Shokirxon Mirzaboboyeva
Shokirxon Mirzaboboyeva (1938-yil, Fargʻona, Fargʻona viloyati — ?) — ip yigiruvchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1981).
Shokirxon Mirzaboboyeva | |
---|---|
Tavalludi |
1938-yil |
Vafoti | nomaʼlum |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | Yengil sanoat xodimi,ip yigiruvchi |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirShokirxon Mirzaboboyeva 1938-yili Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida tavallud topgan[1]. Millati oʻzbek. Oʻrta maktabni hamda fabrika-zavod tayyorlov maktabini tugatgan keyin 1950-yil oʻrtalarida Feliks Dzerjinskiy nomidagi Fargʻona toʻqimachilik kombinatida ish boshlaydi[2]. Qisqa vaqt ichida ip yigiruvchi koʻnikmasini egallaydi. Oʻz faoliyatida yengil sanoatda ip yigirishning ilg‘or usullari qo‘lladi, buning natijasida ishlab chiqarish topshiriqlarini muddatidan oldin bajarishga erishdi. Qilgan mehnati uchun 8-besh yillikda (1966—1970) Mirzaboboyeva 1971-yili Mehnat qizil bayrogʻi ordeni, 9-besh yillikdagi (1971—1975) yutuqlari uchun 1974-yilda Oktyabr inqilobi ordeni bilan taqdirlanadi. Keyingi 10-besh yillikda (1976—1980) Oʻzbekiston SSR yengil sanoatida ip yigirish boʻyicha yetakchilikni saqlab qolib, ishlarining natijasiga koʻra sotsialistik musoqbaqada gʻoliblikka erishadi[1]. 1981-yil 17-martda SSSR Oliy Soveti Prezidiumi farmoniga asosan Mirzaboboyeva „Sotsialistik Mehnat Qahramoni“ unvoni hamda Lenin ordeni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali bilan taqdirlanadi[1][2]. KPSSning 25-syezdida delegat etib saylangan[3]. Fargʻona shahrida istiqomat qilgan. Keyingi taqdiri nomaʼlum.
Mukofotlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Mirzababayeva Shakirxon“ (rus tilida). 2023-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Ukaz Prezdiuma Verxovnogo Soveta SSSR“ (rus tilida). 2021-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
- ↑ „Fotohisobot“ (rus tilida). „Pravda Vostoka“ gazetasi, №258 (18230) (1976-yil 3-noyabr). 2023-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.