Shoira Otabekova (1980-yil 18-noyabrda tugʻilgan) oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasidir. Qoʻshiqchi sifatidagi ilk debyutini 1998-yil „Muhabbat qasri“ qoʻshigʻi bilan boshlagan. Keyinchalik esa „Dilim uzra“, „Alamli“ va „Yurak“ qoʻshiqlarini aytgan. Otabekova Kvartet guruhi bilan hamkorlikda ijro etgan „Digi-digi“ qoʻshigʻi bilan shuhrat qozongan.

Shoira Otabekova
Tavalludi 18-noyabr 1980-yil (1980-11-18) (44 yosh)
Janrlar Pop
Faoliyat yillari 1998—hozirgacha
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Hozirda Otabekovaning 70 dan oshiq qoʻshiqlari mavjud boʻlib, 25 ga yaqin shu qoʻshiqlarga klip ham olingan[manba kerak]. U, shuningdek, „Dilim uzra“, „Seni sogʻindim“, „Leyli“, „Bir oʻzing“, „O yurak“ va „Mening baxtim“ albomlarini ham chiqargan.

Katta sahnaga chiqishiga Ruslan Sharipov sababchi boʻlgan[1].

Filmografiyasi

tahrir
Film
Yil Film Rol Izoh
2005 Yangi yil parisi
2018 Muhabbat va nafrat Jasurning opasi

Mukofotlari

tahrir

Shoira Otabekova „Tarona 2004“ da Abduvali Rajabov bilan ijro etgan dueti uchun „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasini qoʻlga kiritgan. „Tarona 2005“ da esa „Estradamiz umidi“ nominatsiyasini qoʻlga kiritadi.[2]

Manbalar

tahrir