Shuxrat Bafayev
Shuxrat Gafurovich Bafayev[1] (1963-yil 19-iyunda tugʻilgan, Gʻijduvon, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek huquqshunosi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.
Shuhrat Gʻofurovich Bafoyev | |
---|---|
Tavalludi |
1963-yil 19-iyun |
Taʼlimi | Samarqand davlat universiteti |
Partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi |
Tarjimai holi
tahrirShuhrat Bafoyev 1963-yil 19-iyunda Buxoro viloyatida tugʻilgan. 1986-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 1995-2006-yillarda Sirdaryo davlat pedagogika institutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
2005-2014-yillarda „Advokat“ firmasi huquqshunosi, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti Buxoro viloyati axborot-tahlil markazi rahbari boʻlgan[2].
2014-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.
2018-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlgan[3][4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Bafayev Shuxrat Gafurovich“. parliament.gov.uz. Qaraldi: 6-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
- ↑ „Изменен состав некоторых комитетов Законодательной палаты Олий Мажлиса“ (ru). meningfikrim.uz. 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-may.
- ↑ „Кандидаты“ (ru). elections.uz. 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-may.