Nukus pedagogika instituti
Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti (oʻzbekcha: Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, qoraqalpoqcha: Ajiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı) – pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1934-yilda Toʻrtkoʻlda tayyorlov boʻlimi ochildi. 1935-yil 1-sentabrdan bu boʻlimning 42 nafar bitiruvchisi Qoraqalpoq davlat oʻqituvchilar institutida 12 nafar oʻqituvchi bilan dars boshladi. 1944-yilda institut Nukusga koʻchib oʻtgach, Qoraqalpoq davlat pedagogika institutiga aylantirildi. Birinchi rektor I. Rafiqov edi[1]. 1943-yili Qoraqalpogʻiston davlat oʻqituvchilar instituti (1934) negizida Qoraqalpogʻiston pedagogika instituti nomi bilan tashkil etilgan[2]. Dastlab Toʻrtkoʻl va Chimboyda, keyin 1945-yildan boshlab Nukus shahrida oʻz faoliyatini boshlagan. 1976-yili Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti bazasida Nukus davlat universiteti tashkil etiladi. Qoraqalpogʻiston universitetiga aylantirilganligi munosabati bilan tugatilib, 1990-yili hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi. 1993-yildan Qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli nomi bilan atalgan.
Xalqaro nomi |
Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz |
---|---|
Shiori | Inson – dunyoning koʻrki |
Turi | institut |
Asos solingan sanasi | 1934 |
Rektori | Otemuratov Bayram Perdebaevich |
Fakultetlar | 11 |
Talabalari | 10248 (2019—2020) |
Bakalavriat | mavjud |
Magistratura | mavjud |
Doktorantura | mavjud |
Fan doktorlari | 28 |
Oʻqituvchilari | 494 |
Joylashuvi |
Nukus , Oʻzbekiston |
Kampusi | 4 |
Veb-sayti | ndpi.uz |
Tarixi
tahrirUniversitet 1970-yillarning oʻrtalarigacha[3] pedagogika instituti sifatida faoliyat yuritib, 1976-yilda unga Nukus davlat universiteti, 1990-yillarning boshida esa Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti[2] maqomi berildi. 1991-yilda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Qoraqalpoq davlat universiteti[4] qayta tashkil etilib, 1992-yildan buyon Orolboʻyining atoqli mutafakkiri 19-asr oʻrtalaridagi va qoraqalpoq sheʼriyatining yorqin klassiklaridan biri Ajiniyoz nomi bilan atala boshlandi[5].
Asosiy maʼlumotlar
tahrirInstitutning umumiy maydoni 65 075 m², xususan, oʻquv maydoni 25 700 m². 2019-yil holatiga koʻra institutda 9 ta fakultet[6] (fizika-mehnat, matematika-informatika, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim, pedagogika, tarixiy-geografik, filologiya, chet tillari, kimyo-biologiya, jismoniy tarbiya) va 27 ta kafedra mavjud edi.
Institutda 11 ta fakultet va 1 magistratura boʻlimi, 21 ta bakalavriat yoʻnalishi va 7 ta magistratura mutaxassisligi boʻyicha yuqori malakali pedagoglar tayyorlanadi. Kunduzgi boʻlim (turkiy tillar, jismoniy madaniyat, tarix, maktabgacha taʼlim, boshlangʻich taʼlim, tarix, pedagogika, tabiiy fanlar, chet tillari, tasviriy sanʼat va texnologik taʼlim, fizik-matematika fakultetlari[7]), sirtqi, maxsus sirtqi va magistratura boʻlimlari, 29 kafedra, 38 kabinet, 13 laboratoriya, 3 lingafon kabineti, 24 kompyuter sinfi, 1 kichik bosmaxona, institut Internet tarmogʻi, 2 elektron kutubxona, zamonaviy 2ta sport zali, 3ta kutubxona, 4ta qiroatxona, 4ta ustaxona, oʻquv tajriba xoʻjaliklari, „Toʻmaris“ ansambllari mavjud. 2019—2020-oʻquv yili institutda 10248 talaba taʼlim olgan. Ularga 494 oʻqituvchi, jumladan, 1 ta Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, 18 fan doktori va professor, 165 fan nomzodi va dotsent dars bergan. Professor-oʻqituvchilar va talabalar turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar ishlarini olib boradi. Xorijiy davlatlar va MDH mamlakatlarining oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy-pedagogik hamkorlik qiladi[8].
Taniqli bitiruvchilar
tahrirInstitut bitiruvchilari orasida Ulugʻ Vatan urushi qahramoni P.Nurpeisov[9], Oʻzbekiston Qahramonlari Allaniyaz Uteniyozov[10], Ibroyim Yusupov, Vera Pak, Toʻlepbergen Qayipbergenov, Gʻayratdin Xoʻjaniyozov kabi taniqli shaxslar koʻp. Akademiklardan Marat Nurmuhammedov, Sabir Kamalov, Jumanazar Bazarboyev, Amin Baxiyev, Xusniddin Hamidov, Abatbay Daoʻletov, Userbay Aleuov. Ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempioni Rustam Djangaboev[11].
NGPI akademik litseyi
tahrirLitsey 1999-yilda tashkil etilgan boʻlib, 400 oʻringa moʻljallangan. Litseyning oʻquv jarayoni davlat taʼlim standartiga asoslanadi va uni ikki yoʻnalishda amalga oshiradi: aniq fanlar (texnik yoʻnalish – fizika, matematika, informatika; iqtisodiy yoʻnalish – matematika, ingliz tili, ona tili, adabiyot) va ijtimoiy-gumanitar (tarix, ingliz tili, ona tili, adabiyot)[12].
Fakultetlar
tahrirInstitutda 11 fakultet mavjud:
- Turkiy tillar;
- Kimiyo-biologiya;
- Fizika-matematika;
- Tasviriy sanʼat va mehnat;
- Tarix geografiya;
- Boshlangʻich taʼlim;
- Maktabgacha talim;
- Jismoniy tarbiya;
- Pedagogika;
- Chet tillari
Rektorlar
tahrirInstitutning dastlabki rahbarlari: I.Rafiqov, D.Bazarov, Ya. M.Doʻsumov, T.Bekimbetov, D. A. Urumboyev. Keyingi yillarda institutga K. U. Ubaydullaev, A. P. Tetyushev, S. K. Kamalov, K.Rzayev, T. I. Izimbetovlar rahbarlik qilishgan[13]. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Nukus davlat pedagogika instituti (NGPI) qayta tiklandi.
Davr | Rektor |
---|---|
1991—2001 | Jumanazar Bazarbaev |
2001—2005 | Azat Matchanov |
2005—2009 | Baxit Jollibekov |
2009—2011 | Murat Berdimuratov |
2011—2015 | Barlikbay Prenov |
2015—2017 | Kuanishbay Orazimbetov |
2018—… | Bayram Oʻtemuratov |
Manbalar
tahrir- ↑ Изимбетов, Булешов и другие 1975.
- ↑ 2,0 2,1 Уразбаева 1984.
- ↑ Урумбаев 1974.
- ↑ Базарбаев и др. 1994.
- ↑ „Высшие учебные заведения“. sovminrk.gov.uz. 2019-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-fevral.
- ↑ „Факультеты — НУКУССКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ ИНСТИТУТ ИМЕНИ АЖИНИЯЗА“ (ru). 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-fevral.
- ↑ https://ndpi.uz/uz/
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Базарбаев и др. 2014.
- ↑ „20 ВЫДАЮЩИХСЯ ЛЮДЕЙ УЗБЕКИСТАНА“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „ASIAN CHAMPIONSHIPS“. 2018-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-fevral.
- ↑ „Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси“. Зиё истаган қалблар учун. 2022-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
- ↑ „40 лет Каракалпакскому госпединституту“. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-mart.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |