2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati beshinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib, 2007-yilning 10-30-sentyabr kunlari Xitoyda ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan eng nufuzli xalqaro ayollar futbol assotsiatsiyasi musobaqasi edi[1]. Dastlab, Xitoy 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi kerak edi, ammo mamlakatda SARS epidemiyasi 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatini Amerika Qo'shma Shtatlariga koʻchirishga majbur qildi[2][3]. FIFA zudlik bilan 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini Xitoyga berdi[4], yaʼni 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqi uchun ovoz berish jarayoni oʻtkazilgunga qadar hech qanday yangi mezbon mamlakat tanlanmadi[5][6].
2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati pley-off bosqichida qoʻshimcha vaqt uchun oltin gol qoidasi FIFA tomonidan bekor qilindi[10]. Biroq 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qoʻshimcha vaqtgacha hech qanday oʻyin yetib bormadi (shuning uchun hech bir oʻyinda penaltilar seriyasini oʻtkazish talab qilmadi)[11][10].
2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida xuddi oldingi 2 ta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatlaridagi misol jami hisobda 16 ta jamoa ishtirok etdi. Oldingidek mezbon jamoa (Xitoy) avtomatik tarzda 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Qolgan 15ta jamoa tegishli tartinda FIFA tomonidan belgilab berilgan 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati kvotalari uchun bellahdilar: Oldingi turnirdan biroz farqli ravishda 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida UEFA (Yevropa qitʼasidan) 5 ta jamoa tanlandi. FIFA tomonidan 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati kvotalari konfedaratsiyalar kesimida quyidagicha taqsimlandi:
FIFAning Hakamlar departamenti 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatini tashkil etgan 32 ta oʻyinni boshqarish uchun butun dunyodan 14 nafar hakam va 22 nafar yordamchi hakamni tanlab oldi[12]. 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga nomzod hakamlar 2005-yildan boshlab nazorat ostiga olindi va ular bir qator oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida qatnashdi. Yakuniy roʻyxat tuzilgunga qadar, nomzodlarning hakamlik standartlari butun dunyo boʻylab turli turnirlarda muntazam ravishda nazorat qilib borildi[13]. Shundan soʻng 2007-yilning yanvar oyida Kanar orollarida oʻquv-mashgʻulot yigʻini va may oyida FIFAning Zurichdagi qarorgohida yakuniy tayyorgarlik va mashgʻulotlar oʻtkazildi[11][10]. Lekin 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Okeaniya Futbol Konfederatsiyasidan birorta ham hakam tanlanmagan. Dastlabki saralash guruhi 42 nafar talabgorda iborat boʻlgan[14], keyin 6 nafari fitnes testlaridan oʻta olmagan, natijada 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun 36 nafardan iborat yakuniy hakamlar hay’ati guruhi Xitoy uchun tasdiqlangan[7]. Amerika Qoʻshma Shtatlari 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ikki hakam bilan ishtirok etgan yagona davlat boʻldi[10].
2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida guruhlarga boʻlish uchun qur’a tashlash marosimi 2007-yil 22-aprelda Uxan shahridagi Guanggu fan va texnologiya koʻrgazma markazida boʻlib oʻtdi[15].
FIFA avtomatik tarzda mezbon va amaldagi chempionlarga kvota ajratdi va Xitoy va Germaniyani mos ravishda D va A guruhlariga ajratdi[16]. FIFAning 2007-yil mart oyidagi ayollar oʻrtasidagi Jahon reytingi B1 va C1 oʻrinlarini egallagan jamoalarni aniqlash uchun ishlatilgan[17]. Unga koʻra Amerika Qoʻshma Shtatlari birinchi, Germaniya ikkinchi va Norvegiya uchinchi oʻrinni egalladi[18].
Shuningdek, 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida bitta konfederatsiyadan ikkita jamoa oʻzaro bir guruhda oʻynay olmasdi. Faqat UEFAdan koʻpi bilan ikkita jamoa bir guruhga tushishi mumkin boʻlgan. 2007-yil iyun oyiga koʻra, 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati B Guruhi tezda oʻlim guruhi deb nomlandi[19], chunki FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon reytingiga koʻra (turnir oldidan eʼlon qilingan oxirgi reyting) dunyodagi eng kuchli beshta jamoadan uchtasi ushbu guruhga tushib qolgandi: AQSh (1-oʻrin), Shvetsiya (3-oʻrin) va Shimoliy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoalari (5-oʻrin). Xuddi shu 3 ta jamoa 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida A guruhida oʻynagan edi,[19] oʻshanda AQSh va Shvetsiya terma jamoalari pley-off bosqichiga yoʻl olishgan.
2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati Guruh bosqichi
2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yakunida quyidagi sovrinlar topshirildi[26][27][28]. FIFA.com sayti foydalanuvchilar uchun 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining eng chiroyli goli sifatida ovoz berishlari mumkin boʻlgan oʻnta golni maxsus roʻyxatga kiritdi[29]. FIFA.com saytida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijasida, shuningdek, eng muxlisbop jamoa nomi ham aniqlandi[30][31][32].
Dunyo boʻylab koʻplab telekanallar 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatini yoritib bordi. Eʼtiborga molik misollardan biri xitoy tilidagi CCTV-5 kanali boʻlib, u ham TVUnetworks taramogʻida 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatini translyatsiya qiladi.
2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati pul mukofotlari
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tarixida birinchi marta 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida barcha jamoalar yetib kelgan bosqichga koʻra pul bonuslarini olishdi (barchasi pul summasi AQSh dollarida):[34]
Chempion: 1 000 000 dollar
Ikkinchi oʻrin: 800 000 dollar
Uchinchi oʻrin: 650 000 dollar
Toʻrtinchi oʻrin: 550 000 dollar
Chorak finalchilar: 300 000 dollar
Guruh bosqichidan chiqa olmagan jamoalar: 200 000 dollar
2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining oshqa mukofotlari
UEFA ayollar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionatidan 2008-yilgi ayollar Olimpiada oʻyinlari turniriga saralash turniri sifatida foydalangan. UEFAning eng yaxshi uchta jamoasi Olimpiadaga yoʻllanma olishi kerak edi. Dastlab, agar Angliya terma jamoasi oʻsha Yevropaning kuchli uchligiga kirsa, ular Buyuk Britaniya bayrogʻi ostida raqobatlashadi deb oʻylangan edi. Biroq, 2007-yil 6-sentyabrda FIFA press-anjumanida Angliya oʻz Olimpiada qoʻmitasiga ega emasligi sababli 2008-yilgi Olimpiadada ishtirok etish huquqiga ega emasligi haqida bayonot berdi[35].
Germaniya va Norvegiya 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining oʻzida Olimpiadaga yoʻllanma oldi, Daniya va Shvetsiya ayollar terma jamoasi esa ayollar oʻrtasidagi futbol boʻyicha uchinchi Olimpiada yoʻllanmasi uchun pley-offga chiqishlari kerak edi. Shvetsiya pley-offning ikkala oʻyinida ham jami 7-3 hisobida gʻalaba qozonib, Olimpiadaga yoʻllanma oldi.
↑„Germany set the record straight“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2-oktabr 2007-yil). 8-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2019-yil.
↑„Goal of the Tournament“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. 2011-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2019-yil.
↑„Most entertaining team“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. 2007-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2019-yil.
↑„Marta sweeps the board“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (30-sentyabr 2007-yil). 2019-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2019-yil.
↑ 1,01,1The two matches that were originally scheduled on 18 September[22] were moved to a day earlier to due to commemorations for the Mukden Incident.[23]
↑ 2,02,12,2The Norway v Ghana match, originally scheduled on 19 September at Hongkou Football Stadium, Shanghai, was postponed by FIFA to the following day and moved to Yellow Dragon Stadium, Hangzhou, due to Typhoon Wipha.[24] FIFA also delayed the Australia v Canada match, originally scheduled on 19 September to the following day. This was to allow for simultaneous kick-off times on the final matchday of the group, after it was confirmed that weather conditions would not affect the rescheduling.[25]
↑ 3,03,1The Brazil v Denmark match, originally scheduled on 19 September was postponed to the following day due to Typhoon Wipha.[24] FIFA also delayed the China PR v New Zealand match, originally scheduled on 19 September. This was to allow for simultaneous kick-off times on the final matchday of the group, after it was confirmed that weather conditions would not affect the rescheduling.[25]