Simranjit Kaur (panjobcha: ਸਿਮਰਨਜੀਤ ਕੌਰ; tugʻ. 1995-yil 10-iyul, Ludhiana, Panjob, Hindiston) — hindistonlik bokschi, 60 kg gacha va 64 kg gacha toifasida ishtirok etadi, Hindiston terma jamoasi aʼzosi. 2018-yilgi Jahon va 2019-yilgi Osiyo chempionatlari sovrindori, 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi.

Simranjit Kaur
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud paytidagi ismi panjobcha: ਸਿਮਰਨਜੀਤ ਕੌਰ
Fuqaroligi Hindiston bayrogʻi Hindiston
Tavallud sanasi 10-iyul 1995-yil (1995-07-10) (29 yosh)
Ludhiana, Panjob, Hindiston
Vazni 60 kg gacha
64 kg gacha
Sport
Qaysi sport boks

Faoliyati

tahrir

Simranjit Kaur 64 kg vazn toifasida mamlakat chempionati gʻolibi.

2018-yilda Nyu Delida (Hindiston) ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 1/2 final uchrashuvida hindistonlik sportchi xitoylik sportchi Dou Dan bilan uchrashib, unga 1:4 hisobida yutqazib, Jahon chempionatidagi chiqishlarini yakunladi, turnirning bronza medalini qoʻlga kiritdi[1][2].

2019-yilda Bangkokda (Tailand) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 64 kg gacha boʻlgan vazn toifasida u final uchrashuvida xitoylik sportchi Dou Danga yutqazib, turnirning kumush medalini qoʻlga kiritdi[3].

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. 1/8 finalda u Tailand sportchisi Sudaporn Seesondeega yutqazdi[4].

Manbalar

tahrir