Shokir Dolimov
Tarjimon
Shokir Zokirovich Dolimov —isteʼfodagi Podpolkovnik, tarjimon. J. K. Rowling qalamiga mansub yetti qismli Harry Potter[1] romanlar turkumini va J. R. R. Tolkien qalamiga mansub "Hobbit: Yoxud borib qaytish", „Uzuklar hukumdori“ kabi asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Shokir Dolimov | |
---|---|
Tavalludi |
Shokir Zokirovich Dolimov 16-dekabr 1967-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | isteʼfodagi podpolkovnik, tarjimon |
Dini | Islom |
Mukofotlari |
Dolimov Harry Potter va hikmatlar toshi asarining ilk tarjimalarini 2011-yildan oʻz blogida eʼlon qilib bordi. Shundan soʻng qolgan kitoblar ham oʻzbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi. U bir qancha ijtimoiy, siyosiy va diniy asarlarni ham rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan[2][3].
Shokir Dolimov mudofaa va xavfsizlikka oid meʼyoriy huquqiy hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilgani uchun harbiy mukofotlar va „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.
Tarjimalari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „arxiv nusxasi“. 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-iyun.
- ↑ https://au.linkedin.com/in/shokir-dolimov-8326a797[sayt ishlamaydi]
- ↑ „“Garri Potter” asarini tarjima qilish fikri, tarjima jarayoni va bu haqda kitobxonlarning xabardor qilib borilishi haqida“. daryo.uz. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
- ↑ https://fayllar.org/harbiy-atamalarning-qisqacha-izohli-lugati-shokir-dolimovpdf-h.html?page=7
- ↑ https://kitobxon.com/ru/yozuvchi/shokir-zokirovich-dolimov