Sinxron suzish 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida

2024-yilda Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida sinxron suzish musobaqalari 5-10-avgust kunlari Parij suv sporti markazida oʻtkazilishi rejalashtirilgan[1][2]. 1996-yilda Atlantada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan buyon mazkur musobaqalar oʻtkazib kelinmoqda. Birinchi marta musobaqada 100 nafardan kamroq sportchi ishtirok etgan, jami 96 nafar sportchi ikkita medal uchun kurash olib borishgan.

Sinxron suzish
XXXIII Olimpiada oʻyinlarida
ArenaParij suv sporti markazi
Sanalar5–10-avgust 2024
No. of events2 (1 ayol, 1 aralash)
Ishtirokchilar96 ishtirokchi 18 davlatdan 
← 2020
2028 →

Saralash jarayonida millatlar oʻrtasida gender tengligi va keng xilma-xillikka erishish uchun Parij 2024 sinxron suzish dasturiga bir qator muhim oʻzgarishlar kiritilgan. 2022-yil 7-oktabrda Xalqaro suzish federatsiyasi (oʻsha paytda FINA) 2022-2025-yillar oraligʻida badiiy suzish qoidalariga oʻzgartirish kiritish uchun deyarli 99 foiz ovoz yigʻilgan. Shunday qoidalardan biri, sakkiz aʼzodan iborat aralash jamoa (ilgari ayollar jamoasi) tarkibida maksimal ikkita erkak atlet qoʻshish qoidasidir[3][4]. Biroq, Parij 2024 musobaqasida bu yoʻnalish boʻyicha erkak sportchilar ishtirok etmagan.

Shuningdek, 2000-yildan buyon birinchi marta Rossiyadan boshqa davlat jamoasi har ikki yoʻnalishda ham oltin medalni qoʻlga kirita oladi, chunki Rossiya va Belarusning Ukrainaga bostirib kirishi sababli, mazkur ikki davlat hozirda Olimpiadadan chetlatilgan[5].

Saralash

tahrir

Mezbon mamlakat Fransiyadan tashqari, umumjamoa hisobida beshta qitʼa uchrashuvining har birida eng yuqori oʻrinni egallagan MOQ jamoasi (Yevropa vakili) Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olgan, qolgan MOQ jamoalari esa 2024-yilgi suv sporti boʻyicha jahon chempionatida ajratilgan beshta oʻrin uchun kurashgan.

Juftlik uchun beshta qitʼa uchrashuvining har birida eng yuqori oʻrinni egallagan MOQ juftliklari yoʻllanma olgan, qolgan MOQlar esa 2024-yilgi jahon chempionatida qolgan uchta oʻrin uchun kurashganlar. Umumjamoa hisobida qatnashish huquqiga ega boʻlgan barcha oʻnta MOQ jamoalari juflik bahslari uchun ikkitadan vakilni tanlashi kerak boʻlgan[6].

Saralash xulosalari

tahrir
Millat Jamoa Juftlik Atletlar
  Avstraliya     8
  Avstriya   2
  Kanada     8
  Xitoy     8
  Misr     8
  Fransiya     8
  Buyuk Britaniya   2
  Gretsiya   2
  Italiya     8
  Isroil   2
  Yaponiya     8
  Janubiy Koreya   2
  Meksika     8
  Niderlandiya   2
  Yangi Zelandiya   2
  Ispaniya     8
  Ukraina   2
  AQSh     8
Umumiy: 18 MOQ 80 16 96

Ishtirokchi davlatlar

tahrir

Musobaqa jadvali

tahrir
Barcha vaqtlar Markaziy Yevropa vaqti (UTC+1) bilan berilgan[7]
Kun Sana Boshlanish Yakunlanish Bahs Bosqich
10-kun Dushanba 5-avgust 2024 19:30 21:00 Jamoaviy Texnik bosqich
11-kun Seshanba 6-avgust 2024 19:30 21:00 Jamoaviy Erkin bosqich
12-kun Chorshanba 7-avgust 2024 19:30 21:15 Jamoaviy Akrobatik bosqich
14-kun Juma 9-avgust 2024 19:30 21:30 Juftlik Texnik bosqich
15-kun Shanba 10-avgust 2024 19:30 22:00 Juftlik Erkin bosqich

Natijalar

tahrir

Medallar jadvali

tahrir

  *   Mezbon davlat (Fransiya)

OʻrinMOQOltinKumushBronzaUmumiy
1  Xitoy2002
2  AQSh0101
  Buyuk Britaniya0101
4  Ispaniya0011
  Niderlandiya0011
Jami (5 davlat)2226

Medal sohiblari

tahrir
Bahs Oltin Kumush Bronza
Juftlik
batafsil
  Xitoy
Wang Qianyi
Wang Liuyi
  Buyuk Britaniya
Kate Shortman
Isabelle Thorpe
  Niderlandiya
Bregje de Brouwer
Noortje de Brouwer
Jamoaviy
batafsil
  Xitoy (CHN)
Chang Hao
Cheng Wentao
Feng Yu
Wang Ciyue
Wang Liuyi
Wang Qianyi
Xiang Binxuan
Xiao Yanning
Zhang Yayi
  AQSh (USA)
Anita Alvarez
Jaime Czarkowski
Megumi Field
Keana Hunter
Audrey Kwon
Calista Liu
Jacklyn Luu
Daniella Ramirez
Ruby Remati
  Ispaniya (ESP)
Txell Ferré
Marina García Polo
Lilou Lluís Valette
Meritxell Mas
Alisa Ozhogina
Paula Ramírez
Sara Saldaña
Iris Tió
Blanca Toledano

Manbalar

tahrir
  1. „Paris 2024 – Artistic Swimming“. Paris 2024. 2024-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-dekabr.
  2. Martin, Marta; Fava, Giselle. „How to qualify for artistic swimming at Paris 2024. The Olympics qualification system explained“. International Olympic Committee (2022-yil 14-sentyabr). 2022-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-dekabr.
  3. Rowbottom, Mike. „Men and women set to compete together in artistic swimming group events at Paris 2024“. Inside the Games (2022-yil 7-oktyabr). 2022-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-dekabr.
  4. FINA (2022-yil 22-dekabr). „World Aquatics updates and clarification on the Paris 2024 Rules and Qualification“. Press-reliz.
  5. „The Surprising History of Synchronized Swimming in the Olympics“.
  6. „Qualification System – Games of the XXXIII Olympiad – Artistic Swimming. FINA. International Olympic Committee. 2024-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-dekabr.
  7. „Paris 2024 Olympic Competition Schedule“. Paris 2024. 2022-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-dekabr.