Shoh La’liy (Shohi Badaxshon) - Badaxshon shohi. Asl ismi Shoh Sulton Muhammad. Boburning o‘gay buvisi Shohbegimning otasi. Bularning ajdodlari uzoq asrlar Badaxshonda hukmronlik qilgan bo‘lsa-da, lekin ko‘p vaqt boshqa kuchli sultonlarning vassali bo‘lgan. Jumladan, Amir Temur va Temuriylar davrida ham ularning hokimiyatni tan olib, ularning nomidan Badaxshonni idora qilganlar. Boburning bobosi Sulton Abusa’id Shox Sulton Muhammadning qiziga uylangan, yana bir qizi (Shohbegim) mo‘g‘ul xoni Yunusxonga tekkan edi. Keyinchalik Shoh La’liy va uning o‘g‘li mustaqillikka intilganlari tufayli Sulton Abusa’id tomonidan vafotiga qadar Hirotda ushlab turilgan. O‘sha vaqtda u Alisher Navoiy bilan tanishgan. Alisher Navoiy “Majolisun-nafois”da Shoh La’liy haqida ham to‘xtali, she’rlaridan bir bayt namuna keltirgan. “Boburnoma”da Shoh Sulton Muhammad nomi bilan tilga olingan va Shohbegimning otasi ekanligi qayd qilingan. Bobur uning boshqa qizlari va o‘g‘li Abdibek Mirzo haqida ham ma’lumot bergan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. SHARQ. -T.;2014