Singapur ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida Singapur shahar davlatining sharafini himoya qiladi. Singapur ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Singapur futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Singapur Futbol Assotsiatsiyasi (FAS) tomonidan boshqariladi. Singapur ayollar milliy futbol terma jamoasi AFC (Osiyo) tarkibidagi eng kuchsiz jamoalardan biri hisoblanadi[1].
Singapurda ayollar futboli 2000-yilda Singapur Futbol Assotsiatsiyasi (FAS) Singapur ayollar milliy futbol terma jamoasini oʻz qanoti ostiga olganidan beri mashhur boʻldi. Ushbu sport turiga tez ortib borayotgan qiziqish Singapurda ayollar futbolining kelajagi uchun katta imkoniyat beradi. Singapur Futbol Assotsiatsiyasi ayollar futbol qoʻmitasining maqsadi Singapurda ayollar futboli haqida xabardorlik, bilim va ommaboplikni va ayollar futboli darajasini oshirishdan iborat. Yigirma yil oʻtib, Singapurda toʻrtta ayollar terma jamoasi mavjud: Singapur ayollar milliy futbol terma jamoasi („A“ jamoa deb ham nomlanadi), shuningdek, 19 yoshgacha, 16 yoshgacha va 14 yoshgacha boʻlgan Singapur ayollar futbol terma jamoalari ham mavjum[1].
Singapur ayollar milliy futbol terma jamoasi ancha vaqtga qadar (1990-yillarga qadar) Indoneziya ayollar milliy futbol terma jamoasining tarkibida oʻynashiga toʻgri kelgan. Keyinchalik, Singapur Futbol Assotsiatsiyasi (FAS)ning saʼy-harakatlari sababli Singapur ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro musobaqalar va oʻzaro oʻrtoqlik uchrashuvlarida oʻz davlati nomi ostida chiqmoqda.
Singapur ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi
Quyidagi futbolchilar 2022-yilgi Indoneziya ayollar milliy futbol terma jamoasi bilan oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyinida Singapur ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan[3].
18 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi AFF chempionatida quyidagi 25 nafar futbolchi Singapur 18 yoshgacha ayollar futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan[4].