Skeptic: Viewing the World with a Rational Eye

(Skeptik. Dunyoga oqilona nigohdan yoʻnaltirildi)

Skeptic: Viewing the World with a Rational Eye (oʻzbekcha: Skeptik. Dunyoga oqilona nigoh) – Michael Shermer tomonidan ilmiy-badiiy uslubda yozilgan asar. Kitob 2016-yil Henry Holt and Company nashriyotida ingliz tilida chop etilgan. Koʻplab talab va istaklarga binoan 2017-yilda rus tiliga tarjima qilingan.

Skeptic: Viewing the World with a Rational Eye
Asl nomi inglizcha: Skeptic: Viewing the World with a Rational Eye
Muallif(lar) Michael Shermer
Til Ingliz tili
Janr(lar)i Ilmiy-badiiy adabiyot
Nashr etilgan sanasi 2016-yil
Nashriyot Henry Holt and Company
ISBN 978-1627791397

Kitob haqida

tahrir

Amerikalik tarixchi, ilm-fan rivojiga munosib hissa qoʻshuvchi inson, skeptiklar jamiyati asoschisi Michael Shermerning ushbu kitobi „Scientific American“ jurnalida chop etilgan, tarkibi 75 ta ilmiy esselardan iborat[1].

Muallif oʻz esselarida Atlantida, Injil kodlari, Qor odam, ekstrasensor idrok, shuningdek, bir qancha tabiblik amaliyotlarini va odamlar orasida mashhur boʻlgan boshqa soxta ilm-fan tushunchalarni rad etgan[2].

Oʻzining kitobida Shermer matematik olim va skeptik inson Martin Gargnerni namuna sifatida koʻrsatgan. U, shuningdek, ilmiy-fantastik uslubda qalam tebratuvchi yozuvchi Ayzek Azimovdan iqtibos keltirgan: „Odamlar Yerni tekis deb oʻylashganda ular adashishgan, odamlar Yerni sharsimon deb hisoblashganda ular xato qilishgan. Ammo agar siz Yerni sharsimon deb hisoblash uni tekis deb hisoblash kabi xato deb oʻylasangiz, sizning nuqtai nazaringiz ikkala xatoni birlashtirgandan ham yomonoqdir“ (Shermer buni Asimov aksiomasi deb atagan).

Muallifning fikricha, ommaviy axborot vositalari ilm-fanni chuqur tahlil qila olmaydi, oʻzlarining soxta, yuzaki yondashuvlari bilan turli mashhur telekoʻrsatuvlar fanga faqatgina zarar keltirimoqda[3].

Shu bilan bir qatorda yozuvchi ayrim muhokamaviy koʻrsatuvlarda Apollonning oyiga qoʻnishi soxtalashtirilgan, degan daʼvo prodyuserlarining aybi emas, deydi. Shermerning aytishicha, bunday koʻrsatuvlarda ilm-fandagi yangiliklarni keng ommaga tushuntirishga urunishlar olimlar tomonidan jiddiy qabul qilinmaydi[4].

Muallif ikki olimni kitobining ilhom manbai sifatida koʻrsatgan, ilmiy izlanishlar mohiyati va natijalarini ommalashtirishga qaratilgan bir qator ishlari haqida oʻz esselarida yozgan. Kitob materialining uchdan bir qismini turli xil qalloblik, isrofgarchilik, aldanish va toʻgʻridan-toʻgʻri firibgarlikni fosh etish va ularga qarshi kurashishga bagʻishlagan.

Kitobning yakuniy qismida muallif insonning oʻz-oʻzini aldash qobiliyati cheksiz, eʼtiqodning taʼsiri esa chidab boʻlmas darajada, deya xulosa qilgan[4].

Manbalar

tahrir
  1. Shermer Michael. „Skeptic: Viewing the World with a Rational Eye“. Library Journal. 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
  2. Szokan, Nancy. „A skeptical look at just about everything“. Washington Post (2016-yil 25-yanvar). 2016-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
  3. CASE. „Book Review: Skeptic: Viewing the world with a rational eye“ (en). CASE. 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
  4. 4,0 4,1 „Review of Michael Shermer, "Skeptic: Viewing the World With a Rational Eye" | Inside Higher Ed“ (en). www.insidehighered.com. 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.