin soʻnggi yillarda shahar qoʻshni Utsunomiya uchun yotoqxona vazifasini oʻtovchi hududga aylanib bormoqda.
Taʼlim tizimi
tahrir- Shimotsuke shahrida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻn ikkita davlat boshlangʻich maktabi va ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Tochigi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi mavjud. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan. Shuningdek, Jichi tibbiyot universitetining binosi ham shu yerda joylashgan
Transport
tahrirTemir yoʻl
tahrirJR Sharqiy yoʻnalish — Tohoku magistral liniyasi (Utsunomiya liniyasi)
- Koganei — Jichiidai — Ishibashi
Magistral yoʻl
tahrir- Milliy yoʻnalish 4
- Milliy yoʻnalish 352
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
tahrir- Shimotsuke Kokubun-ji xarobalari, Milliy tarixiy joy
- Shimotsuke Kokubunni-ji xarobalari, Milliy tarixiy joy
- Shimotsuke Yakushi-ji ibodatxonasi va Dokyo qabri, Milliy tarixiy joy
- Kabutozuka Kofun, Milliy tarixiy joy
- Koganei Ichirizuka, Milliy tarixiy joy
Xalqaro munosabatlar
tahrir- — Dietzhölztal, Hessen, Germaniya — doʻstlik shahri[4]
Shimotsukedan chiqqan taniqli odamlar
tahrir- Eiji Ochiai, professional beysbolchi
- Arisa Komiya, dublyaj aktrisasi
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Shimotsuke City official statistics“ (Japanese).
- ↑ Shimotsuke climate data
- ↑ Shimotsuke population statistics
- ↑ [1] Germany Embassy in Japan
Havolalar
tahrir- Veb[sayt ishlamaydi] -sayt (yaponcha)