Shukrullo Mirsaidov

Oʻzbek siyosatchisi (1939-2012)

Shukrullo Rahmatovich Mirsaidov (14-fevral 1939, Xoʻjand, SSRI – 2-noyabr 2012, Toshkent, Oʻzbekiston) – SSRI davlat arbobi, OʻzSSR Ministrlar soveti raisi (1990) [2].

Shukrullo Rahmatovich Mirsaidov
Шукрулло Раҳматович Мирсаидов

Chapdan oʻngga: Shukrullo Mirsaidov, Mahmud Salohiddinov (orqaroqda), Islom Karimov, Anatoliy Sobchak, Vladimir Putin (orqaroqda), Yevgeniy Velixov. 1991-yil.
 OʻzSSR Ministrlar soveti raisi
 
Mansab davri
1990-yil 26-martdan – 1-noyabrgacha
Oʻtmishdoshi Mirahad Mirqosimov
Vorisi Islom Karimov (Prezident sifatida)
 Oʻzbekiston Vitse-prezidenti
Mansab davri
1990-yil 24-martdan – 1992-yil 8-yanvargacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi lavozim ta’sis etilgan
Vorisi lavozim bekor qilingan[1]
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-fevral 1939-yil
Xoʻjand, SSRI
Vafoti 2-noyabr 2012-yil(2012-11-02)
(73 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari
Xalqlar doʻstligi ordeni

Hayoti

tahrir

1959—1963 – Toshkent viloyati plan komitetida iqtisodchi, katta iqtisodchi, sektor mudiri.

1963—1964 – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kaferda assistenti.

1964—1971 – Toshkent viloyati ijroiya komiteti plan boʻlimi boshligʻi.

1971—1981 – Toshkent shahri ijroiya komiteti plan boʻlimi boshligʻi.

1981—1984 – OʻzSSR davlat plan komiteti raisining oʻrinbosari.

1984—1985 – OʻzSSR statistika markazi raisi.

1985—1988 – Toshkent shahri ijroiya komiteti birinchi kotibi.

1988—1989 – OʻzSSR KP MK iqtisodiy-ijtimoiy masalalar kotibi.

1989—1990 – OʻzSSR Ministrlar soveti raisining oʻrinbosari – Davlat plan komiteti raisi.

1990-yilda – OʻzSSR Ministrlar soveti raisi.

1990—1991 – OʻzSSR Vitse-prezidenti.

1991-1992 – Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi davlat kotibi.

1992—1993 – Investitsiya va xorijiy kapitalni jalb etish fondi raisi.

1993-yilda Oʻzbekiston Oliy sudi uni mansab vakolatini suiisteʼmol qilishda aybdor deb topib, hukm chiqargan. Sud hukmiga koʻra, u Oʻzbekiston vitse-prezidenti sifatida „chet el fuqarosi – xorijiy kompaniyalardan birining vakili bilan shubhali munosabatda boʻlgan“ va oʻz qoʻl ostidagilariga paxta yetkazib berish boʻyicha respublika iqtisodiyotiga foyda keltirmaydigan shartnomalar tuzish boʻyicha koʻrsatmalar bergan. Davlatga yetkazilgan iqtisodiy zarar 5,6 million dollarga baholandi. Siyosatchi mol-mulki musodara qilingan holda, uch yil muddatga umumiy tartibdagi qamoq jazosiga hukm qilindi, biroq Oʻzbekiston Prezidentining respublika mustaqilligi eʼlon qilinganining bir yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisidagi farmoni tufayli jazoni oʻtashdan ozod etildi.

Oʻsha yilning avgust oyida unga suiqasd uyushtirildi. Uning mashinasi portlatilgan, ammo tasodifan tirik qolgan. Tez orada Rossiya Federatsiyasiga koʻchib ketdi. 1996-yilda hokimiyat unga ijtimoiy va siyosiy faoliyat bilan shugʻullanishga ruxsat berdi. 1996-yil oktabr oyida „Birlik“, „Erk“, „Erkin yoshlar ittifoqi“ va boshqa baʼzi tashkilotlarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston muxolifat kuchlarini muvofiqlashtirish markaziga rahbarlik qildi.

Oʻz intervyularidan birida „mustaqillikdan keyin sodir boʻlgan jamlangan makroiqtisodiy oʻzgarishlar umuman talabga javob bermaganini“ taʼkidladi. Shuningdek, xalqni ish bilan taʼminlash, intellektual salohiyatni boshqarish Oʻzbekistonning eng ustuvor vazifasi deb aytdi.

2012-yilda Toshkent shahrida vafot etdi.

Manbalar

tahrir