Mahmud Salohiddinovich Salohiddinov (23-noyabr 1933-yil, Namangan shahri, O‘zbekiston SSR, SSSR – 27-aprel 2018-yil[1], Toshkent, O‘zbekiston) – sovet va oʻzbek matematik olimi[2], fizika-matematika fanlari doktori, professor (1969-yil)[3], Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Islom akademiyasi akademigi (1974-yil). Oʻzbekistonda differensial tenglamalar sohasidagi ilmiy maktabining tashkilotchisi va rahbari[4]. „Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti“ laureati (1974)[5]. 1974-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi etib saylangan[6].

Mahmud Salohiddinov
Tavalludi 23-noyabr 1933
Namangan shahri, Namangan, O‘zbekiston SSR, SSSR
Vafoti 27-aprel 2018-yil(2018-04-27)
(84 yoshda)
Toshkent shahri, O‘zbekiston
Istiqomat joylari Namangan shahriToshkent shahri
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Sohasi Xususiy hosilali differensial tenglamalar, integral tenglamalar
Ish joylari

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti (19591985)
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (19841985)
Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirigi (19851988)

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (19881994)
Institutlar Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (19581996)
Taʼlimi

Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) 19501955

19551958-yillarda aspirantura
Ilmiy darajasi Fizika-matematika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Akademik rahbarlari Rossiya fanlar akademiyasining Matematika instituti rahbari A. V. Bitsadze
Mukofotlari

Oʻzbekiston fan arbobi
Mehnat shuhrati ordeni

Dini Islom, hanafiylik
Dafn etilgan joyi Yalangʻoch-2 qabristoni

Mahmud Salohiddinov 1958–1959-yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universitetining matematik analiz kafedrasida oʻqituvchi, 1980–1986, 1993–1996-yillarda differensial tenglamalar kafedrasi mudiri hamda 1959–1967-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika institutida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va 1959–1985-yillarda direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 1984–1985-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti keyinchalik 1988–1994-yillarda prezidenti, 1985–1988-yillarda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri va 1994–1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fizika-matematika fanlari boʻlimi raisi lavozimida ishlagan[⇨].

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga asosan „Oʻzbekiston fan arbobi“ faxriy unvoni, „O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i“, „Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi“, „Buyuk xizmatlari uchun ordeni“, „Fidokorona xizmatlari uchun ordeni“, „Mehnat shuhrati ordeni“ va „Hurmat Belgisi“ ordenlari bilan taqdirlangan[⇨].

Tarjimayi holi

tahrir

Mahmud Salohiddinovich Salohiddinov 1933-yil 23-noyabrda Namangan shahrida tavallud topgan. Millati oʻzbek. Dastlab oʻrta maʼlumotni ushbu tumandagi 4-umumtaʼlim maktabida olgan[3]. 19501955-yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) ning fizika-matematika fakultetida matematik analiz mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan[6][7]. 19551958-yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universitetida aspiranturani tamomlagan[8][9].

 
Mahmud Salohiddinov qabri. Toshkent Yalangʻoch-2 qabristoni (27-aprel 2018-yil)[3].

Faoliyati

tahrir

Mahmud Salohiddinov 1958–1959-yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universitetining matematik analiz kafedrasida oʻqituvchi, 1980–1986, 1993–1996-yillarda differensial tenglamalar kafedrasi mudiri hamda 1959–1967-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va 1959–1985-yillarda direktori lavozimida faoliyat yuritgan[10][6][11]. 1984–1985-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti keyinchalik 1988–1994-yillarda prezidenti, 1985–1988-yillarda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri va 1994–1997-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi fizika-matematika fanlari boʻlimi raisi lavozimida ishlagan[12][13].

Shuningdek, olim Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining turli nashriyotlarida ham faoliyat yuritgan, jumladan, 1988–1997-yillarda „Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi maʼruzalari“, 1987–1988-yillarda „Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi axboroti“, 1991–2013-yillarda „Oʻzbekiston matematika jurnali“ ilmiy jurnallari bosh muharriri va tahrir hayʼati aʼzosi boʻlgan[12].

1985-yildan 2000-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va parlamenti deputati sifatida faoliyat yuritgan[7][14].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Mahmud Salohiddinovning akademik rahbari Rossiya fanlar akademiyasining Matematika instituti rahbari A. V. Bitsadze boʻlgan[15]. Olimning ilmiy-tadqiqiy faoliyati asosan xususiy hosilali differensial tenglamalar va integral tenglamalarga oiddir. 1958-yil fizika-matematika fanlari nomzodi 1967-yilning may oyida „Aralash-qoʻshma tipdagi uchinchi tartibli tenglamalar nazariyasiga oid“ mavzusida doktorlik ilmiy ishini himoya qilib fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasi olgan[16]. 1976-yil differensial tenglamalar boʻyicha Bolgariya Fanlar akademiyasining Matematika institutiga maʼruzalar oʻqish uchun taklif qilingan. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi Matematika institutidagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi kengashining raisi, keyinchalik aʼzosi.

Xalqaro ilmiy va matematik kongresslarda hamda differensial tenglamalar boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro simpozium va anjumanlarda ishtirok etgan[14].

Yillar Shaharlar
1966 Moskva
1970 Nice
1983 Varshava
1989 Pekin
1990 Kioto
1992 Tehron
1992, 1994 Istanbul
1976, 1985 Sofiya
1978 Ashxobod
1984 Samara
1986, 1996, 2003, 2012 Nalchik
1992, 2000, 2007 Novosibirsk
1986, 1991 Tbilisi
1991, 2006, 2009 Olmaota

Davlat va ilmiy delegatsiyalar aʼzosi sifatida turli davlatlarda boʻlgan[14].

Yillar Davlatlar
1970 Suriya
1989 Xitoy
1987, 1990, 1991, 1992 Hindiston
1990 Yaponiya
1991, 1992, 1994 Turkiya
1992 AQSh
1992 Eron
1993 Fransiya
1993 Chili
1994, 2000, 2003, 2007, 2012 Rossiya

Olim 5 ta monografiya, 6 ta darslik va 6 ta oʻquv qoʻllanma hamda 236 ta ilmiy maqolalar muallifi[7].

Kitoblari

tahrir

Darsliklari

tahrir

Unvon va mukofotlari

tahrir

Vafoti va xotirasi

tahrir

2018-yil 27-aprel kuni 84 yoshida vafot etgan va Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Yalangʻoch-2 qabristoniga dafn etilgan[23][3][21][1]. 2018-yil 22-noyabr kuni akademik Mahmud Salohiddinovning 85 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida „Differensial tenglamalarning zamonaviy muammolari va ularning tadbiqlari“ mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi oʻtkazilgan[24].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Akademik Maxmud Salohiddinov olamdan o‘tdi“ (academy.uz). 2018-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
  2. „O`zbek matematik olimlari“ (ilmiybaza.uz). 2024-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 „АКАДЕМИК М.С.САЛОҲИДДИНОВНИНГ ҲАЁТИ ВА ИЛМИЙ ФАОЛИЯТИ ҲАҚИДА“ (mehnat.uz). Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
  4. „Ilmiy maktablar“ (nuu.uz). Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
  5. Kompleks oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasi, T., 1970 (hamkorlikda); Uravneniya smeshannosostavnogo tipa, T., 1974; Matematik fizika tenglamalari, T., 2002.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Akademik Mahmud Salohiddinov“ (uz) (kknews.uz). 2018-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 7,6 Ummatov R 2022, s. 316.
  8. „2018-yili yo‘qotganlarimiz“ (xabar.uz). 2018-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
  9. „Академик Маҳмуд Cалоҳиддинов“ (uza.uz). 2018-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
  10. „TO MEMORY OF MAKHMUD S. SALAKHITDINOV“ (en). Journal of Mathematical Sciences (link.springer.com). DOI:https://doi.org/10.1007/s10958-023-06585-w. 2023-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
  11. „Махмуд Салохиддинов (1933-2018)“ (ru) (savol-javob.com). Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
  12. 12,0 12,1 „Salohiddinov Mahmud Salohiddinovich“ (milliycha.uz). 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
  13. „Mahmud Salohiddinov (1933-2018)“ (uz) (tarix.uz). 2023-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
  14. 14,00 14,01 14,02 14,03 14,04 14,05 14,06 14,07 14,08 14,09 „SАLOHIDDINOV MАHMUD SАLOHIDDINOVICH“ (mathnet.uz). Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
  15. „Makhmud Salakhitdinovich Salakhitdinov“ (mathgenealogy.org). Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
  16. „Салахитдинов Махмуд Салахитдинович“ (mathnet.ru). Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
  17. „Oddiy differensial tenglamalar. M.S. salohiddinov, F.N. nasritdinov. 1994 (1)“ (library-samdukf.uz). Qaraldi: 2024-yil 2-sentyabr.
  18. „Matematik fizika tenglamalari (M.Salohiddinov)“ (Ebook) (library.dtpi.uz). Qaraldi: 2024-yil 2-sentyabr.
  19. „Integral tenglamalar“ (namdu.uz). Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
  20. „"Matematik fizika tenglamalari" fanidan masalalar toplami“ (unilibrary.uz). Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
  21. 21,0 21,1 21,2 21,3 „O‘zbekiston Fanlar akademiyasi sobiq prezidenti, akademik Mahmud Salohiddinov vafot etdi“ (uz) (kun.uz). 2018-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
  22. „Скончался академик Махмуд Салахиддинов“ (gazeta.ru). 2022-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
  23. „Таниқли дорбоз Турсунали Мамажонов 75 ёшида вафот этди“ (uz) (xabar.uz). 2024-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-sentyabr.
  24. „Akademik Mahmud Salohiddinov tavalludining 85 yilligiga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi“ (uz) (academy.uz). 2024-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.

Adabiyotlar

tahrir
  • Ummatov R. Gʻaznai Namangon/ Ensiklopediya (3-jildli) 1-kitob/ Oltin odamlar. Toshkent: „Sharq“, 2022 — 448-bet. ISBN 978-9943-8832-1-4. 

Havolalar

tahrir