Shimpanze
Shimpanze (Pan troglodytes) — odamsimon maymunlar oilasiga mansub urugʻ. Boʻyi 150 sm gacha, vazni 50–60 kg (pakana shimpanze ancha kichik). Oldingi oyoqlari orqadagisiga nisbatan uzun, panjasi tor, birinchi barmogʻi kalta, boshqalari uzun. Orqa oyogʻi barmoqlari oʻrtasida qisqa teri parda bor. Jun rangi qora, boshi kichikroq, dumaloq, yuz skeleti bir oz oldinga boʻrtib chiqqan. Bosh miyasi 350—550 sm3. Quloq suprasi katta, tishlari boshqa odamsimon maymunlarga nisbatan kuchsiz rivojlangan.
Shimpanze[1] | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
P. t. schweinfurthii (Kibale milliy bogʻi, Uganda) | ||||||||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||
| ||||||||||||||
| ||||||||||||||
|
2 turi: oddiy shimpanze (3 kenja turi: shveynfurtov shimpanze, chege shimpanze, oddiy shimpanze), pakana shimpanze (junlari uzun, labi qizil) bor. Sharqiy ekvatorial Afrika va Tanganikada tarqalgan. Yerda va daraxtda yashaydi, kafti orqasiga tayanib harakatlanadi, koʻchib yuradi, tunash uchun shoxshabbalardan murakkab in quradi. Hammaxoʻr. Voyaga yetgan erkaklari qushlar va boshqalar mayda hayvonlar (tuyoqlilar bolasi, martishkalar, pavianlar)ni ov qiladi. 6—10 yilda voyaga yetadi. Homiladorlix davri 225 sutka, bolasini 3—4 yil boqadi. 50—60 yil umr koʻradi. Poda (50 yoki koʻproq individdan iborat) boʻlib yashaydi. Podaga kuchli erkagi boshchilik qiladi. Shimpanze juda qiziquvchan va emotsional hayvon. Oʻzaro tovush signallari (30 dan ortiq), imoishora, mimika, gavda holati orqali aloqa qiladi; oddiy narsalarni ishlatishni biladi. Lab. hayvonlari sifatida foydalaniladi.
Shimpanze koʻpchilik belgilariga koʻra, biokimyoviy va genetik jihatdan odamga eng yaqin turadi. Shimpanze ikkala turining ham xromosomalar toʻplami oʻxshash boʻlib, 48 ta xromosomadan iborat. Molekulyar gibridizatsiya orqali odam bilan shimpanze DNKsi oʻrtasidagi farq boshqa hayvonlar bitta urugʻi 2 turi oʻrtasidagi farqdan katta boʻlmasligini koʻrsatdi. Tajribalar shahrini ancha murakkab vazifalarni uddalay olishi, narsalarni qurol sifatida ishlata bilishi (yosh novdalarni sindirib olib, barg va poʻstloqdan tozalashi, shiftga osilgan bananni yashiklarni ustmaust taxlab olishi), imoishoralarni oʻrganib, oʻz soʻz boyligini orttirishi, ulardan ongli foydalana bilishi aniqlangan. Fiziologlar va psixologlar shahridan odam ajdodlari ongining rivojlanishini oʻrganishda model sifatida foydalanishadi. Shimpanze tutqinlikka yaxshi koʻnikadi va koʻpayadi. Shimpanze soni tabiatda keskin kamayib bormoqda. Pakana shimpanze Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkiloti Qizil kitobiga kiritilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Groves, C. P.. Mammal Species of the World: A Taxonomic and Geographic Reference, 3-, Baltimore: Johns Hopkins University Press, 2005 — 183-bet. ISBN 0-801-88221-4. OCLC 62265494.
- ↑ McBrearty, S.; Jablonski, N. G. (2005). „First fossil chimpanzee“. Nature. 437-jild, № 7055. 105–108-bet. Bibcode:2005Natur.437..105M. doi:10.1038/nature04008. ISSN 0028-0836. PMID 16136135. S2CID 4423286.
- ↑ Humle, T.; Maisels, F.; Oates, J. F.; Plumptre, A.; Williamson, E. A. (2018). "Pan troglodytes". IUCN Red List of Threatened Species 2016: e.T15933A129038584. doi:10.2305/IUCN.UK.2016-2.RLTS.T15933A17964454.en. https://www.iucnredlist.org/species/15933/129038584. Qaraldi: 8-avgust 2021-yil.Shimpanze]]
Havolalar
tahrirVikiomborda Shimpanze haqida turkum mavjud |
- DiscoverChimpanzees.org (ingl.)
- Chimpanzee Genome resources (ingl.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |