Shoinoyat Raximovich Shoabduraximov (1929-yil, sentyabr, Toshkent, OʻzSSR, SSSR2021-yil 29-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbek xoʻjalik va davlat arbobi, 1976-1989-yillarda, 1992-1996-yillarda Toshkent metropoliteni boshligʻi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan transport xodimi[1].

Shoinoyat Raximovich Shoabduraximov
Tavalludi 1-sentyabr 1929-yil
Vafoti 29-yanvar 2021-yil(2021-01-29)
(91 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Kasbi xoʻjalik va davlat arbobi
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni „Shon-sharaf belgisi“ ordeni

Oʻrta Osiyo temir yoʻlining Toshkent boʻlimi boshligʻi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisining oʻrinbosari[2][3].

Tarjimai hol

tahrir

1929-yil SSSR tarkibida Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida dunyoga keladi[2][3].

1954-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tugatgan, shundan keyin Oʻrta Osiyo temir yoʻlining Toshkent boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi raisining oʻrinbosari etib saylangan[2][3].

1976-yilda Toshkent metropoliteni birinchi boshligʻi boʻldi, bu lavozimda 30 yildan sal kam ishlagan (1976-1989 va 1992—1996-yillargacha)[1].

Shoabdurahimov Shoinoyat 2021-yil 29-yanvarda Toshkent shahrida vafot etgan[2][3].

Mukofotlari

tahrir

Oʻzbekiston mukofotlari

tahrir

SSSR mukofotlari[4]

tahrir

Manbalar

tahrir