Shirin Xalmuratova
Shirin Xalmuratova (qoraqalpoqcha: Shiyrin Xalmuratova) — qoraqalpoq xalq shoiri. „O‘n sakkizinchi bahor“, „Sevimli odamlar“, „Bulbul qo‘shig‘i bilan uyg‘onaman“ to‘plamlarining muallifi. Uning she’rlari 1974-yilda „Qoraqalpog‘iston“ nashriyotida chop etilgan qoraqalpoq shoirlarining „Amu qo‘shiqlari“ to‘plamiga kiritilgan.
Shirin Xalmuratova | |
---|---|
Asl ismi | Shiyrin Xalmuratova |
Tavalludi |
1949-yil |
Vafoti | 2013-yil 6-mart |
Kasbi | shoira, jurnalist |
Ijod qilgan tillari | qoraqalpoq tili |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Nukus davlat pedagogika instituti |
Janr | sheʼr, poema |
Turmush oʻrtogʻi | Uzaqbay Pirjanov |
Bolalari | Lira Pirjonova, Goʻzal Pirjonova, Erpoʻlat Pirjanov, Oysultan Pirjanova, Muxtar Pirjanov |
Hayoti va faoliyati
tahrir1949-yili 11-oktyabr Toshkent shahrida davlat arbobi Oʻtesh Xalmurat oʻgʻli (aslida Chimboyli boʻlgan ziyoli insonlardan biri, partiya xodimi) oilasida tavallud topgan. U bolaligidan xulq-atvori bilan ota-onasi, tengdoshlari diqqat-eʼtiboriga tushgan[1].
Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Nukus davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetida tahsil olgan.
Uning dastlabki qoʻshiqlar toʻplami institutda 1-kursda oʻqib yurgan paytida „Oʻn sakkizinchi bahor“ nomli toʻplami nashr etilgan. Shoirning dastlabki qoʻshiqlariga taniqli qoraqalpoq kompozitorlari A.Sultanov, X.Turdiqulovlar musiqa yaratib, sahnada T.Doshumova, S.Mambetova, I.Rafiqovalar tomonidan ijro etilgan.
Shirin Xalmuratovaning ijod namunalari oʻzbek, ozorbayjon, dogʻiston, qirgʻiz, qozoq va Baltik boʻyi xalqlarining tillariga tarjima qilingan[2].
„Bilim“ va „Kitobsevarlar“ jamiyatlarida ishlab, uzoq yillar davomida „Qoraqalpog‘iston kengashi“ gazetasida shaxsiy muxbiri bo‘lib ishlagan.
Oilasi
tahrirYozuvchi, shoir, tarjimon Uzoqboy Pirjonovning rafiqasi.
Bolalari: Lira Pirjonova, Goʻzal Pirjonova, Erpoʻlat Pirjanov, Oysultan Pirjanova va Muxtar Pirjanov. Nevaralari (nabiralari) Nodirabegim, Shahrizoda, Bobur, Tumaris, Alpamis.
Vafoti
tahrirShirin Xalmuratova 2013-yil 6-martda vafot etgan.
Kitoblari
tahrir1. Эзийз адамлар: [Косыклар], Нокис: Каракалпакстан, 1984, 76 s.
2. Бүлбил сести таңда оятар мени, Тошкент: Zilol buloq, 2020, 212 s.
Asarlari
tahrir1. Oʻn sakkizinchi bahor, sheʼriy toʻplami. „Qoraqalpogʻiston“. 1969-yil 42 b.
2. Bobom gullari (hikoya, Lira Pirjonovaning qoraqalpoq tilidan tarjimasi) „Yangi adabiyot“ jurnali sayti. 2021-yil 31-oktyabr.
3. Azizlar: Sheʼrlar / Shirin Xalmuratova. Nukus: Qoraqalpogʻiston, 1984-yil 73 b.
4. Bulbil sesti tanda oyatar meni. Toshkent: Zilol buloq, 2020-yil[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Ширин ХАЛМУРАТОВА“. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Китап жаңалығы: Халқымыз сүйген шайыр Ширин Халмуратованың жаңа китабы баспадан шықты“. Qoraqalpogʻiston axborot agentligi (KRIA). Qaraldi: 13-oktabr 2023-yil.
- ↑ „Ширин ХАЛМУРАТОВА“. Qaraldi: 10-noyabr 2022-yil.