Shohnishintepa - arxeologik yodgorlik; atrofi qishloqdan iborat boʻlgan qasrkoʻshk xarobalari (713-asrlar boshi). Toshkentning shim.gʻarbiy qismi (Eski shahar)da Kaykovus anhori boʻyida joylashgan. Rivoyatlarga koʻra, Turon podshosi Afrosiyob oʻz fuqaro vakillarini shu qarorgohda qabul qilgan. Yodgorlik Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi aʼzolari tomonidan qayd etilgan (19-asr oxirlari). 20-asrning 50-yillarida M.Ye. Masson tomonidan oʻrganilgan. 1968—69 yillarda Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi tekshirgan. Shahrida tabiiy soz tuprokli doʻnglik ustida qad koʻtargan koʻshk xarobalari va 7—8-asrlarga mansub madaniy qatlam saqlangan. 910-asrlarda koʻshk xarobalari Binkat rabodiga tutashib, shahar mahallakoʻylariga birlashib ketgan. shahrida kulolchilik ustaxona va xumdonlar qoldiqlari qayd etilgan. Binkat rabodining mahallasi sifatida mavjud boʻlgan Sh. 13-asr boshida vayron etilgan.

Havolalar

tahrir