Skelet (lot. skeletos — qurib qolgan) —odam va hayvonlar organizmida tayanch va himoya funksiyasini bajaradigan qattiq toʻqimalar majmui. Bir qancha umurtqasiz hayvonlarda chigʻanoq yoki kutikuladan iborat tashki S. rivojlangan. Tashqi kutikula S. chuvalchanglar va boʻgʻimoyoqlilar uchun xos. Boʻgʻimoyoklilar kutikula Siga ohak shimilgan. Gidroid poliplar koloniyasi umumiy S. — perisark bilan qoplangan. Tropik dengizlarda keng tarkalgan madrepor korallarning ohak Si ham tashqi hisoblanadi. Ichki S. gʻovaktanlilarda rivojlangan boʻlib, ohak yoki kremniy ninalardan iborat. Ignaterililar Si teri osti biriktiruvchi toʻqimasida joylashgan, ohak S. mezodermada hosil boʻladi. Boshoyoqli mollyuskalaroA bosh miyani himoya qilib turadigan ichki togʻay S. mavjud. Tuban xordalilar (bosh qutisizlar)ning ichki Si xordadan tashkil topgan. Umurtkalilarning ichki Si juda murakkab tuzilgan boʻlib, bosh, tana, oʻq S. (xorda yoki umurtqa pogʻonasi, qovurgʻalar) va oyoklar Sidan iborat. Toʻgarak ogʻizlilar va togʻayli baliklarning togay Si hayoti davomida saqlanib qoladi. Suyakli baliklar va quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar Si voyaga yetgan davrida, asosan, suyaklardan tashkil topadi. Togʻayli baliklarda ichki togay S. bilan birga plakoid tangachalardan iborat tashqi S. ham boʻladi. Suyakli baliklar va quruk^likda yashovchi umurtqalilar tanasining oddingi kismi va boshidagi tangachalar bosh qutisi (kalla suyagi) va yelka kamari suyaklari bilan birikib ketadi. Tangachalar qoldigʻi oyoqsiz amfibiyalar tanasida va qorin qovurgʻalar shaklida gatteriyalar va timsohlarda saqlanib qoladi. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarda suyak tangachalar, yaʼni plastinkalar ikkilamchi holda timsohlar va ayrim kaltakesaklarda paydo boʻladi; toshbakalar va sovutlilarda esa tashqi suyak sovut hosil boʻlgan. Toshbaqalar sovuti (kosasi) umurtqa pogʻonasi va qovurgʻalar bilan qoʻshilib ketadi. S. suyaklari va togʻaylar oʻzaro harakatchan, yarim harakatchan va harakatsiz birikishi mumkin.

Odam skeleti.

Barcha umurtqalilar Si umumiy tartibda tuzilgan. Pekin yashash muhiti sharoiti S. tuzilishining oʻzgarishiga olib keladi. Muhit sharoiti, ayniqsa, harakat organlari Sning tuzilishiga koʻproq taʼsir qiladi. Chunki yurish, yugurish, sakrash, oʻrmalash, suzish, uchish kabi harakatlar Sning har xil tuzilishi bilan bogʻliq. Turli xil harakatlanishga moslanish taʼsirida harakatlanish organlari S.dagi ayrim suyaklar kuchli, boshqalari esa kucheiz rivojlanishi, ayrim suyaklar boshqalari bilan qoʻshilib ketishi, baʼzan aksincha, suyaklar soni koʻpayib ketishi (mas, tovonkaft suyaklari) mumkin.

Ayrim hollarda harakat organlari butunlay yoʻqolib ketadi (oyoqsiz suvda va quruqlikda yashovchilar, ilonlar, ayrim kaltakesaklar).

Odam Si 200 dan ortiq suyakdan iborat boʻlib, tuzilishi odamsimon maymunlarnikiga oʻxshaydi. Odam Si odamsimon maymunlar Sidan kalla suyagi hajmining katta boʻlishi, oyoq va qoʻllar, umurtqa pogʻonasi, chanoq suyagining boshqacha tuzilganligi bilan farq qiladi. Bunday farqtik yurish va miya hajmining katta boʻlishi bilan bogʻliq. Erkaklar S.i oyoq va qoʻl suyaklarining nisbatan yirikligi, chanoq suyaklari orasidagi teshik kichikligi, koʻkrak qafasining kengroq boʻlishi bilan xotin-qizlar S.idan farq qiladi (qarang Odam, Kalla suyagi, Umurtqa pogʻonasi). Sohib Rustamov.

Biologiyada skelet atamasi ostida tananing qattiq tayanch tizimi tushuniladi. Baʼzi umurtqasizlar (masalan, hasharotlar) skeleti tanani ustidan qoplagani uchun ekzoskelet (tashqi skelet), koʻpchilik umurtqalilar (masalan, sut emizuvchilar) skeleti esa tana ichida boʻlgani tufayli endoskelet (ichki skelet) deb ataladi. Odam skeleti (endoskelet) 206 suyakdan iboratdir.

Adabiyotlar

tahrir