Sijjak – Oʻzbekiston Respublikasining Toshkent viloyatiga qarashli qishloq. Boʻstonliq tumani tarkibiga kiradi[2]. Viloyat markazi – Gʻazalkent shahrigacha boʻlgan masofa 50 km. Sijjak va uning atrofida koʻplab arxeologik yodgorliklar topilgan. Qishloq sayyohlik maskani hisoblanadi[3].

Sijjak
Qishloq
41°41′30″N 70°03′30″E / 41.69167°N 70.05833°E / 41.69167; 70.05833
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Toshkent viloyati
tuman Boʻstonliq tumani
Markazi balandligi 959 m m
Aholisi
1 780 kishi (1 975)
Vaqt mintaqasi UTC+5[1]
Telefon kodi +998
Sijjak xaritada
Sijjak
Sijjak
Sijjak xaritada
Sijjak
Sijjak

Nomlanishi

tahrir

Afsonaga koʻra, Sijjak nomi sechak iborasidan kelib chiqqan boʻlib uch boʻlak degan maʼnoni anglatadi. Bu nom qishloq yerlarini oqib oʻtuvchi suv oqimlari orqali uchga boʻlinishini bildiradi.

Tarixiy va arxeologik joylar

tahrir

Sijjak va uning atrofida bir qancha arxeologik yodgorliklar aniqlangan. Ularning barchasi 1963-yilda Oʻzbekiston SSR Chorvoq arxeologiya guruhi tomonidan oʻrganilgan, biroq qazishmalar faqat Shavkattepada olib borilgan.

Sijjakning janubi-gʻarbiy qismida, Shavkatsoy irmogʻining Piskomga quyilish joyida XI – XIII asr boshlariga oid aholi punkti boʻlgan, uning xarobalari Shavkattepa va Oyboshitepe nomlari bilan mashhur. Bu aholi punkti mustahkam mudofaa devoriga ega boʻlib, shimoli-gʻarbiy burchagida minora aniq koʻrinib turardi. 1963-yilda olib borilgan izlanishlar natijasida 2 m chuqurlikdagi madaniy qatlam topildi va devorlari xom gʻishtdan yasalgan xonaning bir qismi aniqlandi. Idishlarning boʻlaklari va temir pichoqlar ham topilgan. Turar-joy majmuasining umumiy maydoni 1600 m²[4].

Oyboshitepadan 400 m balandlikda Shavkatsoy boʻylab yana bir nomsiz arxeologik manzilgoh boʻlgan, biroq vaqt oʻtishi bilan vayron boʻlgan. Bu yerdan sirlangan va sirlanmagan idishlar (XI-XII va XV-XVI asrlarga oid) parchalari, sopol va metall shlaklari, metallurgiya pechlarining qoldiqlari topilgan.

Sijjakning markaziy va gʻarbiy qismida ikkita mozor maʼlum – Yalovlik mozor va Hazratimullo mozori. Qabr toshlaridan birining sanasi hijriy 815-yil boʻlib, bu milodiy 1412–1413-yillarga toʻgʻri keladi


1963-yilda choʻpon Q.Ermatov qishloq hududidan XI asrga oid xazina topdi. Xazina loy koʻzaga berkitilgan edi. Xazinada uchlari ilon boshi shaklidagi 8 ta kumush bilaguzuklar, tumorlar uchun 8 ta quti, 27 ta qoʻngʻiroq, 1 ta burun sirgʻasi va kichik zanjirlar bor edi. Topilma hozirda muzeyda saqlanmoqda.

Turizm

tahrir

Sijjak mashhur sayyohlik maskani hisoblanadi. Mahalliy aholi turistlarga butun uylarni ijaraga berishadi, bu esa ular uchun qoʻshimcha daromad manbai boʻlib xizmat qiladi[5].

Ekologiya

tahrir

Soʻnggi yillarda Sijjak hududidagi daryo oʻzanlari koʻplab maishiy chiqindilar bilan ifloslangan. Ifloslanishning asosiy sababi sayyohlar tashlab ketadigan chiqindilardir.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Коды СОАТО Бостанлыкского района“ (deadlink). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-mart.
  2. Joy nomlari taʼbiri lugʻati[sayt ishlamaydi]
  3. Буряков, Касымов, Ростовцев 1973.
  4. Набиев Б. „Сиджак. Что после нас?“. anhor.uz (2014-yil 6-avgust). 2014-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-mart.
  5. „Сиджак – Жемчужина Тянь-Шаня“.